O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 4,92 Mb.
bet176/483
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#247082
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   483
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)

Issiqlik o‘tkazish – issiqlik manbai devor qalinligi bilan bog‘liq bo‘lib, molekulalarning tebranma xarakatini tarqalishi orqali yuzaga keladi.

bu erda:



Q - issiqlik o‘tkazish;

l - issiqlik o‘tkazish koeffitsienti;

u - devor qalinligi, mm;

t1 - issiqlik manbai harorati, 0S;

t2 - issiqlikni qabul qiluvchi manba;

T - issiqlik tarqatadigan manba yuzasi, m2;

F - vaqt, s.



Issiqlik o‘tkazish jarayonida asosiy hal qiluvchi omil haroratlar farqi (t1-t2=I) bo‘lib hisoblanadi.

Konveksiya — aralashish deb mikroskopik hajmdagi gaz yoki suyuqlikning xarakati natijasida issiqlikning utishiga va aralashishiga aytiladi hamda Nyuton tenglamasi bilan ifodalanadi:

Q = b (tsuyuq-tdevor) F T
bu erda:

b - issiklik berish koeffitsnenti;

tsuyuq - suyuqlik xarorati, °S;



tdevor - devor satxi xarorati, °S;

F - issiqlik tarqatuvchi sath, m2;

T - vaqt, s.

Demak, konveksiya usulida issiqlik uzatish issiqlik-berish koeffitsienti, xaroratlar farqi, issiq manba sathi va vaqtga to‘g‘ri mutanosib.



Nur sochish — Stefan—Bolsman qonuniga binoan, absolyut qora jismning nur sochish qobiliyati bilan ifo­dalanadi:

bu erda:



S0 - absolyut qora jismning nur sochishi, 5,68 Dj/m2;

T - absolyut xarorat, °K nur tarqatuvchi jism absolyut harorati;

F - nur sochuvchi satx, m.

Demak, nur sochish usulida issiqlik uzatish absolyut qora jismning nur sochishi va nur sochuvchi jism sathi va absolyut xaroratning to‘rtinchi darajasiga to‘g‘ri mutanosib ekan.

Amalda murakkab issiq almashtirgichlar xam ishlatiladi. Ishlab chiqarishda shu usullarga binoan ishlaydigan isitish va sovutish jarayonlari amalga oshiriladi.

Bug‘latish. Qizdirish natijasida ajratuvchining bir qismi bug‘latilib, eritma konsentratsiyasining oshiriliga bug‘latish deyiladi. Bunda bug‘latilgan eritma oquvchanlik xossasini saqlab kolishi kerak. Bug‘latish mu’tadil, past (vakuum) va yuqori atmosfera bosimlarida oolib borilishi mumkin. Ishlab chiqarishda ko‘pincha vakuum ostida ishlaydigan bir va ko‘p tanali (korpusli) qurilmalar ishlatiladi.



Bir tanali vakuum bug‘latkichlar. Uning asosiy qismlari bug‘latkich, sovutkich, to‘plagich va havo surgichlardan tashkil topgan. Havo so‘rgichga tomchi o‘tib ketmasligi uchun ular orasiga tomchi ushlagich (resiver) o‘rnatiladi.

Bug‘latgichning yuqori qismida bug‘latish jarayonini, havo so‘rilish darajasini va xaroratini nazorat qiladigan moslamalar o‘rnatiladi.

Ko‘p tanali (uch korpusli) vakuum qurilmada issiqlik ancha tejaladi. CHunkn korxona bug‘xonasidan faqat birinchi tananing ikki qavatli devori orasiga yuqori haroratli bug‘ yuboriladi va ajratmadan hosil bo‘lgan «ikkilamchi bug‘» ikkinchi kozonni qizdirishga sarflanadp va h. k. Bunday qurilmalar to‘g‘ri yoki qarama-qarshi oqim bo‘yicha ishlashi mumkin. Keyingi holda bir tomondan issiqlik, ikkinchi tomondan esa bug‘latiladigan suyuqlik kelib turadi. Bug‘latgichlar uzluksiz ravishda ishlaydi, ish unumi unchalik yuqori emas va bug‘latish jarayonida har xil khngilsiz xodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xodisalarning oldini olish uchun extiyot choralarini ko‘rish lozim. Aks holda bug‘latish jarayoni sekinlashadi, energiya ko‘p sarflanadi, buglatilayotgan modda sifati buziladi. Quyka (inkrustatsiya), ko‘pik hosil bo‘lishi, tomchi chiqib ketishi, gid­ravlik va gidrostatik xamda harorat depressiyalari nomaqbul xodisalar jumlasiga kiradi.

Quyqa hosil bo‘lishi issiklik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi va natijada issiklik ko‘p sarflanadi, bunda bug‘latilayotgan suyuqlik harorati ortadi. Bu hodisaning oldini olish uchun bug‘latish jarayonida aralashtirish, havosizlik darajasi, xarorat va suyuklik qatlam qalinligi ma’lum darajada bo‘lishini ta’minlash kerak buladi.

Ko‘pik hosil bo‘lishi bug‘latish jarayonini sekinlatadi, suyuklik ko‘pik bilan kondensatorga o‘tib ketishi mumkin. Ko‘pik xosil bo‘lishini yuqotish uchun bug‘latgich va sovutgich oralig‘iga ushlagich o‘rnatish, bir me’yorda qaynashni ta’minlash, ko‘piklanishni pasaytiruvchi (uchiruvchi) SFM moddalar qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug‘latgichda bug‘ muhitini kengaytirish lozim.

Gidravlik depressiya issiqlikni atrof muhitga tarqalib yuqolishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu hodisani kamaytirish maqsadida bug‘latgich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va uni issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o‘rash lozim.

Gidrsstatik depressiya — bug‘latilayotgan eritma pastki qatlamlarining orttiqcha isib ketishiga sabab bo‘ladi.



Bug‘latilayotgan eritma qatlam qalinligi kamaytirilishi lozim. Xarorat depressiyasi deb bug‘latilayotgan eritma xarorati bilan toza erituvchi o‘rtasidagi harorat farqiga aytiladi. Suyuqlik bug‘lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat pasayib, jarayon sekinlashadi. Bu hodisani yuqotish uchun qozon devorlariga yuborilayotgan bug‘ harorati yoki kozondagi havoning surilish darajasi oshirilishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan asboblar bayon qilingan nomaqbul hodisasiz ishlamaydi. Keyingi vaqtda sanoat sharoitida uzluksiz ishlaydigan, ishlab chiqarish unumdorligi yuqory bo‘lgan asbob-uskunalar ishlatila boshlandi. Rotorli va ko‘pik hosil qilib bug‘latadigan bug‘latgichlar shu jumlaga kiradi.

Rotorli bug‘latgich uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim suv bug‘i yordamida alohida-alohida isitiladi. Bug‘latgichning markaziy o‘qiga rotor o‘rnatilgan bo‘lib, unga kurakchalar mustahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi aylanma harakati natijasida kurakchalar suyuqlikni qizib turgan devorga sachratib, yupqa qatlam hosil qiladi. Yupqa qatlamda ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga tomon harakatlanadi va yig‘ib olinadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 450 l/soat.

Ko‘pik bug‘latgich — bu qurilma ajratma saqlanadigan idish, ajratgich (separator), issiqlik almashtirgichlar (teploobmenniki), suzgich va havo yuboriladigan qismlardan iborat. Ajratma naycha orqali issiqlik almashtirgichning yuqori qismiga havo tarqatgich to‘r ustiga yuboriladi. Pastki qismidan tozalangan xavo bosim bilan berilib, u suyuqlikni ko‘pirtiradi. Ko‘pik issiqlik almashtirgich (radiator) yuzasiga yopishib, yupqa parda hosil qiladi. Natijada bug‘lanish jarayoni kechadi. Qisman bug‘latilgan ajratma yig‘gich (to‘plagich) idishga tushadi va jarayon takrorlanadi. Bug‘ bi­lan birga mayda ajratma zarrachalari yuqoriga o‘tib ketishi mumkin. Ular separator yordamida tutib qolinib, ajratma saqlovchi idishga qaytariladi. Ajratma 40— 80°S haroratda bug‘latiladi. Bu qurilmani yaratgan P. N. Makarenko va boshqalar Xarkov shahridagi «Zdorove» ishlab chiqarish birlashmasida zubturum suvli ajratmasini bug‘latish uchun ishlatishgan, keyinchalik bu usul Toshkentdagi «Uzximfarm» birlashmasida ham joriy qilindi. Bunda ajratma vakuumsiz 100°S dan past xaroratda bug‘lanadi.


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   483




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish