O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet142/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Grammatik ma’no tarkibi. Grammatik ma’no tarkibi murakkab. Masalan, son kategoriyasining UGMsi predmetning miqdoriy va sifatiy tavsifini berishdan iborat, bu umumiy kategorial ma’no son kategoriyasining 0 shaklida «miqdoriy aniqlik–noaniqlik va sifatiy bo‘linmaslik», -lar shaklida «miqdoriy noaniq ko‘plik va sifatiy bo‘linuvchan va bo‘linmaslik» kabi har bir shaklga ixtisoslashgan ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni sifat va miqdor kabi turga ajratish mumkin. Son kategoriyasining nomidan ma’lumki, u miqdor ifodalashga ixtisoslashgan morfologik hodisa. Shuningdek, uning UGMsida «noaniq», «aniq», «sifat», «bo‘linuvchan», «bo‘linmas» kabi unsurlar kategoriya markazidagi «miqdor» unsuriga bevosita daxldor emas. Biroq «bevosita daxldor emaslik»ni u UGMdan tashqari deb tushunmaslik kerak. Chunki deylik, -lar shakli miqdor (ya’ni ko‘plik) ifodalar ekan, u bir paytning o‘zida o‘z-o‘zidan yuqorida zikr etilgan «bo‘linuvchanlik–bo‘linmaslik», «noaniq» kabi belgilarini ham ifodalaydi. Demak, son kategoriyasi shaklida miqdor belgisi har doim sifat belgisi bilan birga yashaydi, u bilan dialektik bog‘lanishda. Boshqacha aytganda, miqdor belgisi hech qachon sifat belgisisiz yuzaga chiqmaydi. Nutqda bu ma’nodan birining kuchayishi boshqasining susayishiga, boshqasining kuchayishi birinchisining susayishiga olib keladi. Masalan, Do‘konda suvlar bor gapida -lar shaklida miqdoriy belgi ham (ya’ni «ko‘plik»), sifatiy belgi ham («bo‘linuvchanlik», «har xil») ifodalanmoqda. Bunda sifatiy belgi ustuvorlik kasb etib, miqdor belgisi kuchsizlanganligi sezilib turadi. Lekin baribir «ko‘plik» yuzaga chiqmoqda. Ma’lum bo‘ladiki, grammatik shakl UGMsi tarkibiy qismlaridan biri uning mohiyati bo‘lsa (masalan, sonda «miqdor»), boshqalari unga yondosh, mohiyatga mansub bo‘lmagan, biroq u bilan dialektik yaxlitlik kasb etgan ma’no (masalan, sonda «bo‘linuvchanlik»). Shuning uchun grammatik shakl UGMsi tahlilida kategorial ma’no va unga yondosh hodisa farqlanadi.
Кategorial va yondosh ma’no har bir grammatik shaklda mavjud.
Grammatik shakllar nutqda ba’zan UGMsida bo‘lmagan ma’noni ham voqelantiradi. Masalan, ko‘rilgan -lar shakli nutqda «hurmat» ma’nosini ifodalashi ham mumkin. Bu ma’no shaklning UGMsi tarkibiga kirmaydi. U UGM bilan birga yuzaga chiqishi ham, chiqmasligi ham mumkin. Bunday ma’no hamroh ma’no deb yuritiladi. Demak, kategorial ma’no shaklning mohiyati va UGMning asosi. Yondosh ma’no UGMga kirsa-da, mohiyat tarkibiga kirmaydi. Hamroh ma’no esa shakl mohiyatiga ham, UGM tarkibiga ham kirmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: 1. Aqllari bormi? – ukasiga istehzoli kuldi Halim. U kishining fikrlari bizga ma’qul. Birinchi gapda (aqllari) so‘zshaklining -lari egalik qo‘shimchasida «kesatish» ma’nosi ham (aslida aqling), «II shaxs, birlik» ma’nosi ham anglashilmoqda. «Кesatish», umuman, egalik kategoriyasi UGMsiga daxldor emas. Lekin «II shaxs birlik» ma’nosi bu kategoriyaning -(i)ng shakliga xos kategorial ma’no bo‘lib, -lari shakli bu ma’noni ifodalash uchun xoslangan va UGM ko‘rinishiga vaqtincha «yopishgan» tajalli hisoblanadi. Uning bunday xususiyatga egaligi ushbu «noqulay» ifodalovchi bilan nutqqa chiqishi uchun zarur nutqiy sharoit, bog‘liq qurshov talab qilayotganligi bilan ham belgilanadi. Zero, gapdan muallif gapi («ukasiga istehzoli kuldi Halim») olib tashlansa, -lari shaklidan anglashilayotgan ushbu hamroh ma’no uqilmay qoladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish