42
Kataning asosiy ta’sir etuvchi moddalari: katin va katinon.
Ulardan tashkari katada yog kislotalari,
efir moylari, alkaloidlar saklaydi.
Ta’sir etuvchi komponentlar mikdori 0,5 dan 2% gacha.
Kesilgandan sung, fermentlar ta’sirida, bir necha soat davomida katin va katinon tez
parchalanadi.
Efedra o‘ti asosiy ta’sir etuvchi moddasi efedrin
Xitoyda yovvoyi xolda usadigan efedra 5000 yil davomida bezgakda, yo‘talda, ish
faoliyatini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Efedrin
Efedrin va uni stereo izomeri psevdoefedrin efedra yoki qizilcha o‘simligida uchraydi
(chapga buruvchi), hamda sintez qilib ham olinadi (o‘ngga buruvchi).
Efedrin asos xolida etil spirtida,efirda va xloroformda, efedrin
xlorid tuzi esa suvda va
spirtda yaxshi eriydi. Efedrin adrenalinga o‘xshash ta’sirga ega. U bronxial astma va ko‘z
kasalliklarida ishlatiladi. Efidrin arterial qon bosimini ko‘taradi, tomirlarni toraytiradi, bronx va
ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘otadi.
Tibbiyotda efedrin xlorid tuzi xolida,
tabletka, eritma, tomchi dori ko‘rinishida
qo‘llaniladi. Teofedrin tabletkasi tarkibiga kiradi. Efedrin organizmga tez so‘rilib, organlarda
yig‘iladi, 80% bir sutka ichida o‘zgarmagan xolda peshob orqali ajraladi.
Efedrin, asosiy ta’siridan tashqari organizmda asab sistemalarini bo‘shashtiruvchi ta’sir
berib alaxsirash va qisman kayf berish xususiyatlarini namoyon qiladi. Efedrin va uning
CH
HO
CH
CH
3
NH CH
3
43
oksidlanish maxsuloti - efedron organizmdan peshob orqali ajralib chiqariladi,
shuning uchun
toksikologik kimyoda asosiy tekshiruv ashyosi sifatida peshob olinadi.
Efedrin va efedron peshobdan 10% karbonat kaliy bilan rN=10 gacha ishqoriy muhitga
keltirib, xloroform bilan ekstraksiyalab ajratiladi.
Sifat reaksiyasi.
1. Dragendorf reaktivi bilan efedrin to‘q qizil rangli ninasimon kristallar hosil qiladi.
2.
Mis tuzi va oltingugurt uglerodi ishtirokidagi reaksiya:
Mikroprobirkaga tekshiriluvchi
eritmadan 1-2 tomchi solib sirka kislotasi eritmasi bilan nordonlashtiriladi, so‘ng 5% mis sulfat
eritmasi qo‘shib ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha NH
4
OH qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga
2 tomchi oltingugurt uglerodi va benzolni 1:3 nisbatda tayyorlangan aralashmasidan qo‘shib
chayqatiladi, efedrin bo‘lgan taqdirda benzol qatlami sariq yoki qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi.
3.
Reyneke tuzi eritmasi bilan reaksiya:
Buyum oynachasida 1-2 tomchi eritmadan qolgan
qoldiq ustiga Reyneke tuzining yangi tayyorlangan 1% eritmasi tomizilib, 5-10 daqiqa o‘tgach
mikroskop ostida tekshirilsa to‘rt - qirrali qizg‘ish pushti rangli kristallar to‘plami hosil bo‘ladi.
4. YUQX usulda aniqlanadi. Sistema: xloroform-atseton (48:2), aniqlovchi reaktiv -
ningidrinning atsetondagi
eritmasi, Rf efedrin =0,28; Rf efedron =0,71.
5. UB spektri bo‘yicha kislotali eritmasi
max -251 nm, 257nm (ε =12) 263 nm
6. IK- spektrida quyidagi yutilish chiziqlari 994, 699, 754, 1242, 670 sm -1 namoyon
bo‘ladi.
7. Mass spektri bo‘yicha 58, 146, 56, 105, 77, 42 106,40 m/z cho‘qqilar hosil bo‘ladi.
Miqdori.
1. UB spektri bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: