Testlar.
1. O‘tkir pankreatit ko‘pincha qo‘shilib keladi:
a) giperatsid gastrit bilan
b) gipersplenizm bilan
v) o‘t-tosh kasalligi bilan
g) oshqozon shilliq qavati metaplaziyasi bilan
d) oshqozon yarasi bilan
2. Sanalganlardan surunkali pankreatitni davolashda qo‘llaniladi, noto‘g‘risini ko‘rsating:
a) surunkali pankreatit avj olgan davrini davolash o‘tkir pankreatitni davolash bilan bir xil
b) parxez qilish kasallik kechishiga ta’sir qilmaydi
v) oshqozon sekresiyasini pasaytiruvchi preparatlar ko‘rsatma xisoblanadi
g) asosan o‘silik moylari ko‘rsatma
d) parxez saqlash
3. O‘tkir pankreatit patogenezida axamiyati yo‘q:
a) o‘tni pankreatik yo‘lga refluksi
b) xujayra membranasini parchalovchi fermentlarini tripsin aktivlashi
v) gemorragik nekroz chaqiruvchi elastazani tripsin ishtirokida aktivlanishi
g) travma va ishemiya natijasida atsinar xujayralar va tomirlar zararlanishi
d) o‘tni 12 barmoq ichakka refluksi
4. Oshqozon osti bezi yetishmovchiligi bor bemorlar koprologiyasida topilmaydi:
a) polifekaliya
b) suyuq va bo‘tqasimon axlat
v) steatoreya
g) amiloreya
d) kreatoreya
5. O‘tkir pankreatitni xarakterli belgisi xisoblanmaydi:
a) gipertoniya
b) epigastriy soxasida belbog‘simon intensiv og‘riqlar
v) yengillik keltirmaydigan qayd qilish
g) gipertermiya
d) meteorizm, ichak parezi
6. O‘tkir pankreatitni davolashda qo‘llash maqsadga muvofiq emas:
a) morfin
b) ochlik va oshqozon shirasini nazogastral zond orqali so‘rib olish
v) spazmolitiklar
g) proteaza ingibitorlari (trasilol, kontrikal)
d) reopoliglyukin, gemodez, elektrolitlar
7. Disbakterioz tashxisini tasdiqlash uchun qilinishi lozim:
a) fibrogastrokolonoskopiya shilliq qavat biopsiyasi bilan
b) axlatni maxsus bakteriologik tekshiruvi
v) duodenal zondlash, o‘tni bakterial floraga ekish bilan
g) serologik tekshiruv
d) immunologik tekshiruv
8. O‘t yo‘llari diskineziyasi qaysi fon kasalliklarda ikkilamchi bo‘lib rivojlanmaydi:
a) jigar sirrozi
b) duodenit va surunkali gastrit
v) o‘t-tosh kasalligi
g) o‘t yo‘llari anomaliyalari
d) oshqozon yara kasalligi
9. Surunkali xolitsistit qo‘zish davriga xos emas:
a) isitma
b) qaltirash
v) o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘riqlar
g) ko‘ngil aynashi va qusish
d) leykotsitoz chapga siljishi bilan
10. Qorin to‘g‘ri muskuli tashqi qirrasi va qovurg‘a yoyi bilan kesishgan joyida lokal og‘riq nimaga xos:
a) xolangitga
b) pankreatitga
v) xolesistitga
g) 12 barmoq ichak yara kasalligiga
d) oshqozon osti bezi boshchasi rakiga
11. O‘tkir xolesistit uchun qaysi tekshiruv qarshi ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi:
a) ichki xolegrafiya
b) duodenal zondlash
v) UTT
g) kompyuter tomografiya
d) magnitli rezonans tomografiyasi
12. Qaysi xollarda surunkali xolitsistitda og‘riq kuzatilmaydi:
a) yog‘li ovqatda
b) muzdak gazli ichimliklar
v) yotoq rejimida uzoq vaqt bo‘lish
g) og‘ir yuk ko‘tarish
d) spirtli ichimliklar qabul qilish
13. Biliar infeksiyani davolashda qo‘llanilmaydi:
a) sulfanilamidlar
b) tetrasiklinlar
v) linkomitsin
g) aminoglikozidlar
d) sefalosporinlar
14. O‘tkir xolesistitda og‘riq sindromini qoldirish uchun qo‘llanilmaydi:
a) metatsin
b) baralgin
v) no-shpa
g) morfin
d) atropin
15. Lyabliyani asosiy yashash muxiti:
a) o‘t qopi
b) ingichga ichak
v) yo‘g‘on ichak
g) jigar ichi o‘t yo‘llari
d) oshqozon
16. O‘t tosh kasalligiga olib kelmaydi:
a) o‘t yo‘llari giperkinetik diskenziyasi
b) o‘t yo‘llari gipokinetik diskenziyasi
v) surunkali xolesistit
g) judayam ko‘p xayvon yog‘ili parxez
d) peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt qabul qilish
17. Vena ichi xolegrafiyasi qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi:
a) xomiladorlikda
b) bilignost va iopagnostti ko‘tara olmaslikda
v) surunkali xolesistit o‘t yo‘llari diskeniziyasi bilan kechganda
g) anamnezida yod preparatlariga allergik reaksiyalar kuzatilganda
d) giperbilirubinemiya 70 mkmol/l va yuqori bo‘lganda
18. Tez-tez kolikalar bilan kechayotgan o‘t-tosh kasalligini konservativ davolashda (bemor jarroxlik amaliyotidan bosh tortganda yoki qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda) nimalar tavsiya qilinadi:
a) xolinolitiklar va spazmolitiklar
b) xolitsistokinetiklar
v) pol-pol damlamasi
g) fizioterapevtik davo
g) duodenal zondlash
Do'stlaringiz bilan baham: |