O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

1.2.
 
 «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish 
qonuniyatlari 
«Ma’naviyat asoslari»ning mustaqil fan sifatida shakllanishi davom etayotgan sharoitda, uning 
kategoriyalari, rivojlanishi qonuniyatlari, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan farqli jihatlarini 
va ayni paytda ular bilan aloqalarini aniqlash masalalarini ham takomillashtirib borish zarur 
bo‘ladi. CHunki, uning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari aniqlanmas va ma’lum bir 
tartibga solinmas ekan u mustaqil fan maqomiga ega bo‘la olmaydi.
Albatta, ma’naviyat barcha ijtimoiy gumanitar fanlar tizimida eng «yosh»bo‘lganligi sababli 
uning tushunchalarini bir tizimga keltirish murakkab hisoblanadi. CHunki, uning ayrim 
kategoriyalari (tushunchalari) falsafa, estetika, etika, dinshunoslik va boshqa fanlarning 
tushunchalari bilan ham uyg‘unlashib ketgan. Bu tabiiy xol. Zero ma’naviyatni ularning 
uyg‘unligisiz tassavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Ana shu murakkablikka qaramasdan «ma’naviyat» ning kategoriyalarini aniqlashga, uni 
yuqoridagi fanlardan mustaqilligini ta’minlashga ehtiyoj nihoyatda kata. SHu ehtiyojni hisobga 
olib «ma’naviyat» ning tushunchalari xaqida dastlabki qarashlarni ilgari surish mumkin bo‘ladi. 
Aslida ma’naviyat ham xuddi boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil kategoriyalariga egadir. 
Ularga shartli ravishda inson, millat va jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
tushunchalarni kiritish mumkin.
SHaxsning o‘z o‘zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, 
iymonlilik, halolik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, 
adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to‘g‘rilik va boshqalar. SHaxsning 
millat vakili sifati maqomida: milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, millatparvarlik, 
vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etish, 
milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga
qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki 
va tashqi faoliyatidan habardor bo‘lish va uni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar bo‘lsa; shaxsning jamiyat vakili sifatidagi 
maqomida: mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishdagi ma’sullik, jahon sivilizatsiyasi 
yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolariga befarq 
bo‘lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatining bir 
bo‘lagi ekanligi, uni asrashda ma’sullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritishi mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi keltirilgan ma’naviyatning barcha tushunchalari shaxsning ichki 
ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular shaxsning ma’naviy darajasi, millat va jamiyat vakili sifatidagi 
maqomlarini qamrab olgan.
Real hayotda ma’naviyat har bir insoning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo‘ladigan 
va ijtimoiy hayotga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
YUqoridagilardan tashqari, ma’naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham mavjud. Bu erda 
gap ularning hammasi ustida to‘xtash haqida emas, balki ma’naviyatning ko‘p qirrali, keng 
qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, ichki dunyosining salohiyati, xatti – harakatlari kabi bir 
qator masalalarni o‘z ichiga olishini tushinib etish haqida bormoqda. Ma’naviyatni chuqur tahlil 
qilish va tushunishda ana shu qayd etilgan tushunchalarni har birining ma’no-mohiyatini keng 
ochib bergan holda va ayni paytda ularni uyg‘un holda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir 
necha yo‘nalish va jarayonlarni o‘z ichiga olsa ham, ularni asosan ikki yirik guruhga ajratish 
mumkin. 
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
qonuniyatlar kiradi. YA’ni shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati mustahkam, zaminlari 


126 
chuqur bo‘lishi ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki salohiyat nochor 
bo‘lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o‘z bir butunligini saqlashga va ayni paytda 
jamiyatning yuksak taraqqiyot pog‘onasiga erishishiga salbiy ta’sir qiladi. YAna ham aniqroq 
qilib aytiladigan bo‘lsa, ichki salohiyat tayanch va ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning 
darajalari esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning rivojlanishi ularning 
uyg‘un holatda bo‘lishini taqazo etadi. 
Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish 
jarayoni qanday murakkab bo‘lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan payitda shaxs 
ma’naviy kamoloti va millatning yuksalishini ta’minlashga xizmat qilaveradi. 
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida sodir 
bo‘ladigan «o‘zaro ta’sir» va «o‘zaro boyitish» orqali bo‘ladigan jarayonlar kiradi. YA’ni shaxs 
ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham 
tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida 
shakllanadi. Hech qachon shaxs, inson o‘zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa 
millatlar, xalqlar bilan aloqa munosabatlarsiz taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda 
dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat xuddi ana 
shu qonuniyat asosida rivojlanadi. 
Ma’naviyat ana shu o‘zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda 
bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. SHunday qilib, 
ma’naviyat rivojlanishida «ta’sir» va «aks ta’sir» qonuniyati mavjud bo‘lib, u ma’naviyatning 
rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv shart – sharoitlar bilan bog‘liq 
bo‘ladi. SHaxs kamoloti va ma’naviyatning erkin rivojlanishi, kamol topishi uchun sharoit 
mavjud bo‘lsa qonuniyatlarning amal qilishi umum ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilishga 
o‘zinig ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.
Aksincha, shaxsni itoatda bo‘lishga qaratilgan va ma’naviyatni zo‘ravonlik siyosatini qo‘llab – 
quvvatlash vositasiga aylantirish harakati ustivor bo‘lgan shariatda «ta’sir» va «aks ta’sir» umum 
ma’naviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning shaxs va ma’naviyatga 
bo‘lgan munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb e’tadi.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki «Ma’naviyat asoslari» ning ham boshqa ijtimoiy – gumanitar 
fanlar kabi, o‘ziga xos kategoriyalari (tushunchalari) va rivojlanishi qonuniyatlari mavjud.Ularni 
o‘rganishni takomillashtirib borish yo‘li bilan ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti va komil 
insonni tarbiyalashdagi imkoniyatlardan yana ham kengroq foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish