O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKeNT TIBBIYoT AKADeMIYaSI
“Tasdiqlayman”
TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
Professor Teshaev O.R.
_____________________________
«27»avgust 2015 yil
Kafedra: DAVOLASh FAKULTeTI FAKULTeT VA GOSPITAL JARROHLIK KAFeDRASI
Predmet: Fakultet jarrohlik
TA'LIM TeXNALOGIYaSI
Amaliy mashgulotda dars mavzusi:
«QORIN ChURRALARI»
Toshkent–2015y.
Tuzuvchilar:
Professor Xakimov M.Sh.
Dotsent Berkinov U.B.
Assistent Saxiboev D.P.
Ta'lim texnologiyasi tasdiklangan:
Kafedra majlisida bayonnoma № 1 «27» avgust 2015 yil
Mavzu № QORIN ChURRALARI
-
O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli
Davomiyligi: 6 soat
|
O‘quvchilar soni: 8-10 kishi
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Amaliy mashg‘ulot (seminar) o‘quv xonasida o‘tkaziladi. Seminar «Davra stoli» uslubi qo‘llash bilan o‘tkaziladi.
|
Mashgulotning o‘tkazilish joyi
|
Amaliy mashg‘ulot davolash fakultetining gospital va fakultet jarrohlik kafedrasida va uning klinika bazasida o‘tkaziladi (TTA 2 – klinikasida joylashgan o‘quv xonasi, palatalar, bog‘lov xonalari, poliklinikalar).
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
| -
Kirish kismi
-
Amaliy kisim
- Bemorlar kuratsiyasi
- amaliy ko‘nikmalarni egallash
-
Nazariy qism
- nazariy qismni muhokama qilish
-
Baholashni o‘tkazish
- o‘z-o‘zini baholash va o‘zaro baholash
- o‘qituvchining baholashi
-
Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining hulosasi.
Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga savollar berish (savollar to‘plami)
|
O‘quv darsning maqsadi: Talabalarga qorin churralari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis ko‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Qorin churralari etiologiyasini, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlil qilish.
|
O‘qituvchining vazifalari:
- Qorin churralari haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish va mustaxkamlash;
- Qorin churralari klinik manzarasi va uchrashi mumkin bo‘lgan turlarini muxokama qilish;
- Boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash prinsiplarini tushuntirish;
- Talabalarda xavfli asoratlar; rivojlanmasdan turib kasallikni vaktida aniklash va ixtisoslashgan muassasalarga yuborish tushun-chasini shakillantirish
- talabalarni yangi tashxislash va davolash turlari bilan tanishtirish.
|
O‘quv faoliyati natijalari
Talaba bilishi lozim:
- diagnostika va differensial diagnostika uslublari va kasallikning asoratlari haqida;
- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;
- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;
- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini bilish;
- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;
- qorin churralari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;
- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.
Talaba bajara olishi lozim:
- Amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi – qorin churralari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.
|
Ta'lim usullari
|
«miya xujmi» uslubini qo‘llash, testlarni ishlash
|
Ta'lim vositalari
|
Ma'ruza matni, metodik qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, mulyajlar, slaydlar, videofilm,
|
Ta'lim shakli
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash, prezentatsiyalarni utkazish
|
Ta'lim berish sharoiti
|
Auditoriyalar, bemorlaning xonalari, reanimatsiya xonalari
|
Monitoring va baholash
|
og‘zaki nazorat: nazorat uchun savollar, o‘quv topshirig‘ini bajarish; amaliy ko‘nikmalarni bajarish bo‘yicha harakat algoritmini namoyish etish;
yozma nazorat: nazorat uchun savollar.
|
2. Motivatsiya
Talabalarga kasallik ogir asoratlarga olib kelmasdan uz vaktida adekvat amaliyotlar utkazish zarurligini tushuntirish, agar asortlar rivojlangan bulsa eng samarali va zamonaviy diagnostika va jarroxlik davosi usullari bilan tanishtirish, amaliyot vakti va undan keyingi davrlarda bulishi mumkin bulgan asoratlar va ularni oldini olish usullari bilan tanishtirish. Talabalarda klinik taffakurni shakllantirish. Muammo tugrisida talabalarda dunyo tibbiyoti nuktai nazaridan yondoshishni shakllantirish.
3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.
4. Mashg‘ulot mazmuni:
4.1 Nazariy qismi
Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. Qorin churrasi (hernia) deb, qorin bo‘shlig‘idan ichki organlarning qorin devoridagi tabiiy yoki sun'iy teshik orqali uning tashqarisiga, qorin pardasining ularni qoplab turadigan devor oldi varag‘i bilan birga chiqishiga aytiladi.
Qorin pardasi bilan qoplanmagan ichki organlarning tabiiy teshiklar orqali chiqishiga tushish (prolapsus) deyiladi.
Qorin churralaridan farqli ravishda eventeratsiyada ichki organlarning perietal qorin pardasisiz shikastlangan qorin devori orqali teri ostiga (teri osti eventeratsiyasi) yoki tashqariga (tashqi eventeratsiya) chiqishi sodir bo‘ladi.
Qorin churralari tashqi va ichki bo‘ladi.
Tashqi churralarda ichki organlar qorinning oldingi devoridagi, chanoq, bel yoki dumba sohasidagi teshik orqali tashqariga chiqadi.
Qorinning ichki churrasi qorindagi ichki organlarning qorin pardalariga va qorin bo‘shlig‘idagi ichak xaltalariga (bursa omentails, foramen Winslou, flexura duodenale junalis, recessus subcolecalis ilieocolis, intersigmoidcus), shuningdek diafragmaning tabiiy yoki orttirilgan teshiklariga chiqishidan iborat.
Qorinning tashqi churralari — ko‘p uchraydigan xastalik, churra bilan hamma aholining 3-4 foizi og‘riydi. Eng ko‘p chov churralari (75%), so‘ngra son (8%), kindik (4%), operatsiyadan keyingi churralar (14%) kuzatiladi, churralarning qolgan formalari 1 foizni tashqil qiladi. Erkaklarda ko‘proq chov churralari, ayollarda son va kindik churralari bo‘ladi.
Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi.
A. Kelib chiqishiga ko‘ra:
I. Tug‘ma churralar.
II. Orttirilgan churralar.
1. Zo‘riqishdan bo‘ladigan churralar.
2. Darmonsizlikdan bo‘ladigan churralar.
3. Operatsiyadan keyingi churralar.
4. Travmatik churralar.
5. Patologik churralar.
B. Anatomik joylashuviga ko‘ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon o‘siq churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, oraliq churralari.
V. Klinik kechishiga ko‘ra:
1. Asoratlanmagan (to‘g‘rilanadigan) churralar.
2. Asoratlangan churralar (to‘g‘rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra yallig‘lanishi).
G. Rivojlanish bosqichlari bo‘yicha:
1. Noto‘liq (boshlang‘ich, kanal, urug‘ tizimchasi churrasi).
2. To‘liq.
Churraning tarkibiy elementlari — churra darvozasi, churra qopchasi, churra ichidagi narsa, churra pardalaridir.
Churra darvozalari — qorin devorining churra chiqadigan kuchsiz joylaridir (chov chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig‘i, diafragmadagi teshik). Normada bu teshiklar orqali u yoki bu anatomik tuzilmalar o‘tadi (urug‘ tizimchasi, bachadonning yumaloq, boylami, tomir-nerv dastalari va x, k.). Travmatik va operatsiyadan keyingi churralarda qorin shikastlanganda muskullar va aponevrozlarda yoki xirurgik operatsiyada hosil bo‘lgan teshiklar churra darvozalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Churra darvozalari operatsiyadan keyingi vertikal churralarda yoriq ko‘rinishida yoki katta o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Darvozalarining o‘lchamlariga ko‘ra churra darvozasi kichik (diametrda 2 sm gacha), darvozasi o‘rtacha (2 dan 4 sm gacha) va churra darvozasi katta churralar (4 sm dan ko‘p) farq qilinadi.
Churra darvozasi — qorin pardasining churra darvozalari orqali chiqadigan ichki organlarni qoplab turadigan parietal varag‘idir. Tug‘ma chov churralarida qorin pardasining o‘sib yetilmagan qin o‘simtasi (processus vaginalis peritonei) churra qopchasi bo‘lib hisoblanadi.
Churra qopchasida: og‘zi, bo‘yinchasi, tanasi va tubi farq qilinadi. Churra xaltachasi turli o‘lchamda va shaklda bo‘lishi mumkin.
Xaltacha qorin bo‘shlig‘i bilan tutashadigan joy og‘zi deyiladi. Bo‘yinchasi — churra xaltachasining og‘zi bilan tutashadigan eng tor uchastkadir. Bo‘yinchada aksariyat churra qisilishi ro‘y beradi.
Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori qorin pardasining silliq yupqa varag‘idan iborat bo‘ladi, uning yuzasida yog‘ qatlamlari bo‘lishi ehtimol. Asoratlangan churrada xaltacha devori doimo shikastlanib turishi natijasida u qalin tortadi, biriktiruvchi to‘qima rivojlanishi va xaltacha ichida bitishmalar borligi hisobiga dag‘al bo‘lib qoladi. Churra qopchasi ichki yuzasi xaltacha ichidagi narsa bilan yoki devorlarining bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida churra to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi.
Churra xaltachasining to‘liq obliteratsiyasi deyarli bo‘lmaydi. Aksariyat xaltacha ikki yoki uch bo‘shliqli tuzilmaga aylanadi, yoki «qum soat» ko‘rinishini oladi, uning devorida kistalar paydo bo‘lmaydi.
Churra xaltachasi embrional kindik churralarida bo‘lmasligi mumkin, ulardagi tushgan ichki organlar amnion bilan qoplangan. «Sirpanuvchi» churralarda ham xaltachasi qisman bo‘lmaydi. Bu qorin bo‘shlig‘idan tashqarida joylashgan organ (ko‘richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta travmatik churralarda kuzatiladi. N. V. Antelava ma'lumotlariga ko‘ra sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda uchraydi.
Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini qoplab oladigan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin pardasi oldidagi kletchatka, fassiya plastinkalari, muskul tolalari (masalan, m. cremaster), urug‘ tizimchasi elementlari kiradi.
Churra xaltachasida qorin bo‘shlig‘idagi organlardan xar qaysisi bo‘lishi mumkin. Ichki organlardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi:
a) ingichka ichak qovuzlog‘i; b) charvi; v) ichak tutqich bilan ta'minlangan yo‘g‘on ichak bo‘limlari; g) chuvalchangsimon o‘simta va yo‘g‘on ichakning yog‘ qo‘shimchalari; d) bachadon naychalari va tuxumdon, ba'zan bachadon; ye) ichak tutqich; j) qorin pardasi bilan qoplangan organlar (siydik pufagi, chambar ichakning yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi bo‘limi, ko‘richak); z) qorin pardasi ortida joylashgan organlar (buyrak, siydik yo‘li, me'da osti bezi, prostata bezi fiksatsiyasi buzilganda); i) me'da, taloq, o‘t pufagi, Mekkel divertikuli.
Bo‘rtib chiqadigan xaltacha churra ichidagi organ va churra darvozalari vaziyati o‘rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir. Xaltacha qorin devorining yuqorisiga kirgan, biroq uning qatlamlari orasiga surilib ulgurmagan boshlang‘ich churra; kanal churrasi va teri ostiga o‘tgan to‘liq churra farq qilinadi.
Ba'zan churra xaltachasi ayrim muskul va fassial qatlamlar orasidan oraliq yoki interstitsial churra ko‘rinishida yo‘l soladi, teri ostidan emas, balki muskul yoki aponevroz ostidan chiqadi.
Qorin churralari etiologiyasi va patogenezi. Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo‘lishi mumkin, moyil qiladigan va keltirib chiqaradigan turlarga bo‘linadi.
Churralar hosil bo‘lishining moyillik kiladigan sabablariga churra eng ko‘p hosil bo‘ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir: a) chov kanali zonasi; b) sondagi oval chuqurcha zonasi; v) qorin oq chizig‘i aponevrozining kindik ustidagi va kindik oldidagi bo‘limi; g) Spigeli chizig‘i zonasi; d) Pti uchburchagi zonasi; ye) Gryunfeld — Lesgaft to‘rtburchagi zonasi; j) yopqich teshik zonasi.
Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollarda va erkaklarda turli xil churralarning taqsimlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Son churralarining ko‘p uchrashi ayollarda chanoq halqasi enining serbarligi bilan bog‘liq. Erkaklarda son churralarining ko‘p uchrashi ularda chov halqasining birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrion davrida u orqali tuxum yorg‘oqqa tushadi va urug‘ kanalchasi (tizimchasi)dan o‘tadi, shuningdek chov yorig‘i tuzilishining ham o‘ziga xos xususiyati (uchburchak) bor. Ayollarda chov oraliri yoriqsimon shaklga ega.
Umumiy moyillik qiladigan omillarga: irsiyat, yosh (umrining birinchi yoshidagi bolalarda ko‘krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to‘qimalari atrofiyaga uchragan bo‘ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda chovning kuchsizligi), gavda tuzilishining xususiyatlari, semiz-oriqlik, tez-tez tug‘ish, qorin devori shikastlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini kiritadilar.
Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi.
Keltirib chiqaradigan omillar. Bu qorin ichida bosimni oshiradigan omillardir, chunonchi: og‘ir jismoniy mehnat, tug‘ruqning qiyin o‘tishi, juda og‘ir yuklarni ko‘tarish yoki og‘ir narsani tutib turish uchun ko‘p kuch sarflab zo‘riqish shular jumlasiga kiradi. Churraning shu taxlitda hosil bo‘lishiga «zo‘riqishdan bo‘ladigan churra» deyiladi.
Qorin devori muskullari sustlashganda va yetishmovchiligida churralar asta-sekin va bemor uchun sezilarsiz, biror jismoniy kuch ishlatmay va zo‘riqmay hosil bo‘lishi ham mumkin. Ularni «holsizlikdan paydo bo‘ladigan churra» deyiladi (masalan, umurtqa pog‘onasi, orqa miya va nervlar shikastlangandan keyin to‘qimalar trofikasi pasayganda, tez oriqlab ketishda).
Churralar kelib chiqishida ahamiyatli bo‘lgan boshqa omillardan musiqa asboblarini chalgandagi zo‘riqish, emfizema va o‘pka sili, ko‘kyo‘taldagi yo‘talish, qabziyat va uretra strikturasidagi, prostata bezi adenomasida buzilishlar, takroriy va qiyin tug‘ruqlar, assit va boshqalarni eslatib o‘tish mumkin.
Churralarning hosil bo‘lish mexanizmi ularning kelib chiqishiga bog‘liq xolda (tug‘ma yoki orttirilgan) xar xil bo‘ladi.
Tug‘ma churrada churra darvozalari va churra xaltachasi avval shakllanadi, so‘ngra jismoniy zo‘riqish natijasida ichki organlar churra xaltachasiga kiradi. Orttirilgan churralarda esa qorin ichidagi bosim oshganda ichki opranlar qorin devori qatlamlarini surib, parietal qorin pardasini cho‘zib yuboradi va churra xaltachasi shakllanadi.
Qorin churralarini aniqlash simptomlari. Simptomlari bo‘yicha asoratlanmagan churralar (to‘g‘rilanadigan, joyiga solinadigan), xronik asoratlangan (to‘g‘rilanmaydigan) va o‘tkir asoratlangan churralarn farq qilish lozim.
Asoratlanmagan tashqi churralar sub'ektiv turli-tuman namoyon bo‘ladi. Ba'zan ular umuman bo‘lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan simillagan qattiq, og‘riqdan noliydilar, og‘riq, masalan, to‘sh osti soxasini boshlang‘ich chov churrasida — moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga beriladi. Og‘riq jismoniy zo‘riqishda, og‘ir yuk ko‘tarishda, vertikal vaziyatda kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, ba'zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo‘lib turadi.
Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi.
Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob'ektiv belgilari:
a) churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish
b) churra ichidagini qorin bo‘shlig‘iga kiritishga bog‘liq bo‘lgan shish ko‘rinishi va xajmining tez va ocon o‘zgaruvchanligi;
v) qorin bo‘shlig‘iga kiritilgan joyda qorin devorining bo‘rtib chiqish nuqsoni — «churra darvozasi» borligi
g) «yo‘tal turtkisi» fenomeni borligi.
To‘g‘rilashdan keyin, ehtimol, paypaslash yordamida churra darvozasi va kanalining ko‘rinishini, o‘lchamlarini ularning atrofidagi to‘qimalar sifatini, churra darvozasining churra pardasi va churra xaltachasi bilan o‘zaro munosabatini, suriluvchanligini, bitishmalarini aniqlash mumkin:
— churrada ichak qovuzlog‘i borligi bo‘rtma yuzasining silliqligi va elastik yumshoq konsistensiyasidan, peristaltikaning teri orqali bilinishidan, perkussiyada timpanit paydo bo‘lishidan aniqlanadi;
— churrada ko‘p ichak qismi borligi (ayniqsa sirpanuvchan churra ko‘rinishida) paypaslashdan tashqari, yo‘g‘on ichakni rentgenografiya qilishda aniqlanadi;
— churradagi qovuq, devorini (sirpanuvchan churra) dizuriya borligidan va qovuqni sistoskopiya yoki rentgenografiya qilish yordamida (sergozin) aniqlashga muvaffaq, bo‘linadi;
— churrada ayol ichki organlari borligini ba'zan hayz ko‘rish davrida bo‘rtmaning shishib chiqishidan bilsa bo‘ladi.
Sirpanuvchan churralar. Bu churra xaltchasining devorlaridan biri qorin pardasi bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko‘tariladigan va pastga tushadigan ichak) churralardir. Churra xaltachasi kamdan-kam xollarda batamom bo‘lmaydi.
Yo‘g‘on ichakning sirpanuvchan churralari aksariyat qiyshiq chov churralarida, qovuqniki esa — to‘g‘ri chov churralarida bo‘ladi. Sirpanuvchan churralar hamma chov churralarining 1—1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Yo‘g‘on ichakning sirpanuvchan churrasining patognomonik simptomlari bo‘lmaydi. Odatda bu yoshi ulg‘aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng katta churradir.
Diagnostikasiga yo‘g‘on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi.
Qovuqning sirpanuvchan churralarida siydik chiqarish buziladi yoki siydik ikki bo‘lib chiqariladi (avvaliga bemor kovug‘ini bo‘shatadi, keyin churra bo‘rtmasini bosganidan keyin qaytadan siydik chiqarish mayli paydo bo‘ladi va bemor yana siya boshlaydi).
Qovuqning sirpanuvchan churrasiga shubxa qilinganda qovuqni kateterlash va sistografiya qilish zarur.
Asoratlanmagan churralarni davolash. Churralarni faqat operatsiya usuli bilan radikal davolash mumkin. Churralarning hamma turlarida operatsiya qilish prinsipi bir xil. Uning vazifasi:
a) churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish;
b) xaltachani ochish, bitishmadan churra ichidagi a'zoni ozod qilish va qorin bo‘shlig‘iga kiritish;
v) churra xaltachasini tortib olish, uni og‘zi satxida — bo‘ynida tikish va qirqib tashlash;
g) churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat.
Churra devorlarini mahalliy bir xil turdagi to‘qimalar tikish yo‘li bilan yopish usullari lozim bo‘lgan.
Operatsiyadan keyingi davrda yo‘tal, bronxit, zotiljam, qorin dam bo‘lishining oldini olish muxim ahamiyatga ega — nafas gimnastikasi, erta o‘rindan turish (2—4- kuni), 2—3 xafta mobaynida dam olish, 2—3 xafta mobaynida profilaktik dam olish maqsadga muvofiq.
Operatsiyaga monelik qiladigan xollar: yurak va nafas yetishmovchiligi bo‘lgan juda keksalik, kon aylanishi dekompensatsiya bo‘lgan yurak nuqsoni, III boskichdagi o‘pka sili, jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari va boshqa tuzalmaydigan kasalliklar.
Asoratlanmagan churralarni konservativ davolash bandaj taqishni tayinlashdan iborat. Bandaj korset va belbog‘lar shaklida bo‘ladi yoki qoringa mahkam qilib tasma bog‘lanadi.
Bandaj taqish churra ichida chandiqlar, bitishmalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi, ba'zan terini ta'sirlantiradi va ichki organlarni chiqib kolishdan va churrani qisilishdan hamisha ham saqlab qola olmaydi.
Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o‘tkaziladi:
1) qorin devori muskullari mustahkamlanadi, buning uchun gimnastika mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi;
2) ishda churraga sabab bo‘ladigan ortiqcha jismoniy zo‘riqishlardan saqlanish lozim, shu maqsadda mehnatni mexanizatsiyalash, uni muxofaza qilish, ishchilarni jismoniy ishlarga to‘g‘ri tanlash lozim;
3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog‘-bandaj taqib yurishlari kerak, tug‘ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin muskullarini mustaxkamlash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi;
4) bolalarning gigiena, ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi, ularda ichak faoliyati, nafas organlari va siydik chiqarishning normal o‘tishini kuzatib borish, qorin devoridagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab tekshirish, bordi-yu, churra aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash;
5) yog‘ bosishga va ayniqsa undan keyin qattiq oriqlab ketishga qarshi kurashish;
6) operatsiyadan keyin churralarning profilaktikasi jaroxat yiringlanishining profilaktikasidan iborat, buning uchun qorin jaroxati tamponada qilinadi, laparotomiyani boshdan kechirgan shaxslarga 2—4 xafta muddatga dam olish beriladi.
Jismoniy ishga qaytishda asta-sekinlik prinsipiga amal qilish va qorin devori muskullarini chiniqtirish zarur.
4.2.Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«MIYa XUJMII» USULINI QO‘LLASh
Usul darsda xar bir talabani katnashishini ta'minlaydi, ukituvchi guguxdagi xamma talabalar bilan ishlaydi.
Talabalar 2 guruxga bulinadi. Ukituvchi xar bir guruxga anik savol beradi. Masalan, bemorda chap chov soxasida kattik ogrik turib, xosila koringa tugrilanmay koldi. Nima kasallik xakida uylash mumkin. Shu xolat sabablarini kursating. Shu xolat diagnostikasi, davolash buyicha uzini karashini suraladi.
Bu usul talaba fikrini tugriligini tulik tekshirish imkoniyatini beradi va masalani optimal xal kilish, xamada uz karashlarini kat'iy ximoya kilishni urgatadi.
Usul yordamida sikl boshida talabalarni bilimini baxolash va ogzaki surov utkazish mumkin.
Oxirida ukituvchi ikala gugux xamma javoblarini umumlashtirib, xammada tulik bilimni shakllantirishga muvafak buladi.
4.3. Taxliliy qismi
Vaziyatli masala:
Bemor 22 yesh ung chov soxadagi xajmli xosila borligi, uni fizik xarakatdagkeyin paydo bo‘lish va yotoq xolatda qoringa kirib ketish shikoyat kilib keldi. Anamnezidan zo‘riqishdan keyingi paydo bo‘ldi. Obektiv paypastlaganda ung chov soxada yumshoq konsistensiyalm xajmli xosila 10*5 sm. noksimon aniqlanadi, yo‘tal turtqisi simptomi musbat. Sizni tashxisingiz.
A. O‘ng taraflanma to‘grilanadigan chov churra *
B. Chov limfadenit
V. Chov soxasi saratoni
G. Dermatit
5. Amaliy qism
Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash, UTT, rentgen)
1. DIFFeReNSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.
Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.
№
|
Chora tadbirlar
|
Bajarmadi
|
To‘liq bajardi
|
1
|
Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish
|
0
|
25
|
2
|
Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish
|
0
|
35
|
3
|
Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish
|
0
|
40
|
|
Jami
|
0
|
100
|
2. TO‘G‘RI PARXeZ VA ReJALI DAVONI BeLGILASh.
Maqsad: Kasallikni davolash.
№
|
Chora tadbirlar
|
Bajarmadi
|
To‘liq bajardi
|
1
|
Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish
|
0
|
10
|
2
|
Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash
|
0
|
10
|
3
|
Parxezning sifatini baholash
|
0
|
20
|
4
|
Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash
|
0
|
20
|
5
|
Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash
|
0
|
20
|
6
|
Rejali operatsiyaga taerlash
|
0
|
20
|
|
Jami
|
0
|
100
|
6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari
- og‘zaki;
- yozma;
- vaziyatli masalalar yechish;
- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
-
Joriy nazoratni baholash mezoni
№
|
O‘zlashtirish % va balda
|
Baho
|
Talabaning bilish darajasi
|
1.
|
96-100
|
A'lo”5”
|
- hulosa va qaror qabul qila biladi
- ijodiy fikrlay oladi
- mustaqil mushohada yurita oladi
- amalda qo‘llay oladi
- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda
yuqori faollik va ijodiy yondasha
oladi
- vaziyatli masalalarni to‘liq
asoslangan javob bilan to‘g‘ri
yecha biladi
- savolni mohiyatini tushunadi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
2.
|
91-95
|
- ijodiy fikrlay oladi
- mustaqil mushohada yurita oladi
- amalda qo‘llay oladi
- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda
yuqori faollik va ijodiy yondasha
oladi
- vaziyatli masalalarni to‘liq
asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha
biladi
- savolni mohiyatini tushunadi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
3.
|
86-90
|
- mustaqil mushohada yurita oladi
- amalda qo‘llay oladi
- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda
yuqori faollik va ijodiy yondasha
oladi
- vaziyatli masalalarni to‘liq
asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha
biladi
- savolni mohiyatini tushinadi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
4.
|
81-85
|
Yaxshi”4”
|
- amalda qo‘llay oladi
- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi
- vaziyatli masalalarni yecha biladi,
lekin javobini asoslay olmaydi
- savolni mohiyatini tushuna biladi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
5.
|
76-80
|
- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda
faollik ko‘rsatadi
- vaziyatli masalalarni yecha biladi,
lekin javobni isboti to‘liq emas
- savolni mohiyatini tushuna biladi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
6.
|
71-75
|
- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha
biladi, lekin javobni isboti
to‘liq emas
- savolni mohiyatini tushuna biladi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- aniq tasavvurga ega
|
7.
|
66-70
|
Qoniqarli”3”
|
- savolni mohiyatini tushuna biladi
- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha
biladi, lekin javobini isbotlay
olmaydi
- biladi, ishonch bilan aytib beradi
- mavzuni alohida savollari
yuzasidan aniq tasavvurga ega
|
8.
|
61-65
|
- vaziyatli masalalarni yechimida
xatoliklarga yo‘l qo‘yadi
- biladi, ishonch bilan aytib bera
olmaydi
- mavzuning alohida savollari
yuzasidan aniq tasavvurga ega
|
9.
|
55-60
|
- biladi, ishonch bilan aytib bera
olmaydi
- qisman tasavvurga ega
|
10.
|
54 va undan past
|
Qoniqarsiz”2”
|
- hyech qanday tasavvurga ega emas
- bilmaydi
|
-
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi
№
|
Mashg‘ulot bosqichlari
|
Mashg‘ulot shakli
|
Davomiyligi
(min.)
|
11
|
O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)
|
|
15
|
2
|
Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (akil shturmi, grafik organayzerlar), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, videofilm, mulyaj)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish
|
so‘rov,
tushuntirish
|
75
|
3
|
Muhokamaga yakun yasash.
|
|
15
|
4
|
Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish.
|
|
30
|
5
|
Amaliy mashgulotlarni uzlashtirish buyicha talabani mustakil ishi
|
|
45
|
6
|
Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash
|
og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish
|
75
|
7
|
Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)
|
Axborot,
mustaqil tayyorlanish uchun savollar
|
15
|
-
Tekshiruv savollari
-
Churralar etiologiyasi va patogenezi.
3. Churralar yuzaga kelishining umumiy omillari va turlari.
4. Churralar tushunchasi.
5. Churralar diagnostikasi, simptomatikasi va umumiy davolash prinsiplari
10. Тавсия этилган адабиётлар
I. Основная:
1. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Тошкент, 2005.
2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.
3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.
4. Хирургик касаликлар. Ш.И.Каримов, Н.Х.Шамирзаев, Тошкент, 1995.
5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.
6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав.Ташкент 2004г.
7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988
8. Воробьев А. Справочник практического врача в 3х томах. 1990
9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия. Москва. Практика 1998
10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.
11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.
II. Дополнительная:
12. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.
13. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.
14. Лапароскопическая и торакоскопическая хирургия – Константин Франтзайдес. 2000.
15. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г
16. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г
17. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г
18. Адреса в Интернете по теме лекции: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Do'stlaringiz bilan baham: |