O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

XOQ KONGRESSLARI 
Kongress 
O‘tkazilgan yil 
O‘tkazilgan joyi 

1894 
Parij, Fransiya 
II 
1897 
Gavr, Fransiya 
III 
1905 
Bryussel, Belgiya 
IV 
1906 
Parij, Fransiya 

1913 
Lozanna, Shveytsariya 
VI 
1914 
Parij, Fransiya 
VII 
1921 
Lozanna, Shveytsariya 
VIII 
1925 
Praga, Chexoslovakiya 
IX 
1930 
Berlin, Germaniya 

1973 
Varna, Bolgariya 
XI 
1981 
Baden-Baden, Germaniya 
XII 
1994 
Parij, Fransiya 
XIII 
2009 
Kopengagen, Daniya 
 
Olimpiya kongressi
– olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari 
ishtirokida o‘tkaziladigan anjumandir. Xalqaro olimpiya harakati 
rivojlanishining dastlabki yillarida Kongresslar har yili o‘tkazilgan va 
Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy masalalari muhokama qilingan (8-jadval).
Olimpiya xartiyasi bo‘yicha Olimpiya kongresslari 8 yilda bir martta 
o‘tkaziladi. Olimpiya kongresslarini o‘tkazish muddatini XOQ belgilab 


117 
beradi. Kongress XOQ prezidenti tomonidan chaqiriladi va konsultativ 
ahamiyatga ega. 
Olimpiya kongressida XOQ, MOQ va XSF vakillari, faxriy prezident 
va a’zolar, sportchilar va taklif etilgan shaxslar ishtirok etadi. Olimpiya 
kongressi kun tartibini XOQ Ijroiya qo‘mitasi belgilaydi. Kogressda XOQ 
prezidenti raislik qiladi va uning tadbirlarini belgilaydi. Olimpiya 
kongresslarida olimpiya harakatining dolzarb muammolari muhokama
qilinadi.
Zamonaviy olimpiya harakatining tarixiy davlarida 13 ta Olimpiya 
Kongresslari o‘tkazilgan. 1894-yildan 1930-yilgacha 9 ta Olimpiya 
Kongressi bo‘lib o‘tgan. 1930-yillarda olimpiya harakatida vujudga kelgan 
inqiroz, olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari XOQ, MOQ va XSF 
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rishtalari uzilishiga olib kelgan. Shu sababli 
1930-yildan 1973-yilgacha Olimpiya Kongresslari chaqirilmagan. 
I Olimpiya Kongressi 1894-yil 16 – 23 iyun kunlari Parijda (Fransiya) 
Per de Kuberten rahbarligida o‘tkazilgan. Kongress dasturi ikki qismdan 
iborat bo‘lgan: “ Havaskorlik va professoinalizm” va “Olimpiya o‘yinlari”. 
Kongressda Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan Olimpiya xartiyasi 
tasdiqlangan. Kongressda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash, havaskorlik va 
professional sporti, Olimpiya o‘yinlarining dasturi va uni o‘tkazish 
tartiblari, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining tarkibi to‘g‘risidagi asosiy 
masalalar muhokama qilingan. 
II Olimpiya Kongressi 1897-yilda Gavrda (Fransiya) Per de Kuberten 
tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kongressda gigiena, pedagogika, jismoniy 
tarbiya va sportning boshqa ilmiy yo‘nalishlari muhokama qilingan.
III Olimpiya Kongressi 1905-yilda Bryusselda (Belgiya) Per de 
Kuberten rahbarligida o‘tkazilgan. Kongressda XOQ va XSF o‘zaro 
hamkorlik munosabatlarining masalalari muhokama qilingan. 
IV Olimpiya Kongressi 1906-yilda Parijda (Fransiya) o‘tkazilgan. 
Kongressda Olimpiya o‘yinlari dasturiga san’at konkurslarini kiritish 
masalasi muhokama qilingan. 
V Olimpiya Kongressi 1913-yilda Lozannada (Shveytsariya) bo‘lib 
o‘tgan. Kongressda sport psixologiyasi va fiziologiyasining muammolari 
muhokama qilingan. 
VI Olimpiya Kongressi 1914-yilda Parijda (Fransiya) o‘tkazilgan. 
Kongressda Olimpiya o‘yinlarida sport turlaridan musabaqalarni tashkil 
qilish va o‘tkazish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilingan. 
VII Olimpiya Kongressi 1921-yilda Lozannada (Shveytsariya) bo‘lib 
o‘tgan. Kongress hakamlik masalalari, XOQ sessiyalari to‘g‘risida 


118 
masalalar muhokama qilingan. Olimpiya Kongresslariga XOQning oliy 
organi maqomi berilgan. 
VIII Olimpiya Kongressi 1925-yilda Praga shahrida (Chexoslovakiya) 
o‘tkazilgan. Kongressda Olimpiya o‘yinlarining dasturi va qoidalari, 
havaskorlik muammolari, ayollar ishtiroki, MOQ huquqlari, XOQ, MOQ 
va XSF o‘zaro munosabatlari muhokama qilingan. 
IX Olimpiya Kongressi 1930-yil 25-30-may kunlari Berlinda 
(Germaniya) bo‘lib o‘tgan. Kongressda Olimpiya o‘yinlarining dasturi, 
havaskorlik maqomi, Olimpiya o‘yinlarida ayollar ishtirokining masalalari 
ko‘rib chiqilgan.
X Olimpiya kongressi 1973-yil Varna shahrida (Bolgariya) 
o‘tkazilgan. Olimpiya kongressi olimpiya harakati muammolarini bartaraf 
etishga e’tiborni qaratgan edi. Kongressning kun tartibida: hozirgi davr 
olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning 
o‘zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o‘yinlarining qiyofalari kabi 
masalalar muhokamaga qo‘yildi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha uch 
tomonlama (XOQ, MOQ va XSF) komissiya tuzildi. Kongress yakuniy 
hujjatlari - «Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha 
sportchilariga murojaat» qabul qilingan. 
Sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va iqtisodiy salohiyati tobora oshib 
borayotganligi tufayli davlat rahbarlariga uni tobora rivojlantirishda yordam 
ko‘rsatib turishlari tavsiya etildi. Hozirgi davr muammolaridan biri XOQ, 
MOQ, XSF faoliyatlarini muvofiqlashtirib turishdan iborat. Keyingi 
olimpiya o‘yinlarining talab darajasi tashkil qilinishi shunga bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda. MOQ hukumat tashkilotlari bilan, XOQ esa YuNESKO va BMT 
bilan uzviy aloqada ish olib borishi kerak. 
XI Olimpiya Kongressi 1981-yilda Baden-Badenda (Germaniya) 
o‘tkazilgan va harakatni yanada rivojlantirish maqsadida muhim ahamiyat 
kasb etgan. Bunda uchta masala muhokama qilingan: keyingi olimpiya 
o‘yinlari; sportda xalqaro do‘stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol 
yo‘llari.
XI Kongressda XOQ 82 a’zosi, XSF 37 vakili, MOQ 149 vakili 
ishtirok etgan va ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari ham qatnashgan. 
Kongress tomonidan Deklaratsiya qabul qilingan va unda quyidagi muhim 
qarorlar bayon qilingan: 
- Olimpiya o‘yinlarida «ochiq o‘yinlar» uchun joy yo‘q; . 
- Olimpiya o‘yinlariga sportchilarni qo‘yish tamoyillari («26-qoida» 
Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi; 
- Olimpiya marosimlari har doimgidek davom etadi; 


119 
- Olimpiya o‘yinlarini turli mamlakatlarda o‘tkazish amaliyoti davom 
ettiriladi; 
- Olimpiya o‘yinlarini tashkil qiluvchi qo‘mita va XOQ, XSF, 
MOQlarining o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi; 
- doping iste’mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari 
ishlab chiqiladi; 
- sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi; 
- «Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini 
ko‘paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko‘maklashish tadbirlari 
rejalashtiriladi; 
- matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko‘proq 
yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e’tibor berish; 

mamlakatlarning 
hukumatlaridan 
olimpiya 
harakatini 
rivojlantirishda ko‘mak so‘rash; 
- xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo‘l 
ochish.
XII Olimpiya kongressi 1994-yil 29-avgust – 3-sentabrda Parijda 
o‘tkaziladigan. Kongressga to‘rtta masala muhokama etilib, har biri 
bo‘yicha tavsiyalar qabul qilingan:

Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishga qo‘shayotgan ulushlari. 

Jamiyatda sportchining o‘rni va roli. 

Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, “sport 
barcha uchun”, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport). 

Sport va ommaviy axborot vositalari. 
Kongressdagi mulohazalar, muzokaralarda XX asr davomida 
sportchilar mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, 
olimpiya o‘yinlari g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi ta’kidlangan. 
Jismoniy tarbiya va sportning mohiyati, olimpiya g‘oyalarining ahamiyati 
o‘sib 
borayotganligini 
e’tiborga 
olgan 
holda, 
matbuot, 
teleradiokompaniyalar faoliyatlarini maqsadli yo‘naltirish ham taklif 
etilgan. 
XIII Olimpiya kongressi 2009-yil 3 – 5-oktabr kunlari Kopengagen 
shahrida (Daniya) o‘tkazilgan. Kongressda olimpiya harakati vakillarining 
ijodiy ma’ruzalari taqdim etilgan.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish