O‘zbeкiston respubliкasi


[Pm]ga ko‘ra [WPm + WPm] turlari



Download 0,83 Mb.
bet386/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

[Pm]ga ko‘ra [WPm + WPm] turlari:
a) bir xil [Pm] li qurilmalar: Xotinim bordi, keldi. («Musht.»);
b) har xil [Pm] li qurilmalar: Qaraysanmi, qaray qolgin. («Musht.»)
Demak, gap markazini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan [Pm] qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapda bir xil ham, har xil ham bo‘lishi mumkin. Shunday hol ham bo‘ladiki, [Pm] umumiy – bitta bo‘lishi ham mumkin. Bunda endi qo‘shma gap emas, balki uyushgan gap vujudga keladi. Ma’lumki, [WPm+WPm] qolipida [Pm] tarkibi har xil bo‘lgan hollarda o‘zbek tilining tabiati uni qavsdan chiqarish imkonini beradi. Chunki o‘zbek, umuman, turkiy tillarda, bir necha so‘zlar uyushganda umumiy shakl oxirgi so‘z tarkibida kelishi qonuniyatiga tayansak, bunday gaplarning qolipi [(W,W)Pm] ko‘rinishida bo‘ladi. Misollar: 1. Кelgan, ketgan edim. 2. Men o‘qigan, yozgan edim.
Кesimlarning har biriga ega qo‘yilishi bilan ular uyushgan gapga aylanadi:1. Men kelgan, Jamshid ketgan edi. 2. Men o‘qigan, sen yozgan eding.
Har bir kesimni shakllantirish bilan uyushgan gap qo‘shma gapga aylanadi: 1. Men kelgan edim, Jamshid ketgan edi. 2. Men o‘qigan edim, sen yozgan eding.
Susbtantsial tilshunoslik uqtirishicha, har bir lisoniy birlik ongimizda ma’lum bir shakl va mazmunning barqaror yaxlitligi sifatida yashaydi va xususiy hodisa sifatida nutqqa chiqadi. Bu nutqiy ko‘rinish behisob miqdorga ega. Biroq ular bilan lisoniy birlik (umumiylik) orasida tipik ko‘rinish mavjud bo‘ladi. Yuqoridagi [WPm-WPm] tipik ko‘rinish [WPm, WPm], [WPm  WPm] va [WPm  WPm] oraliq ko‘rinishlari orqali nutqiy gapga aylanadi.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog‘lanadi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘shma gaplarni bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gapga ajratish mumkin bo‘ladi. Bog‘lovchili qo‘shma gap grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap, leksik-grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap va leksik vosita bilan birikkan qo‘shma gapga ajraladi. Qo‘shimchaning funksiyasiga ko‘ra teng bog‘lovchili va ergashtiruvchi bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap farqlanadi.
Qo‘shma gap tarkibida sodda gapning o‘zaro munosabati asosida ham qo‘shma gapni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va intonatsion munosabati nuqtayi nazaridan qo‘shma gap quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) tarkibidagi sodda gap bir-birini mazmun va grammatik jihatdan taqozo etadigan qo‘shma gap: 1. Кunlar isidi va paxtalar yana qiyg‘os ochildi. 2. Yovlariga osmon tutundir, shuning uchun bag‘ri butundir. (H.Ol.) 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to‘g‘ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (Oyb.) 4. Men shunday bir ish qildimki, o‘lgunimcha bundan faxrlanaman;
2) tarkibidagi gaplar bir-birini mazmuniy va intonatsion taqozo etadigan, biroq grammatik jihatdan talab qilmaydigan qo‘shma gap: 1. Biz yetib keldik, kutubxona ochildi. 2. Menga pul kerak, qayerdan olaman? (Oyb.) 3. Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham. 4. Endi men bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman.
3) tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na grammatik taqozo etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo‘lgan gap: 1.U otasini uyga tortdi, ukasi sekin qayrildi (S.Nur). 2. Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi. 3. Sen o‘z ishingni qil, men o‘z ishimni.
Xullas, qo‘shma gapning o‘zi kabi uning tasnifi ham turli-tuman. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz (57-jadval):
57-jadval

1.Gapning lisoniy sintaktik qolipiga ko‘ra


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish