Kusish (vomitus)-oshkozondagi ovkatni ogiz orkali reflektor chikarish akti. Kusish akti uzunchok miyada joylashgan ikkita xar-xil funktsional markazlar bilan boshkariladi: kusish markazi va xemoretseptor trigger zona bilan boglangan. Xemoretseptorlar kusish aktinii uz-uzidan chakiraolmaydi, lekin uning efferent impulьslarga aktivatsiyasi uzunchok miya kusish markazida joylashgan, u bilan birga kusish aktinii chakiradi. Bu ikki markazlar bir-biriga yakin joylashgan vegetativ, vazomotor funktsiyani boshkaruvchi miya uzagi markazlariga yakin joylashgan. Kusish markazi afferent signalni ichak va boshka organlardan oladi, yukorida kursatilgan kortikal markazlardan asosan, ichki kulok apparati va trigger zonasidan oladi. Kusishda diafragmal nerv (diafragmaga), orka miya nervlari (korin devori muskullariga) va vistseral efferent nervlar (oshkozon va kizilungachga asosiy efferent utkazuvchi yul bulib xizmat kiladi. Kusish fiziologik aktning oxirgi boskichi,simpatik va vegetativ nerv tizimi, tomok, oshkozon-ichak trakti va kukrak kafasi, skelet muskullari, korin bushligini uz ichiga oladi.Kusish harakati boshlanishi xolsizlik, okarish, ter ajralishi, bradikardiya va arterial kon bosimini tushishi bilan keladi. Bemor chukur nafas oladi, xalkum usti tushadi va xalkum kutariladi, nafas yullariga kuski moddalari tushishidan saklaydi. Kusish aktida muxim rolni diafragma va korin old devori mushaklari kiskarishi oshkozon boshlanish kismi yopilganda oshkozon muskulinig antiperistalьtik kiskarishi yuzaga keladi. Barcha organlar kasalliklari asosan bosh miya asosan bosh miya kasalliklari kusish bilan kechadi.Kelib chikish mexanizmiga karab, kusishni bir kancha turlarga ajraladi.
Markaziy (miya, nerv) kusish. Nerv tizimi kasalliklari (bosh miya shishi, yalliglanish, gipoksemiya, jaroxat, utkir gidrotsefaliya, usmalar va boshkalar) kalla ichi bosimini oshiradi, kusishga sabab buladi. Ichki kulok apparati shikastlanishi va uning markaziy boglikliklarixam kungil aynish va kusish bilan kechadi. Miyaga boglik kusish ovkat yeyish Bilan boglik bulmaydi, kungil aynish kuzatilmaydi, bu turdagi kusish bemor xolatini yengillashtirmaydi, kusik moddalari xidsiz, xira buladi. Klinik kartinasida bosh ogrish, kurishni buzilishi va xushsizlik ustunlik kiladi, oshkozon-ichak trakti kasalliklari kuzatilmaydi.
Gematotoksik kusish- jigar va buyrak yetishmovchiligida, moddalar almashinuvi kasalliklarida (galaktozemiya, atsetonemik kusish, diabetikprekoma va boshkalar), digitalisli intoksikatsiya, gipervitaminoz D, utkir zaxarlanish va boshkalarda kuzatiladi.
Vistseral yoki chin reflektor kusish – bu kizilungach, oshkozon, ichakli kusishdir. Kizilungachli kusishni (chin kusish va kayd kilishdan farki) ovkat va suyukliklarni oshkozonga yetib bormasdan chikarib tashlash, bu tugma kizilungach atreziyasi, tugma yoki orttirilgan kizilungach stenozlari, uning divertikuli, axalaziyasida kuzatiladi. Kusish ovkatdan keyin darov yuz beradi, bunda kusish moddalari nordon, xidsiz (oshkozon shirasi bilan boglikligi bulmaydi), xajmsiz, xazm bulmagan ovkatdan tuzilgan buladi.
Oshkozondan kusish – kuprok oshkozon kasalliklarida yuzaga keladi. Utkir va surunkali gastritlar, gastroduodenitlar, yara kasalligi, ichak infektsiyalari va ovkatdan toksikoinfektsiyalarda kusish kungil aynish bilan boglangan, bu uni kusish markazini kuzgalishi bilan boglik kusishdan farklaydi. U ovkat bilan boglangan, bolaga vaktinchalik yengillik olib keladi. Oshkozondan keladigan kusuk moddasiga nordon xid xarakterlidir. Kusuk moddasida xazm bulmagan ovkat koldigi, shillik, kon (kofe kuykasi rangi) aniklanadi. Yengillik olib kelmaydigan kusish, gepatobiliar tizim va oshkozon osti bezi kasalliklariga xarakterlidir. Kup kusganda kusuk moddalarda ut aniklanadi, uni chakiruvchi sababiga boglik emas. Uni yuzaga kelishiga duodenalgastrol reflyuks sabab buladi. Un ikki barmokli ichakda tugma mexanik tusiklik (ichak yorugi ichki stenozi, un ikki barmok ichak atreziyasi, anulyar oshkozon osti bezi va boshkalar), pilorostenozdan farki, tugilgandan keyin 4-5 kunda ut aralash kusishni vujudga keltiradi. Kusish akti, u kup va kuchli bulsa, yukori bosim ostida, kizilungachni yorilishiga olib keladi. (Burxov sindromi) yoki oshkozon kardial kismi shillik kavatini chizikli yorilishiga olib keladi, bu oshkozondan kon ketishini chakiradi (Mallori-Veyssa sindromi). Bu pilorostenozning tipik belgisi, detal tekshirishga kursatma (oshkozon UTT, rentgenoskopiya kontrast moddasi bilan utkaziladi). Oshkozon boshlanish joyi stenozida kusik moddalari xajmi tushgan ovkatdan kup, chirigan xidli, ut bulmaydi. Megaduodenumda aksincha, kuski moddasida ut buladi. Pilorospazmda kup kusadi, xazm bulmagan ovkat mikdori unchalik kup emas. Bola xayotining birinchi yilida kusish turlari kayd kilish, korin tarangligisiz, zurikishsiz yuzaga keladi. Oshkozondan kayd kilish bola xolatiga, emizishdan keyingi vaktiga va kaydning kuchiga, bolani kayfiyatiga, ovkat xazm bulishi xajmi, darajasiga boglik emas. Aynan bu reaktsiya kayd kilish va kusish urtasidagi differentsial tashxis fark bulib xizmat kiladi, bu bezovtalik, tilni surish, yuzini kizgish yoki okimtirligi bilan almashinishiga boglik.Kayd kilish ichak infektsiyalari boshlanish belgisi bulishi mumkin, kayd kilish kuprok soglom bolalarda kuzatiladi. Kayd kilishbolani sun’iy ovkatlantirilgandan keyin tebratish, birdaniga va noratsional kimirlatish, epigastral soxasiga bosim berish natijasida bulishi mumkin.
Maydalab (detal) tekshirish «kalta» kizilungach, kardiya axalaziyasi tashxislashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |