[WPm, WPm]
|
[WPm → WPm]
|
[WPm ↔ WPm]
|
2.Gap tarkibidagi bog‘lovchi vositalarga ko‘ra
|
Ohang bilan bog‘lan-gan
QG
|
Teng bog‘lovchi bilan bog‘lan-gan
QG
|
Yuklamalar bilan bog‘langan
QG
|
Nisbiy so‘zlar bilan bog‘lan-gan
QG
|
Tobe bog‘lovchi-lar bilan bog‘langan
QG
|
3. Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatning ifodalanishiga ko‘ra
|
birin-ketinlik
|
sabab
|
o‘rin yoki payt
|
vazi-yat
|
izohlash yoki qiyoslash
|
ichki
Fikr
|
4. Qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlariga ko‘ra
|
a) tenglik
|
b) tobelik
|
biriktiruv
|
Zid-lov
|
ayi-ruv
|
ega-kesim; aniqlov-chi aniq-lanmish
|
to‘ldiruv-chi to‘ldiril-mish
|
hol-hollan-mish
|
5. Qo‘shma gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra
|
Darak
|
so‘roq
|
buyruq
|
6. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining reallik va irrealligiga ko‘ra
|
real gap
|
irreal gap
|
ritorik gap (irreal gapga yaqin turadi)
|
122-§. Qo‘shma gapning qurilishiga ko‘ra tasnifi. Qo‘shma gapning umumiy lisoniy qolipi [WPm-WPm] bo‘lib, u quyidagi yana uchta oraliq ko‘rinishga ajraladi:
[WPm ,WPm], [WPm → WPm], [WPm ↔ WPm]
Bu oraliq ko‘rinishlar bir qarashda an’anaviy bog‘lovchisiz, ergash gapli va bog‘langan qo‘shma gaplarning ramziy ko‘rinishidek tasavvur uyg‘otadi. (Masalan, Bahor keldi va gullar ochildi – [WPm, WPm], Bahor kelsa, gullar ochiladi [WPm → WPm] va Bahor kelsa va gullar ochilsa – [WPm ↔ WPm] kabi). Aslida bu qurilish qoliplari qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapni bog‘lovchi vositaga ko‘ra emas, balki qo‘shma gap tarkibidan chiqarilganda mustaqil qo‘llana olish-olmaslik belgisi asosida amalga oshirilgan. Bunda, albatta, asos sifatida kesimlik turlari – MКSh va NКSh ga tayaniladi.
Demak, qo‘shma gaplarning lisoniy struktur turlarini belgilashda asosiy omil – qo‘shma gap tarkibidagi to‘liq shakllangan sodda gaplarning o‘zaro munosabati va sodda gapning har birining nutqiy jarayonda qo‘shma gap tarkibida voqelangan ma’nolari bilan qo‘llana olish yoki qo‘llana olmasligi belgisi.
[WPm, WPm] tipik ko‘rinishli qo‘shma gap. [WPm ,WPm] qolipli qo‘shma gapning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismi bo‘lgan sodda gap kesimining har biri mustaqil shakllangan bo‘lib, ularni osongina alohida sodda gapga aylantirib yuborish mumkin: 1. Men seni o‘ylayman, shuni bilasanmi? (X.To‘xt.) 2. Borish kerak, borish kerak. (X.To‘xt.) 3. Yigitni uchratish kerak, haytovur sovib qolgandir.(N.Til.) 4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan? (S. Nur.)
Do'stlaringiz bilan baham: |