1.3.
Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi
YUqorida ko‘rib o‘tganimizdek, «Ma’naviyat asoslari» mustaqil fan sifatida shakllanib va
takomillashib bormoqda. Uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi roli oshib
bormoqda. Uning ko‘p qirrali imkoniyatlaridan samarali foydalanish davlat olib boryotgan
siyosat bilan bog‘liq. To‘g‘ri, shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida ma’naviyatning roli va ahamiyatigi e’tibor berib kelingan.
Bugunga kelib ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan munosabat tobora
kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning ko‘pchiligida birida
oldinroq, ikkinchisida keyinroq ma’naviyat omilining roli va ahamiyatini oshirishga imkoniyat
darajasida e’tibor berilmoqda.
Bu borada O‘zbekistoning tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning bevosita
tashabbusi asosida ma’lum tajribalarini to‘plashga erishganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi.
Ma’naviyatni ko‘tarish davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining ijobiy natijalarini
ko‘rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi sesiyasida qilingan
ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb
qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda
turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini
127
taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea –
hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni
mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol,
sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqdirildi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko‘tarilishining bir qator sabablari
bor. Ular quydagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan
odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning ongi va tafakkurini
amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda
o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham
ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday
davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan
qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kechish bayrog‘i
ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning
ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi.
Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur,
ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura
boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi
o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida
qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda
shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga
kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida
odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb
o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish
xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash
har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat
kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat
qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat
korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi.
Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potensial
sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni
mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish
hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va
turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik
siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb berildi. Bu
sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy jarayonning
oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy
ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab, millat son
jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum moddiy va
ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos
xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni
chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal
etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat,
fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda.
Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek
xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi.
128
Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini
tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Ettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat
atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini
ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim
«mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning
qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom
Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma’naviyatni
rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor siyosat darajasiga
ko‘tarilishiga olshib keldi. SHu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat
va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentyabr’da «Respublika
ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 1996 yil
9 sentyabr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy
islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yo‘nalishi, deb hisoblansin»,
14
deb belgilandi.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
YUqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham
jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining
ustivor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda
turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e’tibori qaratildi.
Ana shu muhum hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat
siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’naviyatni rivojlantirishdagi
davlat siyosati Prezidentimizning “YUksak ma’naviyat- kelajak poydevori”; “Kuch – bilim va
tafakkurda”;
15
“YUksak ma’naviyat- engilmas kuch” degan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan
fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda.
Ma’nviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida
ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning ichki hayoti
bilangina bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishga tahdid solishga
urinayotgan tashqi turli oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. Ularning ayniqsa hayot
tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash borasida olib borayotgan
harakatlariga qarshi turaoladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy Vatanparvarlarni tarbiyalash
ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishini taqazo qilmoqda.
Agar ana shu vazifalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa bugun ma’naviyatni rivojlantirishni quydagi
yo‘nalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zo‘ravonlik va tobelik tafakkuri qoldiqlaridan
qutilish. Buning uchun har bir insoning ichki ruhiy salohiyatini yuzaga chiqarish, fikr erkinligini
ta’minlash, har bir shaxsning o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratish imkoniyatini hamda
ruhiyatini shakllantirish;
Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, o‘zbek millatiga
mansubligidan faxrlanish, avlod- ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy
boyliklarni egallash va ularni mamlakat va milliy taraqqiyotiga keng jalb qilishda fidoiylik
ko‘rsatish zarurligini anglash ruhiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, har bir shaxsda milliy o‘zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan va millat
manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi, mamlakat va milliy taraqqiyotga, siyosiy, ijtimoiy
hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag‘ri kenglikka putur etkazuvchi har qanday
harakatlarga qarshi ma’naviy – siyosiy va fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lishiga erishish;
To‘rtinchidan, har bir shaxsning bilim olishga intilishiga, mamlakatimiz va jahonda fan, texnika,
texnologiya sohasida erishilgan yutuqlardan bahramand bo‘lishiga sharoitlar yaratish,
14
«Халқ сўзи», 1996йил, 10 – сентябрь.
129
O‘zbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g‘ururlanish kabi ma’naviy-
ruhiy salohiyatiga erishishdir.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday
salohiyatlarni shakllantirishimiz umumma’naviy yuksalish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Prezidentimiz takidlaganidek, «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo‘lgan hamjihatlik va
bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va sahovat kabi insoniy fazilatlar yanada yorqin
namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarining ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.»
16
.
Bunday ijobiy ko‘rsatgichlarga mamlakatimizda ma’naviy yuksalishga qaratilgan siyosatning
olib borilayotganligi asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |