Olimpiya o‘yinlarining qayta tiklash g‘oyalarining rivojlanishi.
“O‘yinlarning vujudga kelishi va qayta tiklanishi. “Tabiiyki, qadimgi
Olimpiya o‘yinlarini insoniyat xotirasidan o‘chirib bo‘lmas edi. 1419-yilda
Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida ko‘pjildlik kitob nashr qilingan. Olimpiya
o‘yinlari to‘g‘risida Shekspir va Milton, Gyote, Russo va Bayron o‘z
asarlarida eslatganlar. Volter “Jeux olympiques”, Flober va Gayd – olimpik
so‘zidan sportga doir bo‘lmasa-da, foydalanganlar. Lekin aynan uyushgan
sportning zamonaviy shaklda paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan birga o‘n
sakkizinchi asrdan boshlab va keyingi davrlarda “olimpiya” tushunchasi
keng foydalanilgan. yеvropada o‘rta asrlardan buyon sport tadbirlari bilan
o‘tkaziladigan bayramlar odatiy hol bo‘lgan.
O‘n yеttinchi asrda Robert Dover “Kotsvold Olimpiya o‘yinlarini
tashkil qilgan va ayrim uzilishlar bilan keyingi 250 yil davomida
o‘tkazilgan. Robert Dover Norfolkda 1575 va 1582-yillar oralig‘ida
tug‘ilgan va 1652-yilda vafot etgan. Robert Dover Kotsvold o‘yinlarining
asoschisi bo‘lganligi to‘g‘risida dalillar yo‘q va uning ishtiroki 1612-yildan
boshlangan. O‘yinlar paydo bo‘lishi o‘rta asrlarda Angliyada bayramlar
o‘tkazish an’anasi bilan bog‘liq. Ularga rapirada qilichbozlik, yakkakurash,
qo‘l jangi, dubulg‘a bilan jang, raqslar, qoplarda sakrash, oyoqlari
boylangan holda kurash bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.
19
XVIII asrda Olimpiya shahrida birinchi arxeologik qazilmalar olib
borilgan. yеvropa arxeologlarining diqqat-e’tiborini qadimgi Olimpiada
o‘yinlarining o‘rni o‘ziga jalb etgan edi. 1723-yilda fransuz olimi Don
Bernar de Monfokon qadimgi Olimpiya shahrida arxeoligik qazilmalarni
olib borishni tavsiya qilgan. Biroq bu ekspeditsiya ishlari amalga
18
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012.- 67 p.
19
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 75 p.
90
oshirilmagan. 1766-yilda Oksford olimi Richard Chandler arxeologik
ishlarini olib borishga harakat qilgan.
1824-yilda lord fon Stankof Olimpiya shahrida arxeologik
qazilmalarni olib borgan va uning chizmasini tuzgan. Bu esa Olimpiya
o‘yinlarini tiklash g‘oyasini rivojlantirishga turtki bo‘lgan.
1874-1881-yillarda nemis arxeologi Ernst Kursius (1814-1896)
boshchiligida o‘tkazilgan arxeologik qazilma ishlari ancha muvaffaqiyatli
bo‘lgan. Ekspeditsiya natijasida Olimpiya shahrida ko‘p sonli arxitektura
inshootlari va haykallarning qoldiqlari topilgan. 1887-y. arxeologik qazilma
ishlarining natijalari matbuotda e’lon qilingan edi.
“Qadimgi Gretsiyaga va umuman Olimpiya o‘yinlariga ortib
borayotgan qiziqish, xususan arxeologik qazishlar va bir qator joylarda,
jumladan Troyada, Mikeni va Olimpiyada amalga oshirilayotgan yеr qazish
ishlari tomonidan qizitilib turadi. Qadimgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan
joylarda yеr qazish ishlarini amalga oshirish g‘oyasi o‘n sakkizinchi asrda
bahslarning asosi bo‘lgan va 1766-yilda qazishlar paytida, ular o‘tkazilgan
joy aniqlandi, qo‘shimcha ishlar 1787-yilda amalga oshirilgan. Qazish
ishlari 1829-yili fransuzlar tomonidan amalga oshirilgan, 1852-yilda esa,
nemis arxeologlari haqiqiy yangilik yaratishdi, shunga qaramasdan, 1875-
yilga qadar keng masshtabli yеr qazish ishlari o‘tkazilmagan va keng
masshtabli tadqiqotlardan o‘n yildan keyin 1886-yilda Olimpiya o‘yinlari
o‘tkazilgan joyda Arxeologik muzey ochilgan. Parijda 1889-yilda bo‘lib
o‘tgan «exposition Universelle» ko‘rgazmada artefaktlarning namunalari
namoyish qilingan.
20
Qadimgi Olimpiya qishlog‘ini arxeologik qazilmalar natijasi muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa qadimgi olimpiya o‘yinlariga bo‘lgan
qiziqish va havasni oshirib yubordi. Shu asosda jamoatchilik doirasida
olimpiya harakatini tiklash g‘oyalari paydo bo‘lgan.
“O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida XOQning ta’sis etilishi va
zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini bog‘liq holda ko‘rish zarur. O‘n
sakkizinchi asrning oxiri va o‘n to‘qqizinchi asr mobaynida Gretsiya,
Skandinaviya, Shimoliy Amerika va Birlashgan Qirollikda turli shakllardagi
sport bayramlari rivojlangan. Shotlandiyada 1820-yillarda qayta tiklangan
o‘yin an’analari 1850-yillarda Amerikada tarqalgan. Parijda 1820-yillarda
va Nyu-Yorkda 1850-yillarda rim sirki elementlaridan iborat sirk
tomoshalari rivojlangan. Doktor Uilyam Penni Bruks tomonidan 1830-
yillardan Skandinaviyada va 1849-yilda Liverpulda “olimpiya” va
20
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 75 p.
91
“olimpiyachi” tushunchalaridan foydalanilgan, bu o‘z navbatida
Kubertenga katta ta’sir etgan. Yunonlar 1859-yildan boshlab va keyingi
yillarda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. Shunday
qilib, Kubertenning shaxsiy loyihasi bo‘sh joyda rivojlanmagan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining hayoliy va ideallashtirilgan shaklini
ko‘rgazmali qo‘llashning eng erta misollardan biri – Dreberg modeli
hisoblanadi, u, Germaniyaning g‘arbida Verlitsa shaharchasida paydo
bo‘lgan. Shahzoda Frans 1777 va 1799-yillar oralig‘ida bayram
musobaqalarini tashkil qilgan, qadimdagi Olimpiya o‘yinlariga asoslangan
bo‘lsa ehtimol. O‘yinlar tarkibiga otda poygalar va gimnastika bo‘yicha
musobaqalar kirgan. Musobaqalar ishtirokchilari qo‘shni maktablarda
o‘qiydigan o‘g‘il va qiz bolalar bo‘lishgan va ular shahzoda tomonidan
ishlab chiqilgan Das Philanthropinni mutoala qiladigan o‘quvchiga
orientirlangan progressiv ta’lim modeliga asoslangan.
Fransiyada 1796-yilda Parijdagi Champ de Mars dagi Revolyusiya
paytida «Jeux Olympiques» o‘yinlari tashkil qilingan (Kidd, 1984 y.).
Shvetsiyada 1834 va 1836-yillarda Gyustav Djoan Shato “Olimpiya
o‘yinlari” deb nomlangan sport tadbirini Ramlosda tashkil qilgan. Shato
gimnastika asoschisi Lingning fikrlarini ma’qullagan.
21
Vengriyada ham
“Olimpiya o‘yinlari” stilidagi tadbirlar o‘tkazilgan. Fransiyada “Olimpiya
o‘yinlari”ni 1832-yilda Grenob yaqinidagi Dominikan seminariyasi
talabalar uchun tashkil qilingan bo‘lib, ular keyinchalik yigirmanchi asrga
qadar ikki yilda bir marta o‘tkazilgan.
Birinchi g‘olib 1846-yilda G.Didon bo‘lgan, u, keyinchalik rohib
bo‘lgan va Kubertenga Olimpiya shiori bo‘lgan «itius, Altius, Fortius –
Tezroq, Balandroq, Kuchliroq» iborasini taklif qilgan (sanasi
keltirilmagan).
Xuddi ta’lim sohasidagi kabi ommaviy tomoshalar ichida “Olimpiya”
atamasi qo‘llanilgan. O‘n to‘qqizinchi asrning boshida Champs-yelysees
yopiq turdagi ippodrom shaklidagi irque des Champs-yelysees deb
nomlangan sirk tashkil qilingan. Olimpiya sirki 1827-yilda Templa
yaqinidagi binoda tashkil qilingan. 1853- yilda tashkil qilingan Frankoni
ippodromida aravalarda poygalar va rim sirk tomoshalari o‘tkazilgan. 6 000
kishiga mo‘ljallangan arena amerikalik shoumen tomonidan qurilgan va u,
o‘z oilasi bilan Parijdagi Olimpiya sirkida ishtirok etgan italiyalik
chavandoz Antonio Frankoni sharafiga nomlangan. Monrealda 1842-yili
Olimpiya klubi qurilgan. Unda, 1844-yilda ikki kunlik “Olimpiya o‘yinlari”
21
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 69 p.
92
o‘tkazilgan bo‘lib, ular mahalliy aholini kelgindilarga qarshi ishtiroki bilan
birinchi ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilgan. Lekin, o‘n to‘qqizinchi
asr davomida shotlandiyadagi “tog‘ o‘yinlari” va “sport yurishi”
(professional sportchilar) sport tadbirlaridagi ancha ta’sirchan va ommaviy
sport turlariga aylandi. Shimoliy Amerikaga immigratsiya qilingan minglab
Irlandiyaliklar va Shotlandiyaliklar o‘zlari bilan an’analarini ham olib
ketgan, buni Bostonda (1853 y.) va Nyu-Yorkda (1856 y.) tashkil qilingan
“Kalendon O‘yinlari” ko‘rsatadi.
22
“Much Wenlok” o‘yinlari va Milliy olimpiya assotsiyasiyasi. O‘n
to‘qqizinchi
asrning
o‘rtalarida
“olimpiya”
va
“olimpiyachi”
tushunchalaridan foydalanish namunalari ko‘paydi. Bu davrda sport
novatorlari faoliyatida uchta ijtimoiy mavzu birlashdi. Birinchi – qadimgi
yunon madaniyatiga, ayniqsa barkamol, aqliy va jismoniy rivojlanish
konsepsiyasiga qiziqishni uyg‘otish. Ikkinchi – bu davrda atletikaning
mavqyei oshib, ingliz davlat maktablarida rivojlangan. Uchinchisi –
ratsional xordiqni tashkil qilish.
Uilyam Penni Bruks tomonidan 1850-yilda asos solingan “Much
Wenlok” o‘yinlari muntazam ravishda o‘tkazilgan musobaqalardan biri edi.
Bruks bu davrda birinchilardan bo‘lib sport bayrami, olimpiya tushunchasi
va yunon falsafiy tamoyillarini birlashtirgan. Tarixchi Devid Yang fikricha,
zamonaviy Olimpiadalar asoschisi deb Bruksni ko‘rish mumkin, MakAlun
fikricha esa, Kuberten loyihasi xalqaro darajada muhim bo‘lgan.
Bruks 1809-yilda Venlokda doktor oilasida tug‘ilgan, o‘zi ham doktor
va 1841-yilda sudya lavozimini egallagan. Bruks 1850-yilda birinchi “Much
Wenlok” Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilgan. Ularga atletika, xalqalarni
nishonga otish, futbol va kriket kiritilgan. Bruks yunon madaniyati va
Robert Dover “Kosvold o‘yinlari” bilan qiziqqan. U, “foydali axborot” olish
uchun va “Olimpiya o‘yinlari” ishtirokchilari (ya’ni, olimpiya sinfi) (1860-
yilda “Venlok Olimpiya Jamiyati” deb qayta nomlangan) shaharcha va
Venlok atrofidagi aholini axloqiy, jismoniy va intellektual o‘sishiga
ko‘maklashishi uchun agronomik mutoala klubiga asos solgan. U, 1850-
yilda birinchi Venlok Olimpiya O‘yinlarini tashkil qilgan bo‘lib, ular
tarkibiga atletika, xalqalarni nishonga uloqtirish, futbol va kriket kiritilgan.
Bruks grek madaniyati bilan qiziqqan, lekin u, Robert Doverning Kosvold
O‘yinlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lgan. Olimpiya Jamiyati har
yili o‘tkaziladigan o‘yinlarni tashkil qilgan bo‘lib, ular, vaqt o‘tishi bilan,
22
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 69 p.
93
o‘zining profili bo‘yicha ancha sportga taalluqli va milliy bo‘lib qoldi.
Vrach bo‘lib ishlagan Bruks sport va dam olishning faol shakllarini ratsional
havaskori bo‘lgan, maktablarda jismoniy tarbiyalashning zarur ekanligiga
ishongan.
23
“Birinchi milliy Olimpiya o‘yinlari Germaniya gimnastika
jamiyatidagi (GGS) Uilyam Penni Bruks, Jon Xalli va Ernst Ravenshteyn
tomonidan tashkil qilingan. Angliyada 1868-yildan keyin faqat “Much
Wenlok” o‘yinlari qolgan. Bruks 1850-yildan boshlab, to 1895-yilda vafot
etguniga qadar, Olimpiya o‘yinlari g‘oyasini ilgari surish uchun ko‘p
ishlagan, bu, taqdirning taqozosiga ko‘ra, birinchi zamonaviy Olimpiya
o‘yinlarini tashkil qilinishidan bir yil oldin sodir bo‘lgan. To‘rtinchi Milliy
Olimpiya O‘yinlari 1874-yilda Venlokda, beshinchisi – 1877-yilda
Shruzberida va yakuniysi 1883-yilda Xadlida bo‘lib o‘tgan.
Bruks tashkil etgan olimpiya bayramlari Olimpiya o‘yinlarining
ahamiyatli o‘tmishdoshi sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Lekin, ular
o‘n sakkizinchi asrning oxiridan to o‘n to‘qqizinchi asrning yakuniga qadar,
sport bayramlarini belgilash paytida “olimpiya” atamasini qo‘llanishi
tarixiga o‘zining hissasini qo‘shib kelgan.
Gretsiya, Sutsos, Zappas. Yunon O‘yinlarini qayta tiklash g‘oyasini
Panagiotis Sutsos yaratgan, – shoir, noshir va vatanparvar. 1833-yildan va
keyingi davrda Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida uning dostonlarida yozilgan.
1835-yilda hukumatga 25-mart kuni milliy bayram deb e’lon qilish
taklifi bilan murojaat qilgan va qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlarini
kiritishni tavsiya qilgan. U O‘yinlarni to‘rt yillik siklda to‘rtta yunon
shahalarida o‘tkazishni tavsiya qilgan. Sutsos o‘z tashabbus kampaiyasini
1840-yillargacha davom ettirgan, lekin kelgusida ishlarni Evangelos Zappas
amalga oshirgan.
EvangEelos Zappas (1800–1965) yunon millatiga mansub yirik
tadbirkor bo‘lgan. U 1856-yilda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash va
moliyalash loyihasini tavsiya qilgan. 1859-yilda Zappas Birinchi Olimpiya
o‘yinlarni tashkil qilgan. Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya
o‘yinlari 1859, 1870, 1875 va 1889-yillarda Afinada o‘tkazilgan. Doktor
Uilyam Penni Bruks 1859-yilda Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari uchun
greklarga 10 funt sterling pul jo‘natgan. Bruks, grek hukumatiga Buyuk
Britaniya Eelchisi orqali murojat qilib, qadimgi o‘yinlarni qayta tiklashga
qat'iy undagan.
23
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 70 p.
94
Rekonstruksiya qilingan stadionda 1870-yilda o‘tkazilgan O‘yinlar
Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlarining barchasidan eng
muvaffaqiyatlisi bo‘lgan. Ular, 30000 tomoshabinlarni to‘plagan va
gazetalarda yuqori baho berilgan. Afinalik elita vakillari O‘yinlarda
faqatgina yuqori darajali sportchilarni ishtirok etishini va bellashuvlarda
oddiy odamlarni ishtirokini man qilish taklif qilingan. Bunday ijtimoiy man
qilinish 1875-yilda O‘yinlarni muvaffaqiyasizlikka olib keldi, ularda 25
nafar sportchilar ishtirok etgan va kam tomoshabinlar bo‘lgan.
1875-yilgi Olimpiadani “halokat” deb atagan. Keyingi hodisa 1889-
yilda gimnaziyada o‘tkazilgan yomon tashkil qilingan tadbir bo‘ldi, 1891 va
1893-yillarda estafetani Umumgrek gimnastika jamiyati qabul qilgan.
Zappas tomonidan qayta tiklangan Olimpiya o‘yinlari va Venlok o‘yinlari
ko‘pchilik boshqa hodisalarga qaraganda to‘liq tiklanish yo‘lidagi ancha
muhim oraliq tadbirlar bo‘lib, ular olimpiya atamalarini qo‘llash bilan
o‘tkazilgan.”
24
Do'stlaringiz bilan baham: |