O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet136/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

42-§. Grammatika haqida. Grammatika ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‘rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so‘z va gapning formal-grammatik tomoni – so‘z o‘zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko‘rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o‘rganadi.
Tilning o‘ziga xosligi fonetik, leksik, grammatik strukturaning yaxlitligidan iboratligidir. Bu strukturalar bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjud. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushning so‘z va qo‘shimchani, so‘zning gap va so‘z birikmalarini tashkil etishida namoyon bo‘ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmalari ma’nosini, leksik omilning shu tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalarni farqlashi va nutqqa olib chiqishi kabi bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan holat e’tiborga olinadi. Grammatika ongda nutqiy qo‘llanishga shay turgan leksemani grammatik vosita bilan shakllantirib, so‘zga aylantiradi, so‘zlarni o‘zaro biriktiradi va fikr almashish vositasi sifatidagi vazifasini yuzaga chiqaradi.
Tillar o‘zaro grammatik xususiyatiga ko‘ra ham tasniflanadi. Masalan, o‘zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo‘laklarni o‘z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo‘lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o‘xshashlik, morfologik qurilishida esa farq ko‘proq.
Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o‘zgarishi leksikada keskin o‘zgarish yasaydi. Yangi so‘zning vujudga kelishi, so‘zlarning «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o‘zgarishga befarq, unda faqat vaqt o‘z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o‘zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o‘zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o‘zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o‘zgarish bo‘lib turadi. Masalan, eski o‘zbek tilida –gu affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng affiksi qo‘shilib, ushbu so‘zning kesim ekanligini ko‘rsatgan: Men ko‘rgum tipida. Bu hozirgi o‘zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, andin, anda, ko‘zun ko‘rub (ko‘zi bilan ko‘rib) kabi qator so‘zshakl fikrimiz dalili. Yoki eski o‘zbek tilida Bu sening, Bu mening ko‘rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo‘lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko‘rinishiga ega. Bu vatan meningdir kabi qurilmalar uning «qoldig‘i».

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish