8.2. О‘zbek milliy harakatli о‘yinlari
Xar bir millat va xalqning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlarini ifoda etuvchi о‘ziga xos harakatli о‘yinlari mavjuddir. Bu soxada о‘zbek milliy harakatli о‘yinlari g‘oyat boy va keng qamrovli mazmunlarni о‘zida ifodalash bilan alohida ajralib turadi. Bu xaqida yuqorida ta’kidlanganidek M.Murodov, U.Qoraboyev, M.Jabborov va boshqalar juda kо‘p fikrmulohazalar bildirishgan.
E’tirof etish lozimki u yoki bu sabablar bilan turli davrlarda harakat-li о‘yinlar bir-biriga yaqin davlatlarning odamlari orasida keng tarqalgan. Ular milliy xususiyatlar va maxalliy sharoitlar bilan moslashtirilib, mazmun va mohiyat jihatdan tо‘ldirilgan. Shu sababdan о‘zbek milliy harakatli о‘yinlarini ikki guruhga ajratish mumkin, ya’ni:
Chetdan kirib kelgan va milliylashib ketgan harakatli о‘yinlar.
Sof о‘zbek milliy harakatli о‘yinlari.
Birinchi guruhdagi harakatli о‘yinlar tarkibiga quyidagilar kiradi, ya’ni: «Xо‘rozlar jangi», «Tortishmachoq», «Arg‘amchida sakrash» (skakalka), «Qopqon», «Poyezd-poyezd», «CHо‘loq qarg‘a», «Uchinchisi ortiqcha» va b.q. Bu kabi о‘yinlar rus, kavkaz, Markaziy Osiyo xalqlari orasida ham keng tarqalganligini inkor qilish mumkin emas.
Ikkinchi guruhdagi harakatli о‘yinlarga «Chillak», «Oq suyak», «Quloq chо‘zma», «Eshak mindi», «Yelka urishtirish», «Poda tо‘p», «Tо‘qqiz tosh», «Dо‘lqi», «Orqang kuydi», «Bо‘ron» va shu kabi juda kо‘p о‘yinlar kiradi. Ta’kidlash lozimki, ba’zi о‘yinlar mazkur tо‘plamlar, о‘quv-uslubiy qо‘llan-malarda о‘z ifodasini topmagan. Shu sababdan ham 1992-1998 yillarda о‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarining tо‘plamlarini kо‘rib chiqish lozimdir.
О‘z о‘rnida aytish lozimki, Respublikamizning turli hududlarida qadim-dan buyon о‘ynalib, davom etib kelayotgan son-sanoqsiz milliy harakatli о‘yin-lar tо‘la о‘rganilmagan. Ayniqsa Farg‘ona vodiysi, Surxon va Qashqa vohasi, shuningdek Samarqand, Navoiy va boshqa viloyatlardagi aholii о‘rtasida milliy qadriyatlarni ifodalovchi harakatli о‘yinlar juda mо‘l. Ular orasida о‘yinlar orqali tengsizlik, noxaqlik, yovuzlik, xasislik kabi salbiy xususiyatlarni qoralovchi tarbiyaviy о‘yinlar e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa tabiat sirlarini, ya’ni baxor, yoz, kuz va qaxraton qish fasllari, ularning insonlar hayotiga ta’siri, xayvonat olami va boshqa ijtimoiy-madaniy jarayonlarni о‘z ichiga oluvchi tarbiyaviy jixatlarni ifodalovchi о‘yinlar ham juda kо‘p. Ularni yoshlar, mutaxassislar о‘rganishi, ommalashtirishlari davr talabidir. Chunki xar bir harakatli о‘yin mazmunida jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan birgalikda, ularning negizida umuminsoniy qadriyatlar, qaxramonlik, kattalarga xurmat, mehnat va mudofaa ishlariga sadoqatli bо‘lish kabi xis-tuyg‘ularni tarbiyalovchi pedagogik jarayonlar mujassamla-shib ketgan.
О‘zbekiston mustaqilligi yillari davrida xalq milliy о‘yinlarini о‘rganish, ularning tarbiyaviy xususiyatlarini ilmiy-pedagogik jihatdan taxlil qilish, ta’lim-tarbiyaga molik bо‘lgan о‘yinlarni darslarda qо‘llash kabi muhim amaliy tadbirlar bajarilmoqda. Ularning tarkibida О‘zbek milliy harakatli о‘yinlarining о‘rin egallashi diqqatga sazovardir. Bu mulohazalarni 1991y. 25 apreldan boshlabto 1996y.gacha Jizzax viloyatining Forish tumanida о‘tkazib kelingan Xalq milliy о‘yinlari Respublika musobaqalari (1996y. Xalq milliy о‘yinlari Olimpiadasi nomi bilan о‘tkazilgan) misolida kо‘rish mumkin. Bu о‘yinlar esa 1998y.dan boshlab (Termiz) «Alpomish о‘yinlari» Respublika festivali (2000y. Farg‘ona, 2002y. Guliston) nomi bilan о‘tkazilmoqda. Shuningdek xotin-qizlar musobaqasi sifatida «Tо‘maris о‘yinlari» Respublika festivali (1999y. Jizzax, 2001y. Shahrisabz, 2003y. Namangan) о‘tkazilmoqda. Yana bir muhim tamoni shundaki, «Navrо‘z», Mustaqillik kuni, Hosil bayrami, Xotira kuni va b.q. bir qator an’anaviy bayramlar, sport musobaqalarida milliy harakatli о‘yinlar alohida tur va kо‘rgazma-namoyishli chiqish shakllarida qо‘llanilib kelmoqda. Ularning dasturida «Bо‘ron», «Mindi», «Kuydi», «Tortishmachoq», «Qirq tosh» va b.q. bir qator harakatli о‘yinlar о‘rin egallab, qatnashchilar va tamoshabinlarning diqqat-e’tiborini jalb etmoqda.
Surxon, Qashqa vohasi hududlarida bolalar va о‘smirlar eshak, ot, xо‘kiz, tuya va b.q. ulovlarda poyga qilish, bir-birini tortib ag‘darish, piyoda poyga, quvlashish (tog‘, adir, tez oqar suvlarda) kabi о‘ta murakkab amaliy (tayanch) harakatli о‘yinlarni bajarishmoqda. Ulardan ba’zi namunalar О‘zbekiston telekanallarida videotasvir sifatida namoyish qilinib, ularni ommalashtirishga doir fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Bundan taniqli aktyor-rejissyor Murod Rajabov, jurnalist-suxandon Farxod Bobojonov va boshqalarning katta hissalari borligini e’tirof etmoq kerak.
Xulosa shundan iboratki, О‘zbek milliy harakatli о‘yinlari ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarni о‘zida tо‘la mujassamlashtirgan pedagogik jarayon-dir. Shunga kо‘ra о‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan va kasb-hunar egallayotgan о‘quvchi yoshlar va talabalar harakatli о‘yinlarning mazmuni, ularni qо‘llash jarayonlari va о‘rganilmagan harakatli о‘yinlarni yuzaga chiqarishda о‘z hissalarini qо‘shishlari zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |