O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport unversiteti


Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar



Download 2,33 Mb.
bet21/26
Sana10.07.2022
Hajmi2,33 Mb.
#773462
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
AЙК ваРҚТ услубий курсатма 1 қими 2020 2021 Nusxa ko‘chirmoq

Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar
namunalar, gidravlik press, plastinka, mashina moyi.
Ishni bajarish tartibi

  1. 500 g sement va 1500 g oddiy qum tarozida tortiladi. Ular doyra shaklidagi tunuka idishda quruq xolda 1 min. aralashtiriladi. Keyin uning yuzasi teksilanadi va o‘rtasi o‘yilib, unga taxminan 200g. (suv; sement nisbati, ya’ni S/S=0,4) suv quyiladi.

  2. Qorishma suvni shimgandan keyin yana 1 min. qorishtiriladi va qorishtirish mashinasiga solinadi. Mashina o‘z o‘qi atrofida 20 marta aylanib, qorishmani qorishtirgandan keyin (bunga 2,5 min. vaqt ketadi) uning kuyuq-suyuqligi aniqlanadi.

  3. Tebratuvchi stolcha o‘rtasiga ko‘yilgan kesik konusli idishga sement qorishmasi ikki bo‘lib solinadi. Kesik konus zanglamaydigan po‘latdan ishlangan bo‘lib, uning quyi asosining diametri 100 mm, yuqorisi 70 mm, balandligi esa 60 mm ga teng.

  4. Qorishmani konusga solishdan oldin konus devorlari va shisha plastinka yumshok xo‘l latta bilan namlanadi. Qorishma idishga bir-xil qalinlikda ikki qatlam qilib solinadi. Idishga solingan qorishma shibbalovchi tayoqcha bilan zichlanadi. Qorishmaning birinchi qatlami 15 marta, ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus chap qo‘l bilan stolchaga bosib turiladi.

  5. Shibbalab zichlangan qorishmaning ortikcha kismi xo‘llangan pichok bilan sidirib teksilanadi, keyin kolip asta-sekin tik xolatda ko‘tariladi. Konus shaklni olgan qorishma 30 marta (har 30 s.da) silkitadi va natijada u darz ketib sekin-asta buzilib yoyiladi.

Shunda qorishmaning yoyilish diametrining o‘rtacha qiymati 105 mm dan kam bo‘lsa, suv miqdorini biroz ko‘paytirib, qorishmaning quyuq-suyuqligi yana tekshirib ko‘riladi. Aks xolda, suv miqdori kamaytiriladi.

  1. Xullas, qorishmaning yoyilish diametri (quyuq-suyuqligi) 100-115 mm bo‘lishi uchun ketgan suv miqdori (suv sement nisbati) qorishmaning normal kuyukligi uchun zarur miqdorini ifodalaydi. Masalan, 500 g. sementdan tayyorlangan normal qorishma uchun 220 ml. suv ketgan bo‘lsa, uning S/S=0,44 bo‘ladi va bu qiymat sement qorishmaning normal quyuqligini bildiradi.

  2. Aniqlangan suv sement nisbatiga ko‘ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlarining o‘lchami 40x40x160 mm li namunalar tayyorlanadi. Namuna tayyorlashdan avval qolipning ichki tomonlariga mashina moyi surkaladi. Qorishmani qolipga joylashda qulaylik to‘ldirish uchun unga o‘rnatiladigan nasadkaga xam mashina moyi yoki solidol surkaladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka titratkichga maxkam urnatiladi. Titratkichlarning konstruksiyasi har-xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalishi bo‘yicha amplitudasi 0,35 mm, titrash davri esa 3000 titr/min bo‘lishi kerak.

  3. Namunalar qolip bilan birga germetik qopqoqli vannaga joylanadi va unda 24 soat saqlanadi. Sement namunalar qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan xolda suvli vannaga oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namunalar suvda 27 kun saqlanadi. Idishdagi suvning xajmi namunalarning umumiy xajmidan 4 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Bundam tashqari suvning tenmperaturasi xona temperaturasidek bo‘lishi va tarkibida tuz, ishkor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namunalarning suvda qotish muddati o‘tgaidan keyin, ular quruq latta bilan artiladi va 10 min.dan so‘ng sinaladi. Sementning markasini aniqlash uchun yuqoridagi namunalar 28 kun qotgandan keyin egilishga va siqilishga sinaladi (1 rasm).

  4. S ement qumli qorishmadan ishlagan 40x40x160mm li uchta namunani egilishga sinagandan keyin oltita yarimtali namuna olinadi va ularning xar birini aloxida-alaxida sinab, sementning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi va yuqori tagligi (plita) orasiga o‘rnatilgan po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi va siqilishga sinaladi.




12.1 rasm. Yarimtalik tayoqcha namunani siqilishga sinashda ishlatiladigan
po‘lat plastinka.

  1. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirrasi plastinkaning raxita tegib turishi xamda namunaga tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylanish qatlamiga paralel bo‘lishi lozim. Namunaga beriladigan kuchning tushish tezligi sekundiga 2,0±0,5 MPadan oshmasligi kerak.

  2. Kuchning ortish natijasida namuna buziladi va shu vaqtdagi manometr ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namunani buzuvchi kuch R ning qiymati manometrdagi ko‘rsatkuchni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi.

  3. Siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi buzuvchi kuch R ni

plastinka yuzasi 8 ga bo‘lib aniqlaiadi (S=25cm2)
Rc= R/S ,MPa

  1. Sementning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi oltita namunani sinab aniqlanadi. Sinalgan namunalarning eng ko‘p kuch ta’sir etgan to‘rttasi olinadi va ularning o‘rta arifmetik qiymati namunani buzgan eng katta kuchni ifodalaydi xamda bu kuchni formulaga qo‘yib, namunaning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi aniqlanadi.


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish