O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya



Download 333 Kb.
bet1/3
Sana10.09.2017
Hajmi333 Kb.
#21531
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI


DAVOLASH FAKULTETINING FAKULTET VA GOSPITAL TERAPIYA, TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETINING ICHKI KASALLIKLARI KAFEDRASI

YAGONA METODIK TIZIM BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMA

Tuzuvchilar: prof. Rizamuxamedova M.Z., dots. Burxanova F.A., dots. Djo’raeva E.R.,

ass. Jo’raev I.E., ass. Berdieva D.U., ass. Ne`matova N.A.

t.f.d., prof. F.X.Azizova – TTA o’quv bo’limi boshlig’i.

Taqrizchilar: UASH, allergologiya bilan kafedra mudiri, professor Berdiev U.G.

TashMPI gospital terapiya kafedrasi mudiri, professor Raximov SH.M.


Uslubiy tavsiya TTA MUX yig’ilishi 20 yil __________№____sonli bayonnomasi,

TTA MUX raisi,

Professor Karimov M.SH.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

MAVZU:

MITRAL ILLATLAR

(Tibbiy oliy ta`lim muassasalari o’qituvchi va talaba uchun)


o’quv-uslubiy ko’rsatma

Mavzu: YURAK MITRAL, AORTAL VA TRICUSPIDAL QO’SHMA ILLATLAR







1. Mashg’ulot o’tkazish joyi, jixozlanishi

  • Revmatologiya, kardiorevmatologiya va umumiy terapiya, laborator-diagnostika bo’limlari, o’quv xona.

  • Qon taxlillari, serologik taxlillar, klinik va bioximik taxlillar yig’masi, immunologik taxlillar, o’tkir fazali sinamalar, bioximik taxlillar, rentgenologik tekshirishlar natijalari, EKG, FKG, o’qituvchi-kontrolli testlar, tematik bemorlar, tarqatma materiallar: tasnifi, tashxis mezonlari.

  • TV-video, overxet, mul`timedia proektori, jadvallar, slaydlar, axborot-komp`юterlashtirilgan dastur, tematik bemorlar, plakat va rasmlar.



2. Mashg’ulotning davomiyligi

Berilgan mavzuni yoritish uchun ajratilgan soat-270 minut




3. Mashg’ulotning maqsadi:

Talabalarga kasallik etiologiyasini, patogenezini, klinik simptomatologiyalarni, laborator-instrumental diagnostika va ratsional terapiyani, asoratlar profilaktikasini, reabilitatsiyani o’rgatish.



Ta`lim maqsadi - nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash:

Tarbiyaviy maqsadi – shifokorlikka tayyorlashda jaxon standartlari talab darajasida mutaxassislikka qiziqishni, mas`uliyat xissiyotlarini shakl­lan­tirish, o’z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash, deontologik tarbiya darajasini shakllantirish, amaliy ishni bajarishda eҳtiyotkorlik, aniqlik va ma`suliyatni xis etishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - talabalarda mustaqil fikrlashni vai mustaqil muloxaza юritishni shakllantirish, talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish (klinik, gigienik).

.

Vazifalar



  1. Mitral illatlar qisqacha ta`rifi.

  2. Mitral illatlar etiologiyasi.

  3. Mitral illatlar patogenezi.

  4. Mitral illatlar tasnifi.

  5. Mitral illatlar klinik manzarasi: sub`ektiv ma`lumotlar, umumiy ko’rik, paypaslash, tukillatish va eshitish ko’rsatkichlari, laborator-instrumental xulosalar.

  6. Mitral illatlar qiyosiy tashxisi.

  7. Mitral illatlar davolashning asosiy printsiplari.

  8. Mitral illatlar kechishi, prognozi.


Talaba bilishi lozim:

  • mitral illatlar etiologiyasi

  • mitral illatlar patogenezi va gemodinamik buzilishlar

  • mitral illatlar tasnifi

  • mitral illatlar tashxislash usullari

  • davolashning asosiy printsiplari

Talaba bajara olishi lozim:

  • Bemorni so’rab-surishtirish, umumiy ko’rikdan o’tkazish, paypaslash, tukillatish va eshitish

  • Bemorlarni tekshirish rejasini tuzish

  • Laborator ko’rsatkichlarni taxlil va talqin qilish,

  • Rentgen xulosalarini taxlil va talqin qilish

  • Klinik tashxisni qadamma-qadam asoslash

- Retsept yozish (antibiotiklar, sulfanilamid vositalar, bronxolitiklar va ularning nojo’ya ta`siri)




4. Motivatsiya

Xozirgi vaktda mitral illatlar kasalligini o’rganish juda katta axamiyatga ega, chunki ular revmatik tizimi kasalliklari orasida birinchi o’rinlarda turadi, ҳamda bemor ҳayoti uchun xavfli bo’lgan asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik

Fanlararo bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar normal va patologik anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, reanimatologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.


Fan ichidagi bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar pul`monologiya, kardiologiya, ftiziatriya, allergologiya. gematologiya fanlarini o’rganilganda kerak bo’ladi.




  1. Mashg’ulot mazmuni


6.1 Nazariy qism

ЮRAK MITRAL NUQSONI

Mashg’ulot maqsadi. Talabalar quyidagilarni bilmoq-lari kerak:

1. CHap bo’lmacha va qorincha gipertrofiyasi yoki dilatatsiya belgilarini, ҳamda chap qorincha faoliyatinng toliqish alo-matlarini aniqlash.

2. Mitral qopqok; etishmovchiligi yoki mitral teshigi to-rayishi belgilarini topish va baҳolash.

3. Mitral nuqsonlari etiologiyasi, klinik belgilari va asoratlarini aniqlash.

4. Aralash nuqsonda ustunlik qiluvchi illat turini bel-gilash.

Mavzu mazmuni

Юrak mitral nuqsoni - юrakning chap bo’lmachasi bilan qorin-chasi o’rtasidagi (atrioventrikulyar) teshik soҳasida qonni kichik doirasidan kattaga qiyinchilikda o’tishi bilan kuza-tiladigan mitral qopqoq zararlanishi. Юrak etishmovchiligi aksariyat chap qorincha, keyin o’ng qorincha damlanishi

ko’rinishida ifodalanadi.

A. Mitral kopkok etishmovchiligi (mitral etishmovchilik).

Qopqoq apparati tuzilishining o’zgarishi tufayli chap qorincha sistolasi vaqtida tabaqa to’liq yopilmaydi, natijada qonning bir qismi orqaga - qorinchadan bo’lmachaga qaytib tushadi. Юrak nuqsonlari bilan og’rigan bemorlarning kam qismi (taxminan 10%) xolis mitral qopqoq etishmovchiligini tashkil qiladi.



Etiologiyasi.

a. Funktsional yoki nisbiy qopqoq etishmovchiligida mitral qopqoq o’zgarmaydi, uning teshigi kengayadi va qopqoq tabaqalari sistola davrida atriovektrikulyar teshikni zich yopmaydi. Funktsional qopqoq etishmovchiligini vujudga keltiruvchi sabablar:

(1) Vegetativ nerv apparati disfunktsiyasida (faoliyati buzilishida) qopqoq ҳalqasini tashkil qiluvchi aylanma mushak tolalari zaiflashishi (bo’shashishi) mumkin, natijada qopqoq teshigi kengayadi.

(2) Qopqoq tabaqalarini tegishli ҳolatda ushlab turuvchi papillyar mushak shikastlanganda, uning tonusi pasayganda sistola davrida kopqoq tabaqalari qisman chap bo’lmacha bo’shlig’iga tushadi, tonusi kuchayganda esa, qopqoq tabaqalari mitral teshikni to’liq yopmaydi, tirqish qoladi.

(3) YAllig’lanish, distrofiya, skleroz tufayli miokard zararlanganda chap qorincha bo’shlig’i kattalashadi yoki mitral teshigi kengayadi yoki papillyar mushaklar shi-kastlanadi, natijada teshik zich yopilmaydi.



b. Mitral qopqokning organik etishmovchiligi.

Revmatizm- revmatik endokardit qopqoq tabaqalarida destruktiv o’zgarishlarni vujudga keltiradi; qopqoq tabaqasida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi, keyinchalik u chandiqlanadi va burushadi, qopqoq tabaqasi qisqaradi va unga keluvchi pay rgalari kaltalashadi, qopqoq etishmovchiligi sodir bo’ladi.

ЮIKda so’rg’ichsimon mushaklarning qon bilan to’la ta`minlanmasligi va kardiosklerozga uchraganligi sababli faoliyatining buzilishi qopqoq etishmovchiligiga olib keladi.

Infektsion endokardit. Mitral qopqoqni bakteri yalar bilan shikastlanishi uning destruktsiyasiga va keyinchalik etishmovchiligini vujudga keltiradi.

Ateroskleroz bilan shikastlanganda qopqoq shakli o’zgarib qattgaugashadi, bujmayib ҳajmi kichrayadi va sistola davrida zich yopilmaydi.

Biriktiruvchi to’qimaning diffuzli (tarqalgan) yal-lig’lanish kasalliklari (revmatoidli artrit, sistemali qizil bo’richa, sklerodermiya).

Patogenezi.

Mitral qopqoq etishmovchiligida diastola tamom bo’lgach, zararlangan qopqoq chap atrioventrikulyar teshikni to’lits yopilmaydi, tirqish sodir bo’ladi.

a. CHap qorinchaning sistola davrida mazkur tirqish orqali qonning ma`lum miqdori orqaga qaytadi va chap bo’lmachaga tushadi. CHap bo’lmacha bo’shlig’ida odatdagidan ko’proq ҳajmda qon to’planishi (qorinchadan qaytadan qon va o’pka venasidan oqib keladigan qon) sababli u kengayadi, bosimi ko’tariladi, юrak etishmovchilik belgilarini chaqiradi.

b. Vaqt o’tishi bilan chap bo’lmacha cho’zilishi va bo’shliq ҳajmi ancha ko’payadi, devor mushak qavati gipertrofiyalashadi, bu ҳolat kompensatsiya ko’rinishida chap bo’lmacha bosimini nisbiy fiziologik darajagacha kamaytiradi. CHap qorinchaga bo’lmachadan ortiqcha miqdorda qon tushishi tufayli chap qorincha bo’shlig’i ҳam kengayadi, bosimi ortadi, devor mushaklari qisqarishi kuchayadi, natijada chap qorincha gipertrofiyasi rivojlanadi.

CHap qorincha mushagi deyarli kuchli bo’lganligi sababli zo’r berib ishlashi natijasida aortaga me`yordagi qon tushadi. Bakteriyalar ta`sirida mitral qopqoq shikastlanishi

uning shakl buzilishiga va keyinchalik qopqoq etishmovchiligiga olib keladi.

v. Keyinchalik chap qorincha mushak qavatining toliqishi natijasida qisqarish qobiliyati zaiflashadi, юrakdan aortaga qon o’tishi kamayadi, chap bo’lmacha bo’shlig’ida qon bosimi oshadi, bu esa o’z navbatida o’pka venalari, kapillyarlari, arteriolalaridagi qon bosimining ko’tarilishini vujudga keltiradi.

g. O’pka tomirlarida qon bosimining ko’tarilishi natijasida o’ng qorincha ortiqroq ishlaydi, mushak devori gipertrofiyalashadi. Keyinchalik o’ng qorincha mushaklarida distrofik o’zgarishlar rivojlanishi tufayli uning qisqarish qobiliyati kamayadi va katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi vujudga keladi.



Klinik ko’rinishi qopqoqdagi illat darajasiga va miokarddagi o’zgarishlarga bog’liq. Bemorning umumiy ҳolati kompensatsiyalashgan va dekompensatsiyalashgan bo’ladi.

SHikoyati. Faolsiz revmokardit bilan kuzatiladigan kompensatsiya davrida bemor shikoyat bildirmaydi, dekompensatsiya davrida esa mitral qopqoq etishmovchiligi simptomlari chap qorincha etishmovchiligi ko’rinishiga o’xshash (ҳansirash, ortopnoe, юrak astmasi).

1. O’pka gipertenziyasi va o’ng qorincha etishmovchiligi davomli va og’ir mitral etishmovchiligida vujudga ke-ladi.

2. Tromboemboliyalar ko’pincha bo’lmacha fibrilyatsiyasi bilan kuzatiladigan bemorlarda sodir bo’ladi..

Fizikal belgilar.

1. Юrak cho’odi tepkisi - kuchaygan, yaqqol ko’rinadi, pastga va chapga siljigan, yoyilgan.

2. Uyqu arteriyasi urishi ancha sezilarli, lekin zarb ҳajmining kamayishi tufayli kam to’lishgan.

3. Bo’yinturuq venasi bo’rtib chiqadi.

4. Perkussiyada юrakning nisbiy chegarasi chapga va юqoriga siljiydi, юrak beli to’g’rilanadi.

5. Auskultatsiyada юrak uchi:

a. I tovush sustlashgan yoki yo’qoladi,

b. Sistologik shovqin - eng yaxshi eshitiladigan joyi юrak uchi turtqisida, qo’ltiq ostiga va юrak asosiga tarqaladi, ko’pincha sistologik titrash bilan kuzatiladi.

v. CHap bo’lmachadan ortiqcha qon tushganda chap qorinchaning tezda to’lishi va devorining tebranishi natijasida ko’p ҳollarda III tovush eshitiladi.



Tashxisi.

a. Sistolik shovqin юrak cho’qqisida, qo’ltiq ostiga yo’naladi.

b. I tovush юrak cho’qqisida pasayadi yoki sistolik shovqin bilan qo’shilib, yo’qoladi.

v. II tovush o’pka arteriyasida kuchayadi.

g. EKG - chap bo’lmacha va qorincha gipertrofiyasi belgilari.

d. Ko’krak qafasi rentgenografiyasi - юrak kattalashganini aniqlaydi. Юrak etishmovchiligi simptomlari sodir bo’lsa, rentgenogrammada o’pkada qon dimlanishi bel-gilari mavjud bo’ladi.

e. Exokardiografiya.

1. Xorda paylari shikastlanishini yoki sistola davrida chap bo’lmachaga mitral qopqoq tushishi aniklanadi.

2. CHap bo’lmacha va chap qorincha kattalashgani topiladi.



Qiyosiy tashxis. Mitral sistolik shovqinni aortal va trikuspidal, ҳamda nisbiy pulmonal stenozi shovqinidan ajratish darkor.

A. Pulmonal stenozi.

1. Sistolik shovqin Botkin-Erba nuqtasida joylashadi, юrak cho’qqisiga yo’nalishi mumkin.

2. Dag’al shuvullovchi tembrda.

3. Urg’uchsimon konfiguratsiyada.

4. Sistolik shovqin I tovushga qo’shilmaydi (FKG-kontrol).



B. Diffuzli miokardit, dilyatatsiyali kardiomiopatiya, gipertoniya kasalligida sistolik shovqin юrakning kengayishi natijasida qopqoqning morfologik o’zgarishisiz nisbiy etishmovchiligi tufayli sodir bo’ladi. Mazkur xastaliklarda юrak nuqsonidan farqi chap qorinchaning o’ta kengayishi, chap bo’lmachaning ozgina kengayishi bilan kuzatiladi.

V. Mitral qopqoq prolapsi - qopqoq tabaqasi chap bo’lmacha bo’shlig’iga qisman tushadi va qon regurtatsiyasini vujudga keltiradi.

1. I tovush o’zgarmaydi.

2. Bemor vertikal ҳolatda turganida yoki nitroglitserin qabul qilganidan so’ng shovqin kuchayadi, β-adrenoblokator iste`moli esa shovqinni pasaytiradi.

3. Exokardiografiya- mitral qopqoq prolapsini aniqlaydi.



Davosi.

Dori-darmon vositalari.

1. Юrak glikozidlari xilpirovchi aritmiyada юrak qisqarishi miqdorini kamaytiradi.

2. Diuretiklar - o’pka gipertenziyasini va dimlanish ҳolatlarini kamaytiradi.

3. Vazodilatatorlar - mitral qopqoq faoliyatini yaxshilaydi chap qorincha ҳajmini kichraytiradi, юrakdan qon chiqishini sozlaydi, qon regurtatsiyasini kamaytiradi, aortaga qon chiqishidagi qarshilikni pasaytiradi.

4. Antikoagulyantlar - mitral qopqoq etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarga bo’lmacha fibrilyatsiyasi sodir bo’lganda buюriladi.



Jarroҳlik vositalari. Klinik belgilari oz bo’lib, davomiyligi uzoq cho’zilgan mitral etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarga mitral qopqog’ini almashtirish yoki tiklash tavsiya qilinadi.

1. Qopqoqni almashtirish miokard faoliyatining o’zgarishi paydo bo’lguncha o’tkaziladi, chunki miokarddagi patologik jarayonni mutlaqo qaytarib bo’lmaydi va jarroҳlik muolajalarining muvaffiqiyatli yakunlanishiga umid kamayadi.

2. Qopqoqni tiklash uni almashtirishga nisbatan bir qancha ustunlikka ega:

a. Antikoagulyantlar qabul qilishga muҳtojlik yo’q.

b. CHap qorincha tiklanishiga olib keladi.

B. Mitral teshik torayishi - mitral stenozi.

Etiologiyasi. CHap atrioventrikulyar teshik torayishi -mitral stenozi asosan revmatizm, kam ҳollarda septik endokardit natijasida vujudga keladi.

Tarqalishi. Mitral stenozi mitral qopqoq nuqsonlarining 45-70% tashkil qiladi. Odatda yoshlarda, ko’pincha ayollarda uchraydi.

Patogenezi.

a. Mitral stenozi qon oqimini chap bo’lmachadan chap qorinchaga o’tishida qarshilik ko’rsatadi. Qon bo’lmachadan qorinchaga o’tish davrida ma`lum miqdordagi qon chap bo’lmachada qolib ketadi. Bo’lmacha bu davrda o’pka venasidan normal miqdordagi qonni oladi, bo’lmachada bosim ko’tariladi. Bo’lmacha mushaklari juda kuchsiz va tezda kengaюvchan. CHap bo’lmachada qon bosimi oshishi o’pkada qon dimlanishini chaqirib, o’pkaning qon aylanish ҳolatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Mitral stenozi jadallashuvi юrakdan chiqadigan qon ҳajmini ancha kamaytiradi.

b. O’ng qorincha chap qorinchaning qon bilan to’lishini ta`minlab, muttasil mitral qopqoq stenozi qarshiligini barataraf qilib turadi. O’pka venasi bosimining oshishi baroretseptorlarni ta`sirlaydi va o’pka arteriyalari spazmasini (torayishini) vujudga keltiradi (Kitaev refleksi). Toraygan mitral teshigi va o’pkaning ikkilamchi vazokonstruktsiyasini engish uchun o’ng qorincha normal ko’rsatkichdan 3-5 marta kuchliroq qisqaradi va qonning daqiqali ҳajmini me`yorida ushlab turadi. Vaqt o’tishi bilan o’ng qorincha gipertrofiyalanadi, keyinchalik zo’riqib ishlashi natijasida uning kengayishi (dilatatsiyasi), uning etishmovchiligi rivojlanadi va katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi paydo bo’ladi.

v. Mitral stenozida chap qorinchaga diastola vaqtida qon kam. Uning mushaklari atrofiyaga uchrab boradi, chap qorincha o’lchami kichiklashadi.

Patologik anatomiya. Mitral stenozida patomorfologik o’zgarishlar granulemaning chandiqlanishi, qopqoq tabaqalarining sklerozlanishi va o’zaro bitishi, pay ipcha-larining qalinlanishi va kaltalanishi natijasida teshikni torayishi bilan ifodalanadi. Mitral teshik maydoni meyorda 4-6 sm2 tashkil etadi. Mitral stenozida te-shik 1,5 sm2 gacha va undan ҳam ko’proq torayishi mumkin. Mazkur illatda qonning chap bo’lmachadan chap qorinchaga o’tishi qiyinlanishi natijasida chap bo’lmacha gipertro-fiyalanadi, so’ngra uning dilatatsiyasi rivojlanadi.

Klinik ko’rinishi. Stenoz darajasiga, revmatizm jarayonining faollik darajasiga, nuqson ta`sirida organizmda umumiy o’zgarishlar rivojlanishiga bog’ligq. Kompensatsiya (silliqlanish) bosqichida bemorlar shikoyat qilmaydilar va tashxis auskultativ, asbob-uskunalar (qurilmalar) va rentgen tekshiruvlari asosida qo’yiladi. Kichik qon aylanish doirasida dimlanish rivojlanib, bosim ko’tarilganda, ya`ni dekompensatsiya belgilari vujudga kelganda bemorlar shikoyat bildiradilar.

Simptomlari.

1. CHap qorincha etishmovchiligi - chap qorincha zaifligi tufayli bo’lmay, balki mitral stenozi natijasida sodir bo’ladi. CHap qorinchadan qon chiqishining kamayishi va chap bo’lmachada bosim ko’tarilishi ҳansirash, юrak o’ynashi, qon tupurish, ortopnoe va юrak astmasi ҳurujini vujudga keltiradi. Mazkur belgilar, dastlab, юrganda, zo’riqib ishlaganda, keyinchalik tinch ҳolatda ҳam bezovta qiladi.

A. Ҳansirash o’pkada dimlanish rivojlanishi natijasida kislarod etishmovchiligiga bog’liq.

B. Qon tupirish - kichik qon aylanish doirasida bosim ko’tarishi oqibatida qontomirlar yorilishi yoki o’pkada infarkt sodir bo’lish natijasidir.

V. Юrak soҳasidagi og’riq - kengaygan chap bo’lmacha bilan chap toj arteriyasining ezilishi tufayli miokard ishemiyasi sodir bo’lishi yoki revmatik koronarit bilan bog’liq.



2. O’ng korincha etishmovchiligi - o’pka gipertenziyasi natijasida rivojlanadi va jigar kattalashishiga bog’liq - o’ng qobirg’a osti soxasida og’irlik xissi yoki simillovchi og’riq, xamda shish, astsit, ishtaxa yo’qolishini vujudga keltiradi.

3. Sistemali tromboemboliyalar - mitral stenozida chap bo’lmachada qon dimlanadi, bo’lmacha kengayadi, keyinchalik lipillovchi aritmiya oodir bo’lishi bilan bo’lmacha sistolasi zaiflashadi. CHap bo’lmachada paydo bo’ladigan tromblar sistemli emboliyalar manbai bo’lishi mumkun.

4. Disfoniya (tovush bo’g’ilishi), disfagiya (юtish qiyinlashishi) kengaygan chap bo’lmacha bilan xalqim ezilishi natijasida rivojlanadi.

Fizikal belgilar. 1. Ko’rish.

A. Юzlari bo’zargan, lablari, burun uchi, qo’l-oyoq barmoqlari bir oz ko’kargan. TSianoz kapilyarlarda qon oqishi sekinlashishi natijasida to’qimalarga kislorodning berilishi tufayli vujudga keladi.

B. Buyin venalari kengayishi, bo’rtib chiqishi kuzatiladi.

V. Ortopnoe - noilojlik vaziyati, xansirashni kuchayishi natijasida bemor o’tirib nafas oladi.

G. Mitral stenozi yosh bolalarda sodir bo’lsa organizm jismoniy rivojlanishidan (bo’y o’sishdan) orqada qoladi, katta yoshlarda bo’lsa, bemor aftidan yosh ko’rinadilar.

D. Mitral stenozi yoshlikdan, ko’krak qafasi xali юmshoq (qayishadigan) davrda uchrasa «юrak bukiri» paydo bo’ladi, ya`ni bu soxa bo’rtib chiqadi. Mazkur xolat юrak gipertrofiyasiga va kengayishiga bog’liq. O’ta ifodalangan o’ng qorincha gipertrofiyasi va dilyatatsiyasida (kengayishida) юrakning mutlok bo’g’iq soxasida pulsatsiya, ya`ni юrak urishi kuchaygan bo’ladi.

Palpatsiya.

A. O’ng qorinchaning gipertrofiyasi va kegayishi natijasida юrak turtkisi aniqlanadi (юrak uchi turtkisi yo’qoladi).

B. Юrak cho’qqisida ko’krak qafasining diastolik titrashi - «mushuk xurillashi» simptomi kuzatiladi.

V. Epigastriya soxasida gipertrofiyalangan o’ng qorinchaning kuchaygan pulsatsiyasi aniqlanadi.

Perkussiya

A. Юrak chap chegarasining bo’g’iq tovushi eshitilmaydi.

B. Юrak chegarasi o’ngga va юqoriga kengaygan. Юqoriga kengayishi - chap bo’lmacha va o’pka arteriyasining kengayib, bo’rtib chiqishi natijasida vujudga keladi. Юrakni o’ng tomonga kattalashishq o’ng qorincha va o’ng bo’lmachaning oldin gipertrofiyasi, keyin miogen kengayishi tufayli rivojlanadi. g’ipertrofiya kichik qon aylanish doirasida qon dimlanishi, bosim ko’tarilishi, o’ng qorinchaning zo’rayib ishlashi, dilyatatsiya esa-gipertrofiyalangan mushaklarning zaiflanishi natijasida paydo bo’ladi.

V. Юrak «mitral konfiguratsiyasi» shaklini oladi - юrak beli bo’rtib chiqadi.

Auskultatsiya - tovush va shovqunlar qo’shilishini aniqlaydi.

A. Юrak cho’qqisida diastolik shovqin eshitiladi. SHovqin qon oqiimining chap bo’lmachadan toraygan teshik orqali qiyinlashib o’tishi natijasida kelib chiqadi, past tezlikli, dag’al, g’uvullovchi oҳangda bo’ladi, chertki ochilishidan so’ng eshitiladi. SHovqun chapga yonboshlagan vaziyatda, jismoniy zo’riqqanda, nitroglitserin qabul qilganda kuchayadi.

B. Юrak cho’vqisida I tovush kuchaygan, qarsillagan bo’ladi, u qonga chala to’lgan chap qorinchaning tez qiskarishidan kelib chiqadi.

V. Юrak ustida mitral qopqoqlar ochilishi tovushini - qo’pollashgan mitral qopqoklarining diastola boshlanashidagi keskin xarakatlari, chap bo’lmacha bosimi ko’tarilishi tufayli sodir bo’ladi, ikkinchi tovushdan so’ng eshitiladi, bedana sayrashi maromini eslatadi.

G. O’pka arteriyasida II tovush o’pka gipertenziyasi rivojlanashi bilan kuchaygan.

(d) O’pka arteriyasida va aortada bosimning ҳar xil bo’lishi va ularning yarimoysimon qopqoqlari baro-var yopilmasligi tufayli II tovush ikkiga bo’lingan bo’lishi mumkun.

(e) O’pkada nam xirillashlar kichik qon aylanish do-irasida dimlanish, chap bo’lmachada va o’pka venalari-da bosim ko’tarilishi tufayli vujudga keladi.

(5) Ko’krak qafasi rengenografiyasi:

(a) CHap bo’lmacha quloqchalari shakli va o’ng qorincha xajmi kattalanishi natijasida юrak belining te-kislanishi yoki bo’rtib chiqishi aniqlanadi.

(b) O’pka rasmi ifodalanishining kuchayishi ko’rini-shida o’pka venalari gipertenziyasi kuzatiladi.

(6) Exokardiogramma - mitral stenozi to’g’risida yaqqol tasavvur tug’diradi: mitral qopqoq tavaqalari qalin-lashgan, ҳarakati pasaygan, chap bo’lmacha xajmi katta-lashgan; teshikning torayganlik darajasini to’lits aniv;lash mumkin.

(7) Fonokardiogramma - mitral stenozidagi auskul-tatsiya belgilarini tasdiqlab beradi.

(8) EKG mezonlari:

(a) o’ng qorincha gipertrofiyasi belgilari:

(b) lipillovchi aritmiya va ekstrasistoliya:

(v) chap bo’lmacha gipertrofiyasi belgilari.

6. Kechishi. Stenoz darajasiga, miokard ҳolatiga, infek-

tsiyani birdaniga avj olishiga, o’pka kasalliklari qo’shi-

lishiga botlits. Mitral stenozida, boshqa nuqsonlardan fa-

rqi, dekompensatsiya-qon aylanishi etishmovchiligi va ki-

chik qon aylanish darajasida venoz dimlanishi tezda ri-

vojlanadi. V.I.Mokolkin bo’yicha mitral stenoz kechishida

gemodinamik buzilishlar 3 davrdan iborat.

(1) Illat kompentssatsiyasi chap qorincha xisobiga baja-

riladi. Bu davrda nuqsonning klinik belgilari namoyon

bo’lmaydi, ko’pincha auskultativ ma`lumotlar asosida tasodifan aniqlanadi.

(2) Illat kompensatsiyasi o’ng qorincha faoliyatining ku-chayishi ҳisobidan-o’pka gipertenziyasi rivojlanadi. Be-morlar xansirashga, юrakning tez urishi va tsoi tupi-rishga shikoyat qiladi.

(3) O’ng qorincha etishmovchiligi-dimlanish xolatlari ki-chik qon aylanish doirasidan kattasiga o’tadi va sub`ek-tiv sezgilar o’zgarishiga olib keladi: xansirash kamaya-di, lekin o’ng qovirg’a osti satxida og’irlik sezgisi pay-do bo’ladi, shish va oliguriya kuzatiladi.



7. Mitral stenozining klinik turlari.

(1) Afonik (soqov)-nuqsonda auskultativ belgilar aniq-lanmaydi. Xansirashning mazkur turi teshik torayishi-ning og’ir darajasida va юrak etishmovchiligida kuza-tiladi. Tashxis kasallikning klinik simptomlari, o’pka-da qon aylanishi xolati (o’pka gipertenziyasi) va asbob-lar bilan tekshirish asosida qo’yiladi.

(2) Mitral stenozining arterial gipertenziya bilan ke-chishi. Bu jarayon patogenizini buyrak tson oqimining pa-sayishi bilan bog’laydilar. Komissurotomiyadan so’ng gi-pertenziya yo’qoladi.

(3) Mitral stenozining simpatikotomiya bilan kechishi. TSon ta`sirida юrak mushak apparatining qo’zg’aluvchan-ligini oshishi (юrak urishining tezlanishi, paroksiz-mal taxikardiya xuruji, vazomator buzilishlar) bilan ҳarakterlanadi va gipertireozdagi юrak o’zgarishlari-ning klinik manzarasini eslatadi.

(4) Mitral stenozining shishli turi o’ng qorincha etish-movchiligi belgilarisiz, chap bo’lmachaning deyarli kat-talanishisiz o’pka shishi xurujlari bilan kuzatiladi.

(5) Mitral stenozining atriomegaliya (katta юrak) bi-lan kechishi. Rentgen tekshiruvida bo’lmachaning o’ta kat-talashishi perikardit yoki perikard kistasi (pufakcha-si)ga qabul qilib xato tsilish mumkun. Bo’lmachaning kes-kin kattalashishining asosiy sababi revmokarditda chap bo’lmacha devorining юpqalanishi bilan kuzatiladigan diffuzli fibroz, shuningdek chap bo’lmachada bosim oshi-shi va lipillovchi aritmiya xisoblanadi. Kasallikning bu turi jarayonning terminal bosqichida kuzatiladi.

8. Tashxisi. Mirtal stenozda xansirash, tson tuflash, tipik mitral `a`Iiz va юrakni tekshirganda xarakterli fi-zikal belgilar mavjud bo’lsa, tashxis tso’yish tsiyiya emas. Ayniqsa qarsillovchi I tovushdan bevosita oldin keladi-gan tsistsa. , dag’al presistolik shovqin mitral stenozga xa-rakterli. O’ng qorincha etishmovchiligi yoki lipillovchi aritmiya bilan rivojlanadigan og’ir dekompensatsiyada xa-stalikning xarakterli belgilari siyqalanadi. Bunda uzoq kechgan revmatizm anamnezi, qon tuflash, xansirash, li-pillovchi aritmiyaning mavjudligi, qarsillovchi I tovush-ning eshitilishi va stenozni tasdiqlovchi rentgen, EKG, FKG exokardiogramma ma`lumotlari katta tashxisiy axa-miyatga ega.

9. Qiyosiy tashxisi.

a. Aorta qoikok etishmovchiligi.

(1) Diastolik shovqin juda nozik, Botkin-Erba nuqta-sida va юrak cho’qqisida eshitiladi.

(2) I tovush sustlashgan.

(3) Mitral qopqoq ochilish tovushi yo’q.

(4) CHap `qorincha gipertrofiyalashgan, ancha kengaygan, lekin chap bo’lmacha deyarli kattalashmagan.

(5) EKGda chapgramma-юrak elektr o’tsi chap tomonga bu-rilgan.

(6) Qo’shaloq Traube tovushi.

(7) Qo’shaloq Dюroz`e shovqini.

b. Tug’ma bo’lmachalararo to’siq illati.

(1) P tovush ikkiga bo’lingan.

(2) Sistolik shovqin to’sh suyagining chap tomonida P yoki SHqovurg’a orasida eshitiladi va chuqur nafas ol-ganda kuchayadi.

(3) Kichik qon aylanish doirasida ifodalangan giper-tenziya rivojlansa diastolik shovqin eshitiladi.

(4) Rentgen tekshirishida o’pkaning qon bilan to’lgan-ligi, chap qorincha kattalashgani, юrakning chap chega-rasida juda kengaygan o’pka arteriyasining bo’rtib chiq-qanligi aniqlanadi (8-rasm).



10. Asoratlari.

(a) Qon tuflash. O’pka dimlanishi bosqichida mitral ste-noziga xos belgi. Bu taram-taram qon va parda ko’rini-shida namoyon bo’ladi, goxida yorilgan tomirdan ko’p shits-torda qon oqadi, ayniqsa jismoniy mexnatda.

(b) O’pka infarkti - yonboshda og’riq, qon tuflash, va ҳarorat ko’tarilishi bilan kuzatiladi. O’pkaning rent-gen tekshiruvida asosi periferiyaga yo’nalgan ponasimon

soya aniqlanadi: mitral stenozida o’pka infarkti pato-genezi emboliya (ken-gaygan o’ng qorincha-dagi trombatik bo’ttsa) va maxalliy qon to’xtashi bilan bog’liq.



(v) Yirik tomirlar emboliyasi - buyrak (belda og’riq, gema-turiya), miya (ҳushdan ketish, falaj), ta-loq (chap qobirg’a os-tida og’riq), ichak (ichak tutilishi, qonli najas) tomir-larida.

(g) CHap bo’lmachaning sharsimon trombi kuchli ҳansirash, to’satdan rivoj-lanadigan ko’karish va tezda vujudga keluvchi qon ayla-nishi etishmovchiligi bilan kuzatiladi. Bu xolatda kuch-li taxikardiya xuruji va юrak lipillashi sodir bo’la-di.



11. Davolash.

a. Konservativ usul bilan davolash engil va o’rta dara-jadagi chap qorincha etishmovchiligi belgilari bo’lgan bemorlarga tavsiya qilinadi.

(1) Dori-darmonlar davosi o’pkada dimlanishni, xan-sirashni va ortogshoeni cheklaydi.

(a) Diuretiklar.

(b) Юrak glikozidlari.

(v) Antikoagulyantlar-mitral stenozi lipillovchi aritmiya bilan birgalikda kuzatilganda sistemli em-boliya xavfi юtsori bo’ladi. SHuning uchun bunday be-morlarga antikoagulyantlar beriladi.

(g) Antibiotiklar-infektsion kasalliklar profilak-tikasi uchun buюriladi.

(2) Ballonli valvuloplastika. Mitral stenozida be-morlar xolatini uzoq vaqt yaxshilanishini taminlashi mumkun. Ayniqsa mazkur muolaja sinusli ritm, mit-ral qopqog’ining ozgina etishmovchiligida va tavaqala-ri biroz qalinlashganligi aniqlangan bemorlarga tav-siya qilinadi.

b. Jarroxlik usuli - bemorlar salomatligini yaxshi-laydi va umrini cho’zadi. Opertsiyani asoratlar xavfini tug’diruvchi o’pka gipertenziyasi belgilari paydo bo’lguncha davrda o’tkazish kerak.

(1) Mitral komissurotomiyasi. Qopqoq kaltsifikatsiya-si va mitral etishmovchiligi rivojlanmagan yosh bola-larda ijobiy natija ko’rsatadi.

(2) SHikastlangan qopqoqni sun`niy qopqoq bilan al-mashtirish komissurotomiya o’tkazish imkoniyati bo’lma-ganida buюriladi.

12. Profilaktika. Mitral stenozi shakllanishining ol-dini olish revmatik endokarditni oldini olish va uni qunt bilan davolash, bemorni dispanserizatsiyadan o’ttsa-zish, infektsiya o’chog’ini yo’qotish bilan bajariladi.



Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Interaktiv ukitish usuli «Rotatsiya usuli»

Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish