2. YUqori molekulali moddalar eritmasi.
3. Kolloid eritma.
4. Suspenziyalar.
5. Emulsiyalar.
6. Aralash turdagi eritmalar bo‘lishi mumkin.
Suvli eritmalar saqlanish jarayonida gidrolizga uchrashi, oksidlanishi, mikroorganizmlar bilan zararlanishi mumkin. SHu sababli ularni korxona sharoitida ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilmagan. Faqat uzoq muddat saqlashga loyiq preparatlargina korxona sharoitida tayyorlanadi. Farmakopeya maqolalarida ularning mikroorganizmlar bilan zararlanish normasi belgilab qo‘yilgan (1 ml eritmada):
— mikroorganizmlar soni 1000 tagacha;
— zamburug‘lar soni 100 tagacha;
— patogen mikroorganizmlar saqlamasligi kerak.
Spirtli eritmalar nomenklaturasi anchagina, yod, kamfora, mentol, brilliant yashili, metilen ko‘ki; chumoli, salitsil, bor kislotasi spirtli eritmalari; novshadil-arpabodiyon tomchisi va x.k.
Toza etil spirti oson chayqaladigan, tiniq, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega bo‘lgan, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti ko‘pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. YA’ni organik kislotalar, efir moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi. Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi aralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |