O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet378/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

((E1-W1) va (E2-W2 ))Pm


T T
Кo‘rinadiki, bitta umumiy [Pm]ga ega bo‘lgan birdan ortiq [W] dan tashkil topgan gap ham tilimizda mavjud. Bunday gap uyushgan gap deyiladi.
Yo‘l-yo‘lakay shuni aytib o‘tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq qismli qo‘shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz: 1. Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [E1→W1Pm (-sa), E2→W2Pm (-sa), W3→Pm]. 2. Bahor kelsa, bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. Qolipi: [(E1→ WPm1) ((E2 → W2Pm) va (W3Pm))]. Bu ikkala gap uyushiq qismli qo‘shma gap. Birinchi gapda ergash gap (Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi gapda esa bosh (bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishli. Bular uyushiq gapdir.
Ma’lum bo‘ladiki, uyushiq gap qo‘shma gaplar tarkibida bo‘ladi. Uyushgan gap esa o‘zbek tilida sodda va qo‘shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi [W] si birdan ortiqligi bilan qo‘shma gapga, [Pm] ning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. Shuning uchun ham u o‘z mavqeyi bilan «oraliq uchinchi»dir, ya’ni sodda va qo‘shma gaplar orasidagi hodisadir.
Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz. Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita:

  1. bitta shakllangan kesimning mavjudligi;

  2. birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi.

Bu xususiyati bilan uyushgan gap egali sodda gapdan ham (Jahongir, Jamshid, Isroil o‘qidi), uyushiq kesimli sodda gapdan ham (egasi yo‘q yoki bor bo‘lsa, bitta, kesimning lug‘aviy qismi birdan ortiq, [Pm] qismi bitta – (Ular borgan va ko‘rgan edilar, qolipi [W1-W2 Pm]) farqlanadi.
Nazariy talqinda uyushiq kesimli sodda gapda, demak, ega bitta, [Pm] qismlari umumiy bo‘lgan kesim birdan ortiq bo‘ladi. Aytilganlar asosida sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo‘shma gap, uyushiq qisimli qo‘shma gap va uyushgan gapning eng kichik struktur sxemasini beramiz: (Qulaylik uchun eng kichik qurilish qoliplarini berish ma’qul. Chunki, [WPm] da ular (W va Pm)ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangan.

  1. sodda gap: [WPm];

  2. uyushiq kesimli sodda gap: [(W1 →W2)Pm];

  3. qo‘shma gap: [WPm - WPm];

  4. uyushgan qismli qo‘shma gap: [(WPm-WPm)-WPm] yoki [(WPm – (WPm-WPm)];

5) uyushgan gap: [((E1-W2)-(E2-W2)) Pm].
Uyushgan gapga misol: 1. Otam rais, onam brigadir bo‘lgan edi. 2. Do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, ba’zilari esnab o‘tirishardi. 3. Uning qo‘llari ishda, ko‘zi shudgorda, ammo xayoli Zebixonda edi. 4. Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi.
Uyushgan gapdagi umumiy bo‘lak Pm ni har bir shakllanmagan Wga alohida-alohida qo‘shish bilan osongina qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Qiyoslang: 1.Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi – uyushgan gap. Chakkasi tirishib ketdi va ko‘zi qizarib ketdi – qo‘shma gap.
Ayrim holda uyushgan gapda ham [Pm] nol shaklda bo‘lishi mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti ishshaygan. Gap mazmunidan nol shakl oxirgi so‘zda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o‘tgan zamonga aylantirish bilan amin bo‘lish mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti burishgan edi.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro umumiyligi (va, shu asosda, umumlashtiruvchi bo‘lagi) turli xil bo‘ladi:

  1. hamma qismlari xususiy (farqli) bo‘lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid yozar, Isroil o‘qir edi;

  2. hamma qismlari xususiy bo‘lib, faqat kesimning lug‘aviy qismi va kesimlik qo‘shimchasi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid tez, Isroil sekin yozar edi;


  3. Download 0,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish