6.3.Voleybol
Voleybol haqida tushunchalar
Voleybol 1885 yilda AQShning Massachussets shtatining Xoliok shah-ridagi kollejning jismoniy tarbiya о‘qituvchisi Vilyam Morga.n tomonidan ishlab chiqilgan. U 197santimetir balandlikdagi tennis tо‘rini ustidan basketbol topini kamerasiga xavo tо‘ldirib, uni tо‘r ustidan oshirib о‘ynaydi. Bu о‘yin barchaga manzur bо‘ladi. 1896 yil Spring-fild shaxrida о‘tka-zilgan xiristian yoshlari uyushmalari anjumanida professor Alfred T. Xal’stedi bu о‘yinni “voleybol” deb atadi. Bu inglizcha sо‘z bо‘lib, “uchuvchi tо‘p” degan ma’noni bildiradi, chunki, tо‘p kо‘proq havoda qо‘lma-qо‘l uchib yuradi. Dastlabki paytlarda bu о‘yinda 8-10 kishi ishtirok etib, tо‘p havoda “uchib yurgan”.Tо‘rni maydon о‘rtasiga tikish (о‘rnatish), chiziqlar (chegaralar) belgilanishi va tо‘pni kо‘proq tez uzatish, bо‘shroq joylarga “aldab” tushirish, raqiblarga qattiq urib tushirish (о‘tkazish) kabi usullar ishlatilishi bu о‘yinni sport darajasiga kо‘tarilishiga sabab bо‘ldi.
Volleybol tez orada Yevropa mamlakatlariga keng tarqalib, kо‘pchilik bо‘lib о‘ynash odatiga aylandi. Bunga “о‘yinga kiritish” (podacha), “tо‘pni uzatish” (peredacha) “hujum zarbasi”(napadayushiy udar), tо‘sish (blok) kabi tushunchalar va iboralar vujudga keldi. Shu tariqa о‘yin usullari (taktika) ham о‘zgaradi. YA’ni, ilk vaqtlarda har bir о‘yinchi faqat о‘z joyidagina tо‘pni qabul qilib sherigi yoki raqib tomonga qaytarilgan bо‘lsa, keyingi davrlarda joylarni almashtirish (soat millari asosida), guruh (2-3 kishi) bо‘lib “blok” (tо‘sish) yoki “napadayushiy udar” (hujum bilan urish) usullarini qо‘llashga о‘tilgan.
1947 yil Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) tashkil etilgan. Yev-ropa va Jahon birinchiligi hamda kubok о‘yinlari о‘tkazila boshlagan.
1964 yil voleybol Olimpiada о‘yinlari dasturiga kiritilgan. 120 dan ortiq mamlakat Xalqaro voleybol federatsiyasi a’zosi hisoblanadi.
Ittfoqda voleybol asosan 1920-1924 yilda tashkil qilinib keynchalik rivojlangan. 1933 yildan boshlab mamlakat birinchiliklari о‘tkazila boshlagan. 1935 yil Ittifoq va Afg‘oniston voleybolchilarining birinchi xalqaro uchrashuvi tashkil etilgan. 1947 yil Pragada о‘tkazilgan Xalqaro demokratik yoshlar festivalida Ittifoq Sportchilari g‘olib chiqadi. 1957 yilda voleybolni Olimpiada о‘yinlari sport turiga kiritish haqida qaror qabul qilindi.
1965 yildan boshlab Xalqaro voleybol musobaqalari о‘tkazilib, u an’anaga aylandi. Ittifoq sportchilari Yevropa va jahon birinchiliklarida g‘ala-balarni doimo qо‘lga kiritib kelgan.
XXI Olimpiada о‘yinida (1980 Moskva) Ittifoq sportchilari birinchiliklarni qо‘lga kiritadi.
Voleybolning rivojlanishida I.Bujankov, P.Voronin, V.Zaysev, V.Ko-valenko, G.Mondzalevskiy, S.Nefedov, M.Pimenov, Y.Poyarkov, K. Reva, V.Sav-vin, A.Savin, V.Ulyanov, SH.Fasaxov, Y.Chinyakov, V.Shagin kabilarning xis-sasi g‘oyat katta bо‘lgan. Xotin-qizlar orasida L.Buldakova, M. Yeremeyeva, S.Kundarenko, V.Oskolkova, I.Raskal, R.Salixova, V.Vviridova, N. Smoleva, A. Chudinova kabilarning о‘rni kattadir.
Hozirgi zomon voleyboli texnik va taktik asoslar jihatdan juda tez rivojlanib, murakkablashib ketmoqda. О‘yin qoidalarida ba’zi jiddiy о‘zga-rishlar yuz bermoqda. Ular haqida keyingi bо‘limlarda ma’lumotlar bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |