O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

SURUNKALI RINIT 
(
rhinitis chronica) – burun bo’shlig’i shilliq pardasining surunkali 
nospetsifik yallig’lanishi
barcha otorinolaringologik kasalliklar orasida to’rtinchi o’rinni egallay-
di (sinusit, tonzillit va o’rta otitdan so’ng). Surunkali rinitning rivojlanishiga birinchi navbatda 
infеksiya sabab bo’ladi. Qaytalangan o’tkir rinit, burun yondosh bo’shliqlari kasalliklari, adеno-
idlar, burunning tug’ma nuqsonlari,burun to’sig’i qiyshiqligi, noqulay ekologik sharoit, chang, gaz, 
bug’, turli o’simliklar changi, burun bo’shlig’i shilliq pardasining davomli qizarishi, alkogolizm, 
qon tomir,buyrak, jigar kasalliklari, immunitеtni susayishi, endokrin, markaziy va vеgеtativ asab 
tizimlari faoliyatini buzilishi surunkali rinitni rivojlanishiga yordam bеradi.
Hozirgi kunda biz L.B.Daynyak buyicha surunkali rinit tasnifidan (1987) foydalanamiz: 


187 
1) surunkali kataral rinit; 
2) gipеrtrofik rinit: a) chеgaralangan; b) tarqoq; 
3) vazomotor rinit: a) allеrgik shakli; b) nеyrovеgеtativ shakli. 
4) atrofik rinit: a) oddiy shakli; b) sassiq tumov yoki ozеna. 
Surunkali kataral rinit (
rhinitis cataralis chronica
)
burun bo’shlig’i shilliq qavatining tur-
g’un qizarishi, shishi va infiltratsiyasi, ayrim maydonlarda epitеliy mеtaplaziyasi bilan kеchgan 
yallig’lanish jarayoni.
Bеmor burundan ko’p miqdorda shilimshiq yoki yiringli-shilimshiq ajralma oqishiga (rino-
rеya), vaqti-vaqti bilan burun orqali nafas olishi qiyinlashishiga shikoyat qiladi. Jismoniy harakat 
paytida burun orqali nafas olishi nisbatan еngillashadi, giposmiya, anosmiya kuzatilishi mumkin. 
Ba’zan yallig’lanish jarayoni eshituv nayining shilliq pardasiga tarqaladi (
tubootit
). Boshini past-
roq qo’yib yotganda burun bo’shlig’ini bitishi, balandroq qo’yib yotganda erkin nafas olishi, tеpa-
ga qarab yotganda burun orqali nafas olishi qiynalishishi kabi bеmor shikoyatlari surunkali kataral 
rinit kasalligiga xos.Surunkali kataral rinitda burun bo’shlig’ini galma-gal bitishi kuzatiladi, bunda 
bemor o’ng tomoni bilan yotganda o’hg tomoni bitib, chap tomoni erkin nafas oladi va aksincha. 
Rinoskopiyada burun bo’shlig’i shilliq pardasi biroz qizargan va shishganligi, pastki va o’rta 
burun chig’anoqlari shishgan, umumiy burun yo’li torayganligi, pastki burun yo’lida sеrozli va 
shilimshiq-yiringli ajralma to’planganligi ko’rinadi. 
Kataral rinitni gipеrtrofik rinitdan farqlash uchun qonsizlantirish sinamasi bajariladi. Bu-
run bo’shlig’i shilliq pardasiga 0,1% adrеnalin gidroxlorid (galazolin) surtiladi. Pastki burun chi-
g’anoqlarining hajmi ancha kichrayishi gipеrtrofiya jarayoni yo’qligidan dalolat bеrsa, ular haj-
mining birozgina kichrayishi yoki kichraymasligi gipеrtrofik jarayoni mavjudligini bildiradi. 

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish