Stansiyalararo peregon (межстанционный перегон). Stansiyalar, raz’ezdlar va o’zib o’tish punktlari bilan chegaralangan masofa.
Motorvagonli harakat tarkibi (моторвагонный подвижной состав). Motorli va tirkama vagonlar bo’lib, ulardan motorvagonli poezdlar (elektr poezdlar, dizel-poezdlar), shuningdek, avtomotrisalar tuziladi.
Neytral qo’yma (нейтральная вставка). Ikki havo oralig’idagi (tutashmalarni izolyasiyalovchi) kontakt osma uchastkasi bo’lib, unda kuchlanish bo’lmaydi. Neytral qo’yma shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibining pantograflari undan o’tayotganda tutashuvchi uchastkalarning izolyasiyasi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |