Yangi mavzuni mustahkamlash uchun nazorat topshiriqlari:
1-nazorat topshirig’i. Sud o’yini (o’quvchilar uchun).
Oqlovchi
|
Qoralovchi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokok bilan o’xshashligi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokokdan farqi
|
1-nazorat topshirig’i. Sud o’yini (o’qituvchilar uchun).
Oqlovchi
|
Qoralovchi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokok bilan o’xshashligi:
1. O’xshashligi bular chuvalchanglar tipiga mansub.
2. Ularda tuklar kam bo’ladi.
3. Ikkalasi ham germofrodit.
4. Ikkalasining tanasibo’g’imlardan iborat.
5. Regenerasiya ikkovida ham bo’ladi.
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokokdan farqi:
1. Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan.
2. Yomg’ir chuvalchangining tanasi yumaloq, exonokokniki esa yassi.
3. Tana uzunligi exinokok 0.3-0.6 mm, yomg’ir chuvalchangi 8-10 sm.
4. Exinokok parazit chuvalchang, yomg’ir chuvalchangi foydali chuvalchang.
5. Exinokokda anal teshigi bo’lmaydi, yomg’ir chuvalchangida anal teshigi bor
|
1-nazorat topshirig’i. Jadvallarni to’ldiring (guruhlarda bajariladi, o’quvchi uchun).
Hayvonning nomi
|
Yashash muhiti
|
Nafas olish organi
|
Yurak tuzilishi
|
Ayirish sistemasi
|
Yomg’ir chuvalchangi
|
|
|
|
|
Askarida
|
|
|
|
|
Oq planariya
|
|
|
|
|
1-nazorat topshirig’i. Jadvallarni to’ldiring (guruhlarda bajariladi, o’qituvchi uchun).
Hayvonning nomi
|
Yashash muhiti
|
Nafas olish organi
|
Yurak tuzilishi
|
Ayirish sistemasi
|
Yomg’ir chuvalchangi
|
Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy tuproqlarda hayot kechiradi
|
Terisi orqali nafas oladi
|
Qizilo’ng’ach atrofida joylashgan. 5-6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori, muskul
|
Ayirish sistemasi tana bo’g’imida bir juftdan joylashgan. Sirtmoq naycha
|
Askarida
|
Askarida odamning organizmiga parazitlik qilib yashaydi
|
Tana yuzasidan nafas oladi
|
Yuragi rivojlanmagan
|
Ayirish sistemasi tana bo’ylab o’tgan ikkita uzun naydan iborat
|
Oq planariya
|
Oq planariya daryo va ko’llar tubida hayot kechiradi
|
Tana yuzasidan nafas oladi
|
Yuragi rivojlanmagan
|
Tanasining g’ovak to’qimasida juda ko’p uchi berk naychalar joylashgan
|
Halqali chuvalchanglar tipi. Kam tuklilar sinfi mazusi bo’yicha dars ishlanmasi taqdimoti.
Xalqali chuvalchanglar tipi klassifikasiyasi.
1. Tup-halqali chuvalchanglar
2. Sinf-Kam tuklilar.
3. Vakil-Yomg’ir chuvalchangi.
Yomg’ir chuvalchangining tashqi tuzilishi.
A -yon tomnidan ko’rinishi
B-Qorin tomonidan ko’rinishi
1-og’iz.
2-yon tuklar.
3-qorin tomoni tuklari.
4-belbog’
5-jinsiy teshaklari
Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. Tanasi halqaga o’xshash tortmalar bilan bilan ko’p sonli bo’g’imlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonida to’rt jutdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi.
Y omg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimi.
1. Teri.
2. Halqa muskullar.
3. Tana.
5. Ichak.
6. Qon tomirlari.
7. Nerv tizimi.
Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqateri bilan qoplangan. Bu hujayralar shilimshiq modda bilan terini doim namlantirib turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullarteri muskul xaltasi debataladigan tana devorini hosil qiladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining ichki tuzilishi.
1.Og’iz 2.Xalqum 3.Qizilo’ng’ach 4.Jig’ildon 5.Oshqozon 6.Ichak 7.Yurak 8.Orqa qon tomiri 9.Qorin qon tomiri 10.Tana bo’shlig’i to’siqlari 11.Xalqum usti nerv tuguni 12.Xalqum osti nerv tuguni 13.Qorin nerv zanjiri.
Chuvalchanglarning og’iz teshigi tanasi oldingi uchida, birinchi tana bo’g’ini ostida joylashgan. Og’iz qisqa xalqum orqali qizilo’ng’achga tutashgan. Qizilo’ng’achning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Qon aylanish sistemasichuvalchanglarda paydo bo’lgan.
Yomg’ir chuvalchangining ayrish sistemasi.
1 . Ayirish naychalari.
2. Naychalarning tana bo’shlig’ida ochiladigan uchi
3. Naychalarning teri sirtida ochiladigan uchi
Yomg’ir chuvalchanglarining ayirish sistemasi tana bo’g’inida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat. Naychalarning bir uchi tepa bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi esa voronkaga o’xshab kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib yuboriladi.
Har xil halqali chuvalchanglar.
Halqali chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega.
1. Nereidaning boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan, tanasi ko’p miqdorda uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi muskullari o’simtalarda to’p-to’p bo’lib joylashgan. Bular ko’p tuklilar sinfiga kiritiladi.
2. Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar suvni har xil iflosliklardan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi.
XULOSA
Bugungi kunda mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki, umuminsoniy madaniyatni tahlil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasikun tartibiga qo’yildi Shu sababli darslarda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuga doir yangi ma’lumotlar berish, ma’lumotlar yig’ish ham o’quvchilarning bilim salohiyatining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi bilimlar dars samaradorligining ko’tarilishiga olib keladi. Ushbu malaka ishida ham yomg’ir chuvalchangiga oid ko’pgina qo’shimcha ma’lumotlar berilgan.
XULOSA
Bugungi kunda mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki, umuminsoniy madaniyatni tahlil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasikun tartibiga qo’yildi Shu sababli darslarda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuga doir yangi ma’lumotlar berish, ma’lumotlar yig’ish ham o’quvchilarning bilim salohiyatining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi bilimlar dars samaradorligining ko’tarilishiga olib keladi. Ushbu malaka ishida ham yomg’ir chuvalchangiga oid ko’pgina qo’shimcha ma’lumotlar berilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2012. Ochil Mavlonov.
2. Biologiya. Oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma. M.Abdulxayeva, N.S.Yusupova, D.S.Abdulxayeva. KBK 28.729
3. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti “Ta’lim taraqqiyoti” jurnali 1999 yil 3-maxsus son.
4. U.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Toshkent-2006 yil.
5. O.Mavlonov, S.Najimova, M.Nishonboyeva. Zoologiya o’qitish metodlari va texnologiyalari. Toshkent-2005 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |