6.4.Qо‘l Tо‘pi
Qо‘l tо‘pi sport turining rivojlanishi
Qо‘l tо‘pi sport о‘yinlari sport о‘yinlari turkumidagi mustaqil sport о‘yini sifatida jahonga keng tarqalgan. Qо‘l tо‘pi 1898 yil Daniyadagi gimnaziyalarning birida jismoniy tarbiya о‘qituvchisi Nekto Nil’son tamonidan yaratilgan. Daniya xalqining eng sevimlm о‘yini futbol bо‘lib u bilan xotin- qizlar shug‘ullanishi mumkin bо‘lmagan. Shu sababdan mazkur о‘qituvchi ushbu о‘yinni о‘ylab topgan. Futboldagi kabi tо‘plarni bir-biriga uzatish va darvozaga kiritish (gol) oyoqlar bilan emas qо‘llar bilan bajarilgan. Ularda tavsif etilishicha “xand”- qо‘l “bol”- tо‘p ma’nosini anglatadi. Shu tariqa qо‘l tо‘pi о‘yini keng tarqalib ketgan. О‘inda 7 kishi ishtirok etadi.
Shu davrda Chexoslovakiyada ham shunga о‘xshash о‘yin “xazena” ixtiro etilganligi xaqida ham rasmiy ma’lumotlar mavjud.
1928- yilda Amsterdamda Xalqaro kо‘ngilli Gandbol (Xandbol) uyushmasi tashkil etilgan. О‘sha paytda 11 davlat ushbu federatsiyaga (IPF) a’zo bо‘ldi. Hozirgi paytda esa bu federatsiyaga 100 dan ortiq mamlakat a’zo bо‘lib, bu sport turi bilan 4mln. dan ortiq kishi shug‘ullanmoqda.
1936 yil Olimpiada о‘yinlari dasturidan Gandbol joy olib, Berlinda о‘tkazilgan о‘yinlarda 6ta erkaklar komandasi о‘zaro kuch sinashgan. Keyinchalik bu tur Olimpiada о‘yinlarida 1972 yilgacha о‘tkazilmadi.
Ittifoq davrida qо‘l tо‘pi о‘ziga xos ravishda shakllanib keng tarqalgan. YA’ni 1928 yil 1-Umumittifoq Spartakiadasi dasturiga kiritilgan.
1958 yil Ittifoq gandbolchilari Xalqaro Gandbol federatsiyasi tarkibiga a’zo qilib kiritilgan. 1971 yildan boshlab Gandbol Ittifoq xalqlari Sparta-kiadasida о‘ynalib kelingan.
1962 yil Ruminiya о‘tkazilgan 11-Jahon chempionatida Ittifoq xotin qiz-lari gandbol (7x7) bо‘yicha ilk bor ishtirok etgan. 1973 yil Yugoslaviyada о‘tka-zilgan. U xotin-qizlar jahon chempionatida ittifoq sportchilari bronza medaliga sazovor bо‘lishgan. VI-VII jahon chempionatida ikkinchi, (Germaniya birinchi), 1982 yili esa Jahon chempioni unvoniga erishgan.
Moskvada о‘tkazilgan XXII- Jahon chempionatida (1980) Ittifoq xotin-qizlar komandasi-g‘oliblikka erishgan.
1975- yilda о‘quv yurtlarining «Jismoniy tarbiya» dasturiga mustaqil tur sifatida kiritilgan. Bu esa о‘quvchi yoshlarning gandbol bilan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Shu tariqa ittfoqchi republikalarda qо‘l tо‘pini tarkib topishiga va rivojlanishiga asos solinadi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda О‘zbekistonda 1923- yildan boshlab qо‘l tо‘pi bо‘yicha musobaqalar tashkil etila boshlagan. Umumta’lim maktablar, о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari mazmunida qо‘l tо‘pi ham muhim omillardan biri sifatida о‘rgatila boshlangan. Futbol maydoniga ega bо‘lgan о‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarida ayniqsa stadionlarda qо‘l tо‘pi bо‘yicha maxsus sport seksiyalari tashkil etilib turli hil musobaqalar о‘tkazilgan. Shu tariqa qо‘l tо‘pi sport turi sifatida о‘quvchi-yoshlar va talabalarning Spartakiadalari, talabalar xaftaligi va boshqa rasmiy musobaqalar dasturiga kiritilib, sportchilarning mahoratlarini oshirish yо‘lida katta tajribalar yig‘ilgan. Toshkent shahar (F.A.Abduraxmonov, SH.K. Pavlov - Kaliboyev), Samarqand (R.A. Qosimova, A.H. G‘ulomov), Buxoro (H.A. Botirov), Jizzax(I.M.Alibekov, T. Mirazimov) va boshqalar shaharlardagi о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlarida iqtidorli sportchilar yetishib chiqib, ular keyinchalik murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |