Alohida yo’l belgilari (особые путевые знаки). Temiryo’l uchun ajratilgan joy chegaralari, strelka raqami ko’rsatkichi, yo’lovchi binosining o’qi belgisi, tarmoq yo’l binolaridagi belgilar, aylana egrilarining boshi va oxiri reperlari, shuningdek, o’tish egrilarining boshi, o’rtasi va oxiri reperlari, tuproq ko’tarmaning ko’rinmaydigan qurilmalari, suvning eng yuqori gorizonti va to’lqinning maksimal balandligi.
Muhofaza strelkasi (охранная стрелка). Poezdlarni qabul qilish yoki jo’natish marshrutini tayyorlashda, harakat tarkibining tayyorlangan marshrutga chiqish ehtimolining oldini olish vaziyatiga o’rnatiladigan strelka.
Do'stlaringiz bilan baham: |