O‘zbeкiston respubliкasi


Grammatika va milliylik, milliy mafkura



Download 0,83 Mb.
bet138/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Grammatika va milliylik, milliy mafkura. Til va tafakkur, milliy til va milliy ruh ajralmas. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum me’yorga, qonun-qoidaga ega bo‘lib, bu shu tilda so‘zlashuvchi kishilarning ijtimoiy ruhiyati bilan belgilanadi. Shu boisdan nazariy tilshunoslik asoschisi V.Humboldt bundan qariyb ikki asr ilgari har qaysi tilning o‘z sistemasi bo‘lib, tilni tadqiq qilishni shundan boshlash kerak degan edi. Grammatikada aks etuvchi milliylikni uning har ikki tarkibiy qismi – morfologiyada ham, sintaksisda ham kuzatish mumkin. Tilshunoslikda u shunday sharhlanadi. Ma’lumki, o‘zbek tilida so‘zning o‘zak-negizi mustaqil holda ma’no anglatadi va lug‘atlarda grammatik shaklsiz beriladi. Jumladan, fe’lning o‘zak-negizi lug‘aviy, grammatik va kommunikativ ma’no ifodalab, asosiy va qo‘shimcha tushunchadan tashqari fikr ham bildiradi. Shunga ko‘ra, u asosiy tushuncha ifodalab, lug‘aviy unsur (leksema), qo‘shimcha tushuncha bildirib, grammatik shakl (so‘zshakl), fikr ifodalab kommunikativ birlik (gap) vazifasini bajaradi. Masalan, ol, ishla fe’llarining lug‘aviy ma’nosi harakatni bildirish bo‘lib, grammatik ma’nosi fe’l ekanligi. Ular grammatik shakllanmasdan ham lug‘aviy ma’no ifodalay oladi. Boshqa qurilishga mansub bo‘lgan rus tilida fe’lning o‘zak-negizi (pis-, prochita-) bunday xususiyatga ega emas. O‘zbek tilidagi gapning minimal qolipi kesimga to‘g‘ri keladi. Rus tilida esa ega va kesim birligi gapning minimal qolipiga muvofiq.
Milliy fanda milliy mafkura aks etadi. O‘zbek tilshunosligi milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy mafkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi.
Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning me’yorlarini belgilash davlatning til siyosati bilan ham bog‘liq. Yurtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod kishanidan xalos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi mustaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtayi nazardan tadqiq qilinishi natijasida ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar – gapning markazi sifatida kesimning qaralishi, gap va so‘z kengaytiruvchilarining farqlanishi, gap bo‘laklarining darajalanishi, sodda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalili. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish