Quritish jarayonlari
Suyuq va qattiq jismlar tarkibidagi namlikni yo‘qotish quritish deb ataladi.
Quritish nazariyasi. Farmatsiya sanoatida xar xil fizik-kimyoviy xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni quritishga to‘g‘ri keladi. Quritish murakkab diffuzion jarayon bo‘lib, namlik quritilayotgan moddaning ichqi qismlaridan tashqariga chiqadi. Namlikni yo‘qotish tezligi tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Nam va issiq nam havo absolyut va nisbiy namlikka hamda undagi issiqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
1 m3 havo tarkibidagi bug‘ning kg miqdori absolyut namlik deb ataladi.
Nisbiy namlik yoki havoning to‘yinganligi deb 1 m3 havodagi suv bug‘ining shu sharoitdagi 1 m3 hajmdagi eng katta (maksimal) miqdor suv bug‘i massasi nisbatiga aytiladi.
Nam saqlovchi havo deb, suv bug‘ining kg miqdorining 1 kg absolyut quruq havoga to‘g‘ri kelishiga aytiladi. Quritish jarayonini namlik har ikki tomonda tenglashguncha davom etadi.
Namlikning moddalar bilan bog‘lanish turlari. Moddalar bilan namlik bir necha turda bog‘langan bo‘lib, shunga binoan quritish jarayonida namlikni yo‘qotish har xil kechadi. Akademik P.A.Rebinder ta’limoti bo‘yicha bu bog‘lanish kimyoviy, mexanik va fizik-kimyoviy bo‘ladi.
Kimyoviy bog‘lanish – bunda suv molekulalari modda bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, quritish jarayonida uchib ketmaydi. Namlikni uchirish yuqori haroratda yoki kimyoviy reaksiya natijasidagina sodir bo‘ladi.
Mexanik bog‘lanish – namlik moddalarning mikro va makro kapilyarlarida ushlanib turganligi sababli tez ajraladi. Bunday namlik “erkin” namlik deyilib, uni mexanik usul bilan ham yo‘qotish mumkin.
Fizik-kimyoviy bog‘lanish – adsorbsiyalangan va osmotik bosim shaklida bo‘ladi. Adsorbsiyalangan bog‘lanishda namlik modda g‘ovaklarida va yuzasda bo‘ladi. Uni yo‘qotish katta kuch talab qiladi. Osmotik bog‘lanishda esa namlik xujayra to‘qimasida bo‘lib, osmotik ukch yordamida ushlanib turadi.
Nam material tuzilishi bo‘yicha kapillyar g‘ovak kolloid jism bo‘lib, bog‘langan dispers fazaning tuzilishli sinfga mansub. Bu erda dispers fazaning zarrachalari u yoki bu darajada mustahkam qobirg‘a (karkas) hosil qilgan bo‘ladi va luar fizik-kolloid xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi:
1. Haqiqiy kolloid jismlar – bunday jismlar namlik yo‘qotishi natijasida katta kichikligi sezilarli darajada o‘zgaradi, lekin qayishqoqlik xususiyatlari yo‘qolmaydi. (agar-agar, jelatin, kraxmal)
2. Kapillyar g‘ovak jismlar – namlik yo‘qotish bilan mo‘rt bo‘lib, oson eziladi va tolqonga aylanadi (strptotsid, streptomitsin, vitamin S).
3. Kapillyar g‘ovak kolloid jimsmlar – oldingi ikki guruh jismlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Kapillyar devorlari qayishqoq va suv shimganda bo‘kish qobiliyatiga ega (penitsillin, terpingidrat, qand upasi, natriy PAS, metilsellyuloza).
Do'stlaringiz bilan baham: |