7.3.Krossdagi asosiy texnik va taktik usullar
Kross va marsh brasok (tо‘siqlararo) yugurishlari о‘rta masofalarga yugurishga о‘xshashdir. Shu sababdan yugurish yuqori startdan boshlanadi. Masofalarni yaxshi yugurib о‘tish uchun yugurish meyori-tezligi о‘rtacha yuklama (nagruzka) darajasida bо‘ladi, ya’ni о‘ta tezlik bilan yugurilmaydi. Yugurish texnikasi masofalardagi tо‘siqlarga qarab о‘zgaradi. YA’ni, tekis joylarda gavdani tо‘g‘ri tutib, tirsaklar bukilgan holda qadamlarni keng tashlash yо‘li bilan davom etadi. Qiya, pastlik va chuqurlik ariqlardan yugurib, sakrab о‘tishda gavda oldinga qisman egilishi, qо‘llarning holati о‘zgarishi (quloch yozish yoki biqinlarga qisish va x. k.) mumkin. Tepalik, balandliklarda yugurishda gavdani oldinga kо‘proq egilishi, bosh oldinga qarab pasayishi, tirsaklar old-orqaga kengroq, tezroq harakat qilishiga tо‘g‘ri keladi. Nafas olish jarayonlarini kо‘proq burun orqali, qiyinlashganda esa og‘iz orqali (nafas olish va chiqarish) amalga oishiriladi. qiyaliklarda, tepaliklarda yugurishda charchash, toliqish tabiiy bir xoldir. Bunday paytlarda yugurish tezligini qisman sekinlashtirish yoki bir laxza (10-15 qadam) yurishga о‘tish mumkin bо‘ladi. Lekin, eng muhimi bunday yugurishlarda chidash, bardosh berish, о‘zini tuta bilish, qat’iylik kabi fazilatlar shug‘ullanuvchining irodasi bilan bevosita bog‘lanib ketadi. YA’ni, qat’iy irodaga ega bо‘lgan va jismoniy jihatdan ma’lum darajada tayyorgarligi bо‘lgan о‘quvchi yoshlar yoki boshqalar masofalarni tez va qiynalmasdan о‘ta oladi.
Demak chidamlilik jismoniy sifati bilan irodaviy fazilatlar о‘zaro uyg‘unlashib boradi. Bu holatni sezgan va anglagan о‘quvchi yoshlar о‘z oldilariga vazifa, ma’suliyatlarni (masofani yugurib о‘tish, yaxshi natija kо‘rsatish va b. q.) majarish uchun о‘z kuch-qudratiga ega bо‘la oladi.
Kross va marsh-brasok yugurishlarida ba’zi bir taktik holatlar (usullar) ham qо‘llaniladi. YA’ni, gavda, qо‘llar va oyoqlarni sharoitlarga qarab bukish, tiklanish, yozish, egilish, sakrash, qadamlarni tezlashtirish yoki susay-tirish, keng qadamlar tashlash kabi texnik usullarni о‘tish joylariga qarab, osonlik bilan bajarish amllari qо‘llaniladi.
Daraxtzor, toshloq, qumloq, qalin tuproqli va x.k. joylardan yugurib о‘tish qulayliklarni tanlay bilish, aylanib yoki sakrab о‘tish, tez va sekin harakatlardan samarali foydalanishni taqazo etadi.
Kross yugurishlari jismoniy sifatlarning deyarli barcha turlari hamda ruxiy-tarbiyaviy fazilatlarni о‘zida mujassamlashtiradi. Shu sababdan о‘quvchi yoshlar krosslarda kо‘proq ishtirok etishlari, ertalabki yoki kechki bо‘sh paytlarda, ayniqsa dam olish kunlari kross yugurishlari bilan shug‘ullanishlari lozim. Bu jixatlar jismoniy barkamollikni tarbiyalash bilan bir qatorda, bо‘lajak kasb-hunarni egallash, mehnat jarayonlarida doimo tetik, baquvvat bо‘lib yurishni ta’minlovchi omil ekanligini bilish zarurdir. Shu bilan birgalikda, о‘z о‘rtoqlari, kasbdoshlari, tengdoshlari, qolaversa qishloq aholisini sog‘lomlashtirishda krosslardan foydalanish yо‘llarini ham puxta egallash kerak bо‘ladi. Doimo yodda saqlash kerakki, yoshi va jinsiga qaramasdan oila a’zolari, qо‘ni-qо‘shnilar va maslakdosh kishilar bilan dam olish kunlarida kross yugurishlarini о‘tkazish, ma’lum manzillarga borib hordiq chiqa-rish, hayot gо‘zallgidan baxramand bо‘lish qanchalik yaxshi, qiziqarli ekanligini xis qilish tuyg‘ularini yoshlikdan bilish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |