SHoffar zonasi- yukori o’ng burchak, ikkita o’zaro perpendikulyar chiziklar o’rtasida xosil bo’ladi, kindik orqali o’tadi, bissektrislarni teng ikkiga bo’ladi. Bu yerda oshqozon osti bezi tanasi joylashadi.
Dejardena nuktasi – o’ng yuqori kvadrant bissetrisida joylashgan. Bu og’riq nuqtasi oshqozon osti bezi boshchasi shikastlanishida kuzatiladi.
Meyo-Robson nuktasi – chap yuqori kvadrant bissektrisda joylashgan, qovurg’alar yoyi 1/3 kismiga yetmaydi. Bu og’riq nuqtasi oshqozon osti bezi dumchasi zararlanganda kuzatiladi.
Bolalarda o’t pufagi sezilmaydi, lekin kup sonli simptomlar mavjud, to’g’ridan-to’g’ri o’t pufagi va o’t yullarini zararlanishini bildiradi.
Merfi simptomi. Tekshiruvchi kul barmoklarini kovurgalar yoyi pastki kirrasiga kuyadi, ut pufagi proektsiyasi soxasiga (ung korin tugri mushagini kovurgalar yoyi bilan kesishgan joyi). Nafas olganda bemor kuchli va birdan yuzaga chikuvchi ogrikni sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |