88
qilishgan. Haykal oldida buqalarni qurbonlik qilishgan va g‘oliblar
taqdirlangan. O‘yinlarni minglab tomoshabinlar ko‘rgan.
16
Dastlab, 190 metrga bir martalik yugurish tashkil qilingan, lekin sekin-
asta dastur kengaytirilgan va sportning ko‘proq turlarini o‘z ichiga olgan:
yugurishdagi bellashuvlar, boks, kurash, pankration (qurolsiz qo‘l jangi) va
beshkurash (disk uloqtirish,
nayza uloqtirish, sakrashlar, yugurish va
kurash). Mifologik sport turlaridan farqli ravishda jamoaviy o‘yinlar
bo‘lmagan. O‘n to‘qqizinchi asrda O‘yinlar havaskorlik xarakteriga ega
bo‘lmagan – qadimgi rimliklar bunday konsepsiya to‘g‘risidagi
tushunchaga ega bo‘lmaganlar. G‘oliblarga beriladigan
mukofotlar katta
miqdorda berilgan. Pullik taqdirlashlar, subsidiyalar va sovg‘a-salomlar
odatiy bo‘lgan va Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonish siyosatda kar'erani
muvaffaqiyatli boshlash uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin
bo‘lgan.
Ekspertlarning fikrlari, O‘yinlardagi g‘alaba uchun moddiy rag‘batlar
masalasida har xil bo‘lgan. Agarda, bevosita mukofotlar oliva daraxti
gulchambari bilan chegaralangan bo‘lsa, g‘oliblar
uylariga qaytishganida
naqd pul va imtiyozlar bilan taqdirlanishgan, deb hisoblash qabul qilingan.
Yang kabi ayrim tadqiqotchilar, barchasi konkret holatga bog‘liq bo‘lgan,
deb hisoblashadi, Pleket kabi boshqa mutaxassislar Eesa, qadimgi
O‘yinlarning ancha keyingi Eerasida mumkin bo‘lganligini ta’kidlashadi.
Uchinchilari, o‘sib borayotgan professionalizmni
Rimga taalluqli
deyishadi. Dalillar chegaralangan va kam. Ayrim bellashuvlar bizga o‘ta
qattiqdek tuyuladi. Kurash, ko‘pincha ishtirokchining birini o‘limiga qadar
davom etgan.
Musobaqalar Qadimgi Gretsiyadagi harbiy va jangovar madaniy
muhit kontekstida harbiy tayyorgarlikning oqibati sifatida yuzaga kelgan.
O‘yinlar qancha davom etishi kerak bo‘lsa, shuncha davom etgan, xuddi
qadimdagidek, olimpiya tinchligi tamoyili bilan urushlar to‘xtatilgan paytda
o‘tkazilgan. Buni, musobaqalar ishtirokchilari va tomoshabinlarni xavfsiz
harakat qilishlari talab qilgan. Tinchlik tamoyili O‘yinlar davom etguniga
qadar, boshqa mamlakatlarni Elidaga hujum qilishi man etilgan. Shu usulda,
Elida qo‘shni mamlakatlar hujumidan himoya qilingan. Tinchlik urushlarni
oldini olmagan, lekin u, Olimpiya o‘yinlarini urushning buzg‘unchilik
kuchidan himoya qilgan.
17
16
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012.- 67 p.
17
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012.- 67 p.
89
Yunon shahar-davlatlarining iqtisodiy va siyosiy tizimi quldorlikka va
patriarxal tuzumga asoslangan. Ular, uncha katta bo‘lmagan, hokimiyati va
gullab-yashnashi
tutqun mehnatga asoslangan, zodagon erkaklar guruhi
tomonidan boshqarilgan.
Ko‘pchiligi qul bo‘lgan ayollar siyosiy huquqqa ega bo‘lishmagan.
Hattoki, Afinada eng sezilarli bo‘lgan demokratiyaning murakkab shakllari
rivojlana boshlaganda ham tutqunlik mehnatiga tobe’lik davom etgan.
O‘yinlarda faqatgina erkin erkaklar ishtirok etgan, ayollarning tomoshabin
bo‘lishi ham man etilgan.. Shunga qaramasdan, Gera xudosiga
bag‘ishlangan ayollar musobaqalari ham o‘tkazilgan.
18
Do'stlaringiz bilan baham: