O‘зbekiстон рeспublikaсi


Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asosi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

2.2.
Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asosi
Endi ma’naviy meros va uning ma’naviyat rivojlanishidagi ba’zi jihatlarni bayon etamiz. 
Ma’naviy merosni izohlashdan oldin umuman sivilizatsiya, meros, xususan, madaniy meros, 
ma’naviy meros tushunchalarining nisbati, xususiyatlari, farqlarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi. 
CHunki ma’naviy meros umuman merosning, xususan madaniy merosning tarkibiy qismi 
sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu 
tushunchalarda umumiylik bo‘lsa ham, ular birday emas, o‘zaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari 
bilan farqlanadi. Bundan oldingi masalada ko‘rganimizdek har bir jamiyat va davr o‘z madaniyat 
tipiga ega bo‘ladi. Jamiyat, davr o‘zgarishi bilan uning madaniyat tipi va ma’naviyatida ham 
o‘zgarish, yangilanish bo‘ladi, ammo madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat, 
sivilizatsiya yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki madaniy meros sifatida saqlanib qoladi. Meros 
insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga 


145 
etib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir. Madaniy meros ham meros 
doirasiga kiradi, ammo undan biroz farq qiladi. O‘tmishdagi barcha madaniyat yodgorliklari 
meros sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega 
bo‘lavermaydi. Madaniy merosda kishilikning kelgusi taraqqiyotiga, ma’naviy yuksalishga 
xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir qiladigan, qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar 
hisobga olinadi.
O‘tmish avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy meros 
bo‘lavermaydi, chunki o‘tmishdan qolgan narsalarning hammasi ham qadriyat ahamiyatiga ega 
bo‘lavermasligi hammamizga ma’lum. Masalan, SHo‘rolar davrida yaratilib, uning siyosati, 
mafkurasini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab o‘tgan kitoblarning bugun uchun ham, 
kelajak uchun ham qadriyati, ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, 
ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qo‘yish mumkin. 
YUqoridagilardan kelib chiqib, madaniy meros deb, o‘tmish avloddan keyingi avlodga vorislik 
asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o‘tgan, saralangan, insoniyatning hozirgi va 
kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy madaniyat majmuiga aytishimiz 
mumkin.
Kishilikning har bir avlodi ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni meros sifatida 
qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik – jamiyat va uning madaniyati ravnaqi shartidir. Ming afsuslar 
bo‘lsinkim, SHo‘rolar davrida madaniy merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. «Boyu 
zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o‘tmish madaniyatining bizga keragi yo‘q, 
yangi proletar (yo‘qsil) madaniyatni yaratamiz» degan shoir ostida sobiq Sovet Ittifoqi 
xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, 
saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, qarovsiz xaroba holiga keltirildi, nodir asarlar 
yondirildi. Bu siyosat tufayli madaniy merosimiz toptaldi.
Madaniy va ma’naviy meros o‘zaro bir-biridan farq qilsa-da, ularning o‘rtasiga o‘tib bo‘lmas 
«Xitoy» devorini qo‘yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham 
ma’naviyat – ya’ni insonning ma’naviy –ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli, empirik va 
nazariy bilim tajribalari, mehnat malakasi kabi boshqa ma’naviy faoliyatlari yotadi. Madaniy va 
ma’naviy meros o‘rtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham mavjud. Ayni payitda ular 
o‘rtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik, bog‘liqlik, o‘zaro munosabat, ta’sir bor. SHuningdek, 
madaniy meros o‘z ko‘lami jihatidan ma’naviy meros tushunchasidan kengroq.
Madaniy merosda ko‘proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy merosda xususiylik ustunlik 
qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olsa, ma’naviy meros 
ma’naviy madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy merosning 
qadri abadul – abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi. Ma’naviy boyliklar avloddan 
avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o‘tadi va jamiyat, uning ma’naviy 
taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o‘tmishdagi, hozirgi 
davridagi ma’naviy jihatdan g‘oyat qimmatli, o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, 
butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy 
boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, unga ilm-fan, 
jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq, diniy va dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar 
kiradi. 
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangicha 
mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-
tuyog‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari etaklaydi. 
Ma’naviy 
meros 
biror 
xalq, 
millat, 
uning 
vakillari 
tomonidan 
yaratilib, 
so‘ng 
umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining 
o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ma’naviy 
merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz. Prezidentimiz Islom 
Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, 
bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq 
qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa,tibbiyot, 


146 
matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar 
bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq 
dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz 
bilan bellasha olishi mumkin…»
45
. Bularning hammasi Turon zaminida yashagan 
ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidirkim, endi bu nodir 
ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga etkazish davri keldi. Milliy-ma’naviy 
merosimiz jihatdan Prezidentimiz ta’kidlaganidek jahon xalqlari orasida oldingi o‘rinlardan 
birida turamiz, ammo ana shu boy merosimizni o‘rganish, o‘zlashtirish, idrok etish jihatidan 
jahon xalqlari orasida 57 o‘rinda turishimiz achinarli holdir. Milliy – ma’naviy merosimiz bilan 
uni o‘rganish va idrok etish orasidagi masofa ancha olis.
Mazkur boy milliy – ma’naviy merosimizni har tomonlama chuqur o‘rgannish, idrok etishimiz 
uchun barcha imkoniyatlar mustaqil davlatimiz tomonidan, bevosita Prezidentimiz Islom 
Karimovning tashabbusi bilan yaratib berilmoqda. Bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun 
tarixchi, 
olim, 
adabiyotchi, 
san’atkorlarimizdan, 
qo‘yingki milliy ma’naviyatimiz 
jonkuyarlaridan g‘ayrat –shijoat, qunt bilan ishlash, izlanish talab etiladi. Prezidentimiz 
aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi katta bir 
xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol insonni 
tarbiyalashda oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og‘zaki ijodi 
namunalari, ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni 
karim, xadislar, YAssaviy va Boqirg‘oniylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad 
YUgnakiy, YUsuf Xos Hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasihat tipidagi asarlar, Najimiddin 
Kubro, Bahouddin Naqishbandiylar yaratgan, inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan 
ta’limotlar, Navoiyning o‘lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy 
merosimiz hisoblanadi. Ular inson ichki dunyosini, ruhiyatini, inchunun ma’naviyatni sayqal 
topishiga qaratilgan. Prezidentimiz aytganidek ma’naviy merosimiz bo‘lish: “...muqaddas 
kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuq mutafakkir ajdodlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat 
bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka chaqiradi”
46
. Ularda insonlar ma’rifatga, ilm-
bilim olishga, yuksak axloq – odobga, olijanob fazilatlarga, yaxshilikka da’vat etiladi; yomonlik, 
yovuzlik qoralanib undan saqlanishga chaqiradigan pand-nasihatlar, o‘gitlar juda ko‘p. Ular 
kishilarni ma’nan tarbiyalaydi. Ma’naviyatsizlik, ma’naviyatdan mahrum bo‘lish insonni 
o‘g‘irlik, yulg‘ichilik, poraxo‘rlik kabi illatlar sari yo‘llaydi. Bundan Allohning o‘zi asrasin!
Madaniyat, ma’naviy va madaniy meros, ma’naviyat rivoji insoniyat sivilizatsiyasi bilan 
bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y 
beruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. 
Sivilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniy taraqqiyotida yaratgan, 
erishgan, qo‘lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui. 
Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘ziga xos bo‘lgan, o‘zgalardan tubdan farq 
qiladigan, ammo o‘z davri taraqqiyotida takrorlanmas iz qoldiradigan fan, madaniyat, texnika, 
ijtimoiy ong, ma’naviyat va boshqa ohalardagi buyuk, yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning 
xarakterli tomoni shundaki, u o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga 
o‘xshamagan o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi. 
Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-madaniy 
rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy 
adabiyotlarda uni «SHarq» va «G‘arb» sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat 
tarixidagi bu sivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav 
va hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida bo‘lgan.
Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan umum-bashariy manfaatlari yo‘lida 
foydalana olishi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati va 
ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda. 
45
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент: Шарқ, 1998, 3-4 бетлар.
46
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 21 бет.


147 
SHunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson 
ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazishda katta ahamiyatga 
ega. SHuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma’naviy 
merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n etti yili ana shu boy 
merosimizni o‘rganish va o‘zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. 
O‘zbeklar o‘zining milliy-ma’naviy «qiyofasiga» ega bo‘ldilar. Ammo bu borada hali oldimizda 
juda katta vazifalar turibdi. Ana shulardan biri hali merosimizning bizga noma’lum, ammo 
dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallab 
kelgan juda ko‘plab moddiy va ma’naviy meroslarimizni o‘z Vatanimizga keltirishimiz, ularni 
o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim 
bo‘ladi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish