4-laboratoriya ishi.
Adonizid.
Adonisidum.
Vazifa.
10,0 g xom ashyodan adonizid tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
Tayyor mahsulotnnig sifatini tekshiring.
Tarkibi.
Maydalangan baxorgi adonis
o’simligining er ustki qismi - 10,0 g.
96% li etil spirti
Xloroform, alyuminiy oksid,
Tozalangan suv va xlorbutanol 0,5% - etarli miqdorda.
Kerakli asbob-uskuna va yordamchi materiallar.
Baxorgi adonis o’simligini er ustki qismi.
Filtr qog’ozi.
Sokslet asbobi.
Xloraform va etil spirti (96% li).
Suv hammomi va bug’latgich.
Vakuum bug’latgich.
Alyuminiy oksid va xlorbutanol.
Ishni bajarish tartibi.
3-5 mm kattalikda maydalangan 10 g xom ashyo, filtr qog’ozdan yasalgan naycha (patron) ga solinadi va uchi ip bilan bog’lanib berkitiladi. Uning diametri ajratma olinadigan idish diametridan 1-2 sm kichik bo’lishi kerak.
Naychadagi xom ashyo asbobning ajratma oladigan idishiga joylashtiriladi va bukik naychannig (sifon trubkasi) yuqori satxidan pastrog’igacha universal ajratuvchi (95 qism xloraform va 5 qism 96% li etil spirti) quyib 24 soatga qoldiriladi. Qurilmaning bug’latgichiga 50-100 ml ajratuvchi quyib suv hammomida qizdiriladi. Ajratuvchining bug’i sovutgichga o’tib, suyuqlikka aylanib, ajratma olinadigan idishga tushadi. Suyuqlik xajmi bukik naychannig yuqorigi satxigacha etgach ajratma shu naycha orqali bug’latgichga o’tadi. Bunda ajratuvchi ajratma oladigan idishdan bug’latgichga, undan sovutgichga va yana ajratma oladigan idish bo’ylab aylanaveradi. Bu jarayon xom ashyoda ta'sir etuvchi modda qolmaguncha davom ettiriladi. Spirt-xloraformli ajratma Sokslet asbobining o’zida xom ashyo massasiga teng xajmgacha bug’latiladi. Bunda bug’latgichdagi ajratma qizdirilganda, ajratuvchi bug’lari sovutgich orqali oldindan xom ashyodan tozalangan ajratma oladigan idishga yig’iladi. Ekstrakt shisha idishga o’tkazilib, teng miqdordagi suv bilan suyultiriladi va vakuum bug’latgich asbobida qolgan spirt va xloraform to’la uchiriladi. Olingan glikozidlarning suvli eritmasi tindiriladi va begona moddalardan filtr qog’ozi orqali suzilib tozalanadi. Pigmentlar, organik kislota va boshqa begona moddalardan tozalash uchun ajratma, filtr qog’ozi ustiga 1-1,5 sm qalinlikda solingan alyuminiy oksid orqali suziladi. Eritmadagi glikozidlarning biologik usulda aniqlangan ta'sir kuchiga qarab, Tayyor mahsulot miqdori ml da xisoblanadi. Konservant sifatida 20 yoki 96% li etil spirti va 0,5% xlorobutanol qo’shiladi, zarur bo’lsa suv bilan kerakli xajmga etkaziladi.
Olingan xom ashyodan xosil bo’ladigan Tayyor mahsulot miqdorining nazariy xisobi:
ml
bu erda,
X - farmakopeya talabiga javob beradigan preparat miqdori, ml
60 - bir gramm xom ashyodagi BTB ning miqdori;
25 - bir ml farmakopeya talabiga javob beradigan preparatdagi BTB ning miqdori;
10 - olingan xom ashyo miqdori, g.
Turg’unlashtirish uchun qo’shiladigan spirtning ml miqdori quyidagi tenglama bo’yicha xisoblanadi:
bu erda
X - turg’unlashtirish maqsadida qo’shiladigan spirtning miqdori, ml;
V - preparat xajmi, ml;
A - preparatdagi spirt quvvati, %;
b - qo’shiladigan spirt quvvati,%.
ml 96,2% li spirt
Xlorbutanol miqdorini xisoblash.
0,5 g xlorbutanol – 100 ml adonizid
X – 24 ml
g
Do'stlaringiz bilan baham: |