Anoreksiya (anorexis) –xoxishsiz ovkatlanish yoki ovkat yeyishdan bosh tortish, ishtaxa pasayishi (hyporexis). Anoreksiyani sitofobiya bilan almashtirmaslik kerak, ovqat yeyishdan qo’rqish, chunki og’riq tug’dirishi mumkin yoki diskomfort sezgisini ovkatlangandan sung paydo bulishiga aytiladi. Sitofobiya oshkozon yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-onaning boladan shikoyati ishtaning yomonligi xar doim kritik munosabatni talab qiladi. Agar bola yaxshi rivojlansa, normal oziklangan, jismonan va ruxiy faol, zurikishni yaxshi utkazsa, soglom unda ishtaxa pastligi organik buzilishlar bilan bog’liq, ayniksa, psixogen ta’sirlanish, ota-ona va bola o’rtasidagi kelishmovchiliklar bilan boglik. Anoreksiya kupgina kasalliklarda rivojlanadi va o’z-o’zidan katta diagnostik baxoga ega emas. Lekin ishtaxani uzok muddat buzilishi, anoreksiyani boshka simptomlar bilan takkoslashda katta diagnostik axamiyatga ega. CHaqoloqlarda anoreksiya markaziy nerv tizimining perinatal shikastlanishida, aminoatsiduriya, umumiy kasalliklardagi intoksikatsiya (pnevmoniya, sepsis, otit, pielonefrit va boshkalar)da, kuchsiz va chala tugilgan bolalarda, ogiz bushligi tugma defektida kuzatiladi. Bola xayotining birinchi yilida ishtaxa pasayishi (kukrakdan bosh tortish), utkir kasalliklar boshlanishi (pnevmoniya, ichak infektsiyasi va boshkalar), ichak disbakteriozi, temir yetishmovchilik anemiyasi, gipovitaminoz D, nerv-artritik diatez, otit va boshkalarda kuzatiladi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ishtaxa pastligi bir xil ovkatlanishda va gipovitaminozlarda, o’tkir va surunkali infektsiyalarda, ogir anemiyalarda, endokrin disfunktsiyalarda, intoksikatsiya, nerv-artrit diatezda, harakat yetishmovchiligida va boshkalarda kuzatiladi. Anoreksiyaning nevrotik shakli zurlab emizilganda yuzaga keladi. O’tkazilgan kasalliklardan keyin, bola tana vaznini tiklash uchun uni zuriktirib emizishga harakat shartli manfiy reflekslarni yanada kuchaytiradi. Bolani ishtaxasi bolalar bogchasi yoki maktabga katnashdan oldin xayajonlanish, ovkatdan oldin shirinliklar iste’mol kilish yoki kup mikdorda sut ichish, shuningdek, bola uynayotganda emizish natijasida pasayishi mumkin.
Fruktozani qabul qila olmaslikda ishtaxani o’zgarishi tanlov (saylash) bilan xarakterlanadi (bolalar mevalar, shirinliklar, iste’mol qilishlari chegaralanadi).
Yukori ishtaxa (hyperorexis), polifagiya (polys- kup, phagein- kup yeyish) yoki «buri ishtaxa»-bulimiya (bus- tana, (xukiz) limos-och kolish (bola xaddan tashkari tana vazniga kup kushsa, ota-onalar shifokorga murojaat etishga majbur buladilar, ba’zi ota-onalar doimo bolasini ishtaxasi yukoriligidan xursand buladilar, bu xolatni soglomlikni yuzaga chikishi deb baxolaydi, bundan tashkari oilada hamma kup ovkat yeyishi va semizlikni hisobga olish zarur. Bolalarda ishtaxaning yukori bulishi kandli diabetda, surunkali pankreatit, tireotoksikozda kuzatiladi. Bulimiya massiv kortikosteroidli terapiya natijasida xam buladi. Miya uzagi yalliglanishi, entsefalit koldiklari bulimiyaga olib kelishi mumkin, u akliy zaiflik va ba’zida kandsiz diabet bilan boglangan. Gijjalar, asosan tasmali gijjalar bilan zararlanish xam ishtaxani yukori bulishi bilan xarakterlanadi. Bulimiya rivojlanishi oila ichidagi munosabatlar buzilishiga- ona va bola urtasida majoraga olib keladi, bola uzini tashlangandek xis kiladi, kachonki bola uni erkalashlaridan kura ovkatlanishdan ijobiy emotsiya oladi.
Ishtaxadan yukori (paraorexis)-eyilmaydigan maxsulotlarga patologik itoat kilish, bular yer, shtukaturka, kogoz, kumir va boshkalar. Debil (akliy zaiflik), tashlangan bola va nevropatiyada bu xolatlar kuzatiladi. Ta’mni buzilishi temir yetishmovchilik xolatlarda,bir xilda sut-un maxsulotlarini iste’mol kilganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |