8.1. Harakatli о‘yinlarning mazmuni
Harakatli о‘yinlarning turlari va ularning mazmunlariga qarab ikki yо‘nalishga ajratish mumkin, ya’ni:
1. Ijtimoiy mehnat va madaniyatga qaratilishi.
2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi о‘yinlar.
Ijtimoiy mehnat va madaniyat soxalariga yо‘naltirilgan harakatli о‘yinlarni quydagicha ifoda etish mumkin:
Mehnatni ifodalovchi о‘yinlar: Sholg‘om tortish «chol, kampir, nevara, kuchuk, mushuk va h.k». Bu ertak asosida tortishuv о‘yini va dexqonlarning mehnat jarayonlari aks ettirilgan. Shuningndek “Kartoshka ekish» «CHо‘pon» kabi о‘yinlarda ham odamlarning mehnat faoliyatlarini ifoda etish bilan epchil, chaqqon, tez kabi harakatlarni tarbiyalaganligi ma’lum. Bu kabi о‘yinlarning yо‘nalishlari о‘tin yorish, ekinlarni о‘rib olish, о‘rmonlarda ov qilish, yovvoyi xayvonlarga qarshi hujum qilish timsollari bilan о‘z mohiyatlariga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |