O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi



Download 2,08 Mb.
bet77/139
Sana31.12.2021
Hajmi2,08 Mb.
#239128
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139
Bog'liq
7 гастро. лотин (2)

Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

alo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va kamroq


4.2 Analitik qism

1. 50 yoshdagi to‘ladan kelgan ayol UASh qabuliga o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi o‘ng kurak ostiga uzatiluvchi kuchli og‘riqga va bir martta qayd qilishga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: stenokardiya xurujlari va oxirgi 5 yilda AQB ni oshishi. Tana xarorati 37,8 S. YuUS-110 ta/min. AQB 120/80 mm sim. ust. Ko‘rikda: ko‘krak qafasini o‘ng tomonida nafas olish yuzaki (susaygan nafas), paypaslaganda shu soxa keskin og‘riqli. Qo‘shimcha surishtirilganda axlat rangi oqargani aniqlandi.



  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;

  4. Axlatni oqarganligini xisobga olgan xolda qaysi qonning bioximik ko‘rsatgichlarini o‘tkazish kerak va shu ko‘rsatgichlarni normadagi miqdori (raqamlarda ko‘rsatilsin);

  5. Tashxis qo‘yishda axamiyati katta bo‘lgan tekshiruv usullari;

  6. UASh taktikasi. Davolash.

__________________________________________________________________

2. 52 yoshli bemor UASh qabuliga oxirgi 2 xafta davomida tana xarorati ko‘tarilishi qaltirashga, o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi keskin og‘riqlarga va skleralari sarg‘ayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: oxirgi 4 yil mobaynida o‘ng qovurg‘a yoyi ostida davriy og‘riqlar va xarorat ko‘tarilishi kuzatilgan. Obektiv ko‘rikda skleralar sariqligi va jigar kattalashgani aniqlandi. Boshqa a’zolarda o‘zgarishlar topilmadi.

UQT: Nv-110 g/l; leyk.-11,5x109/l; p/ya-11%; s/ya-68%; limf.-15; mon-6%, EChT-48 mm/s.

Qon bioximik tekshiruvida bilirubin va xolesterin oshganligi aniqlandi.



  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;

  4. Laborator-instrumental tekshirishlardan qanday natijalar kutilmoqda;

  5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari (nomedikamentoz va medikamentoz davolashni dorilarni nomi va dozasini ko‘rsatgan xolda to‘liq tasvirlang).

__________________________________________________________________

3. 32 yoshli ayol UAShga quyidagi shikoyatlar bilan murojat qildi: qorin yuqori qismida belbog‘simon kuchli og‘riqlarga. Og‘riqlar yog‘li ovqat qabul qilish bilan bog‘liq va ko‘pincha qayd qilish va o‘zgargan axlat bilan namoyon bo‘ladi. Anamnezidan bemor ovqatni ko‘pincha muzlatgichdan olib yeyishi ma’lum bo‘ldi. Obektiv ko‘rikda Shoffar zonasi va Dejarden nuqtalarida og‘riqlar kuzatildi. Ich kelishi ich qotishi bilan almashmoqda.



  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;

  4. Shoffara zonasi va Dejardena nuqtasi joylashgan joyini to‘liq aytib bering;

  1. Tashxis qo‘yishda kerakli tekshiruvlar va laborator-instrumental tekshirishlardan qanday natijalar kutilmoqda;

  1. UASh taktikasi va davolash.

__________________________________________________________________

4. 18 yoshli bemor UAShga o‘ng kurak va yelkaga uzatiluvchi o‘ng qovurg‘a ostidagi to‘lg‘oqsimon kuchli, kuniga bir necha martta 10-15 daqiqagacha davom etuvchi og‘riqlarga, terlash, yurak urib ketishi, umumiy xolsizlik, ta’sirchanlikka shikoyat qilib keldi. Obektiv: bemor umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Tana xarorati normal. Terisi odatdagi rangda. Yurak va o‘pka o‘zgarishsiz. AQB 90/60 mm.sm.ust. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Jigar kattalashmagan. Ich kelishi va siyish bUTTlmagan. UQT va qon bioximik tekshiruvlarida patologiya aniqlanmadi.



  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;

  4. Tashxis qo‘yishda asosiy rol o‘ynaydigan tekshiruv va unda nima aniqlanadi;

  5. UASh taktikasi va davolash tamoyillari (nomedikamentoz va medikamentoz davolashni dorilarni nomi va dozasini ko‘rsatgan xolda to‘liq tasvirlang).

__________________________________________________________________

6. O. ismli bemor, 40 yosh, UAShga o‘ng kurakka uzatiluvchi, yog‘li ovqatlar iste’molidan keyin paydo bo‘luvchi o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘riqlarga, og‘izda achchiq ta’m, davriy o‘t bilan qayt qilish, tana xaroratini 37,4 S gacha ko‘tarilishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: yuqoridagi shikoyatlari oxirgi 4 yildan beri bezovta qiladi. Obektiv: umumiy axvoli qoniqarli, t –37,1 S., bemor ortiqcha tana vaznga ega. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 88 /daq. AQB – 130/70 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Ortner, frenikus belgilari o‘ng tomonda musbat. Jigar va taloq kattalashmagan. Ichi qotib kelishga moyil. AST – 0,7 mmol/l., ALT – 0,4 mkmol/l., um. bilirubin – 20 mkmol/l.




  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Informativ tekshiruv usullari

  4. UASh taktikasi

____________________________________________________________________________

7. V ismli bemor, 30 yosh, UAShga og‘izda achchiq ta’m, o‘ng qovurg‘a yoyi ostida to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: yoshligidan surunkali gastrit bilan og‘riydi. Yuqoridagi shikoyatlari 2 oy avval boshlangan bo‘lib, asabiy stresslar bilan bog‘laydi. Obektiv: umumiy axvoli yaxshi, t –36,6 S. O‘pkada vezikulyar nafas. Cor – tonlari aniq, ritmik. Puls 80 ta/daq. AQB –115/70 mm.sm.ust. Qorin yumshoq, o‘t qopi proeksiyasi ta’sirchan. Jigar va taloq kattalashmagan. Ichi qotib kelishga moyil. UTT tekshiruvida o‘t qopi o‘lchami normada.




  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 3 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Informativ tekshiruv usullari

  4. Fraksion duodenal zondlashda bemorda qanday o‘zgarishlar topiladi

  5. UASh taktikasi;

________________________________________________________________________

8. 52 yoshli bemor UAShga ko‘ngil aynashi, vaqti vaqti bilan qayt qilish, 10-15 martagacha ich ketishi (axlat suyuq, unitazdan qiyin yuviladi), epigastral soxasida belbog‘simon og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: uzoq yildan beri alkogolizm bilan og‘riydi, davriy ravishda belga uzatiluvchi qorin soxasida og‘riqlar bezovta qiladi. Obektiv: bemor ozib ketgan, terisi quruq, qipiqlanadi. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 85 ta/daq. AQB –120/70 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti va epigastral soxa og‘riqli. Jigar +1sm, Taloq kattalashmagan. Frenikus simptomi chapda musbat




  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 5 ta kasallikni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis;

  3. Informativ tekshiruv usullari;

  4. Bemor axlatida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi

  5. UASh taktikasi

______________________________________________________________

9. 42 yoshli bemor UAShga ovqat qabul qilgandan keyin epigastral soxadagi kuchli belbog‘smon og‘riqga, yengillik olip kelmaydigan ko‘p marta qayd qilishga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 10 yildan beri yara kasalligi bilan og‘riydi, ovqatlanishdan keyin davriy og‘riqlar kuzatilgan, oxirgi paytlarda og‘riq xarakteri o‘zgargan va yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘lgan. Obektiv: umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, ozg‘in, skleralar subikterik. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 80 ta. AQB–125/70. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, yuqori qismi taranglashgan. Jigar, taloq kattalashmagan. Frenikus simptomi chapda musbat. UQT – Nv- 120 g/l, leykotsitы 10 ming, EChT 20 mm/s.




  1. Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 3 ta kasallik va 2 ta asoratni sanab bering;

  2. Taxminiy tashxis (asosiy va yondosh);

  3. Informativ tekshiruv usullari;

  4. UASh taktikasi



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish