Tо‘rtinchi davr-JTNU fanining mustaqil о‘quv ilmiy fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Bu XIX asrning oxiridan to xozirgi kunlarcha bо‘lgan davrni qamrab oladi.
Buning boshida Abdulla Avloniy, Mahmudhо‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Fitrat kabi yangi davr marifatparvarlari turgan bо‘lsa, keyinchalik ular P.F.Lesgaft, Pe’r de Kuberten, G.D. Xarabuga, N.I.Ponomarev va b. rus olimlarning inson jismoniy tarbiya haqidagi ilg‘or nazariy va amaliy g‘oyalari, tajribalari asosida yanada kengayib bordi.
О‘zbekistonda JTNU fanining vujudga kelishi eng qadimgi davrlardanoq boshlangan bо‘lsa, u о‘zining haqiqiy takomiliga faqat 1991 yildan, ya’ni Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingina yetdi. Milliy qadriyatlarimizga asoslangan JTNU rivojlanishini dastlab Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod orzusi”, “Barkamol avlod”, “Barkamol avlod О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” va boshqa о‘nlab asarlarida ilgari surilgan metodologik g‘oyalar va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan tadbirlar va ularning amalga oshirilish natijalari bilan kо‘rishimiz mumkin. Bunga respublikamiz talaba yoshlari о‘rtasida о‘tkazilayotgan Universiada о‘yinlarini, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari о‘quvchilarining Barkamol avlod о‘yinlari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilarining Umid nihollari kabi uch bosqichli msobaqa tizimini misol keltirishimiz mumkin. Kо‘rinib turibdiki, mustaqillikdan keyin JTNU amaliy ishlar natijasida (amaliyot) vujudga keldi va rivojlanib bormoqda.
Albatta, Respuplikamizda JTNU rivojlanishiga nazariy va amaliy jihatdan о‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan ulkan hissa qо‘shgan olimlar. pegogika fanlari doktorlari T.S.Usmonhо‘jayev, A.Q.Atayev, SH.H.Xonkeldiyevich, F.A.Kerimov, L.R.Ayrapedyans, E.A.Seytxalilov, D.J.Nasriddinov,Salomov R.S., R.D.Xalmuxamedov va boshqa kо‘plab olimlarni misol keltirish mumkin. О‘zbekistonda JMNU rivojlanishi jarayonida uning kо‘plab tarmoqlari, yо‘nalishlari bо‘yicha ham ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshirilgan. Masalan, JM harakatini tashkil etish va boshqarishda R.A.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov, K.D.Yarashev, turizm va uni о‘qitish uslubiyatida R.A.Abdumalikov, T.X.Xoldorov, umumta’lim maktablari, Akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarining о‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash bо‘yicha T.S.Usmonxо‘jayev, T.Moskoleva, M.Toirova, L.Seytlina va boshqalar, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash bо‘yicha K.Maxkamjonov va boshqalar, maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarning jismoniy tarbiyalash bо‘yicha X.A.Meliyev, Sport о‘yinlari va о‘qitish uslubiyati bо‘yicha L.R.Ayrapetyans, E.A.Seytxalilov va b., Yengil atletika va о‘qitish uslubiyati bо‘yicha H.T.Rafiyev, R.Q.Qudratov, K.T.Shokirjonova va b.,Chaqiriqqacha jismoniy tayyorgarligini oshirish bо‘yicha T.SH.Hayitov va b. Talaba-yoshlar jismoniy madaniyat va tarixi bо‘yicha Y.S.Shalomitskiy, K.P.Ten, R.A.Abdumalikov, V.M.Yaskov va b., Sport psixologiyasi bо‘yicha G‘. Shoumarov, Y.M.Masharipov, R.Abdurasulov, R. Gaynutdinov, X.B.Tulenova jismoniy madaniyatning falsafiy va ijtimoiy muammolarini hal qilish bо‘yicha E.K. Shaternikov, Sport va sportchi ma’naviyatini shakllantirish masalalari bо‘yicha A.X.G‘ulomov, D.T.Tangirov, Bolalar va о‘smirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etish bо‘yicha K.T.Shokirjonova, Xotin-qizlar va talaba-qizlar jismoniy tarbiya masalalari bо‘yicha R.Qoziyeva, SH.M.Xolova boshqalar Respublika JMNU ning tarmoqlarini rivojlanishiga hissa qо‘shgan va hissa qо‘shib kelmoqda.
Ularning olib borgan ishlariga JTNU rivojlanishiga halqaro miqyosda ulkan hissa qо‘shgan rus olimlari L.P.Matveyev, V.A.Novikov, A.A.Gujalovsiky, V.P.Filin, M.Y.Nabatnikova, G.D.Xarabuga, N.I.Ponomarev, V.M. Vidrin, B.A.Ashmarin, Y.D.Jeleznyak, N.G.Ozolin, A.S.Puni, M.A.Godik, V.M.Zatsiorskiy, I.A.Terovanesyan, L.S.Xomenkov, V.K.Balsevich va boshqalar ilhomlantirganlar, ayrimlariga bevosita ilmiy rahbarlik ham qilganlar.
Respublikamizda JTNU о‘zining yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Bu uni rivojlangan mamlakatlar JTNU fanining ilg‘or tajribalarini о‘rganish va ular bilan yaqin hamkorlikni yо‘lga qо‘yishdir. Bu, ayniqsa, sport mashqi jarayonini zamonaviy asoslarda tashkil etish, sport mashqi, sport musobaqalari natijalari belgilovchi obyektiv va subyektiv faktorlarni о‘rganishda eng zamonaviy usullarni qо‘llash, о‘rganish va ular uchun zarur bо‘lgan ilmiy texnik asbob-uskunalarini chetdan keltirish va о‘zimizda ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, shuningdek, jismoniy tarbiyani aholi о‘rtasida ommaviyligini oshirish, Alpomish va Barchinoy salomatlik testlarini xalqimiz kundalik hayotiga chuqurroq singdirish muammolariga tegishlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |