Mavzu 16: FARMATSEVTIKA XIZMATINI NAZORAT RUXSATNOMA
TIZIMI
I.Mavzuning maqsadi:
Talabalarga farmatsevtika xizmatini nazorat ruxsatnoma
tizimi, uning bosqichlari haqida ma‘lumotlar berish
II.Mavzuning ahamiyati
: Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish
Bosh boshqarmasi (Davlat unitar korxonasi) ning faoliyati xaqida ko‗nikmalar
shakllantirish
III.Sinov testlari
1.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining
vazifalari.
A.Dorivor vositalar va diagnostik vositalar tibbiy texnik va tibbiy buyumlar sifati
ustidan davlat nazoratini o‘tkazish va amalga oshirish.
B.Dorivor vositalar tibbiy buyumlar, davolash oziq-ovqatlari va tibbiy texnikani
ekspertizadan o‘tkazuvchi, standartlashtiruvchi muassasa va tashkilotlar
faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga rahbarlik qilish.
C.Dori vositalarini saqlash
D.Dori vositalarini guruxlarga ajratish
2.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining
tarkibida quyidagi qo‘mitalardan qaysilari mavjud?
A.Farmakologiya qo‘mitasi,farmakopeya qo‘mitasi,narkotiklar
nazorati qo‘mitasi,yangi tibbiy texnika qo‘mitasi
B.Hamma javoblar noto‘g‘ri.
C.Farmokopeya.qo‘mitasi
D.Narkotiklar qo‘mitasi
3.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
farmakologiya qo‘mitasi qachon tashkil topgan?
A.1992 yil
B.1990 yil.
C.1991 yil
D.1994 yil
4.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
farmakologiya qo‘mitasining vazifalari.
A.Tibbiyot amaliyotida yangi dorilarni yaratish, klinik sinovlarni xar bir dori
moddasida o‘tkazish,eski dori moddalarni ro‘yxatdan chiqarish
B.Klinik tekshiruvlar o‘tkazish
C.Yangi dori vositalarini ta‘sirini o‘rganish
D.Eski dori vositalarini ro‘yxatdan chiqarish
5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Dori vositalar, tibbiy
buyumlar va davolash profilaktik oziq-ovqatlar sifati ustidan davlat nazoratini
tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qachon qabul qilindi?
A.1995 yil 25 mayda 181 sonda
B.1994 yil 25 iyunda 181 sonida
C.1996 yil 25 maydagi 182 sonda
D.1993 yil 25 iyunda 182 sonda
6.Dori vositalarining standartizatsiyasi va ekspertizasi Davlat markazi tarkibida
qanday laboratoriyalar mavjud?
A.Dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi, vaksina
va mikrobiologik tekshiruvlar farmako-toksikolagik tekshiruvlar, zardob
preparatlari laboratoriyasi, tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi
B.O‘lchov laboratoriyasi
C.Nazorat analitik laboratoriyasi
D.Sinov laboratoriyasi
7.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
farmakopeya qo‘mitasining asosiy vazifasi.
A.Dori, diagnostika va profilaktika vositalarni standartlarini ekspertizadan
o‘tkazadi, amaliyotga joriy etishni ta‘minlaydi
B.Klinik sinovlarni har bir dori vositasida o‘tkazadi
C.Narkotik vositalar, psixotrop moddalar haqida uslubiy qo‘llanmalar ishlab
chiqadi.
D.Tibbiy texnikani qayd etishga ruxsatnoma tayyorlaydi.
8.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
narkotiklar nazorati qo‘mitasininig vazifalari.
A.Narkotik vositalar, psixotrop moddalar haqida uslubiy qo‘llanmalar, yangi
yo‘riqnomalar ishlab chiqadi.
B.Klinik sinovlar o‘tkazadi
C.Standartlarni ekspertizadan o‘tkazadi
D.Tibbiy texnikani qayd etadi.
9.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi yangi
tibbiy texnika nazorati qo‘mitasining vazifasi.
A.Tibbiy texnikani, tibbiy buyum qayd etish ishlarini amalga oshiradi
B.Standartlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
C.Farmakologik sinovlar o‘tkazadi
D.Narkotik vositalar, psixotrop moddalarning qonuniy muomalasi ustidan nazorat
qilishni ta‘minlaydi
10.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
A.Farmatsevtik nazorat, malaka oshirish kurslari, metrologiya bo‘limlari, qayd
etish buyurosi, axborot ma‘lumot
B.Farmatsevtik nazorat bo‘limi
C.Malaka oshirish kursi
D.metrologiya bo‘limi
11.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
farmatsevtik nazorat bo‘limining vazifalari
A.Dori vositalari, tibbiy buyumlarning sifat standartlari talablarini bajarilishi,
ishlab chiqarilgan va xorijdan keltirilgan maxsulotlarni sertifikatlashtirish va
boshqa jarayonlarda nazoratni amalga oshiradi.
B.Sertifikatsiya bo‘limiga tushgan buyurtmalardagi uskunalarni meyoriy
xujjatlarga mosligini sinovlar asosida tekshiradi
C.JSST "yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti" qoidalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitadi
D.Dori vositalari va tibbiy texnikani respublikada sotishga ruxsat etish uchun qayd
etadi.
12.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
metrologiya bo‘limining vazifasi.
A.Sertifikatsiya bo‘limiga tushgan buyurtmalardagi priborlarni me‘yoriy
xujjatlarga mosligini sinovlar asosida tekshirish
B.Dori vositalari sifatini nazorat qilish
C.Dori vositalari, tibbiy buyumlarning sifat standartlari talablarini bajarilishi,
maxsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda nazoratni amalga
oshirish.
D.Dori vositalari va tibbiy texnikani respublikada sotishga ruxsat etish uchun qayd
etish
13.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi
malaka oshirish kurslari bo‘limining vazifasi
A.JSST "yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti" qoidalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitish.
B.Dori vositalari tibbiy buyumlarning sifat standarti talablarini bajarilishi
C.Sertifikatsiya bo‘limiga tushgan buyurtmalardagi uskunalarni me‘yoriy
xujjatlarga mosligini sinovlar asosida tekshirish
D.Sertifikatlangan maxsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda
nazoratni amalga oshirish.
14.Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi qayd
etish buyurosining vazifasi
A.Dori vositalari va tibbiy texnikani respublikaga olib kirishga ruxsat etish uchun
qayd etadi
B.Dori vositalari, tibbiy buyumlarning sifat standartlari talablarini bajarilishi,
maxsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda nazoratni amalga oshiradi.
C.Sifatli maxsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarda nazoratni amalga
oshiradi.
D.Tibbiy buyumlarning sifat standartlari talablarini bajaradi
15.Mahalliy farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan generik dori vositlarini
qayd etish uchun talab qilinadigan xujjatlar to‘plami Bosh boshqarmaning qaysi
qo‘mitasiga topshiriladi?
A.Farmakologiya va Farmakopeya qo‘mitasi
B.Yangi tibbiy texnika nazorati qo‘mitasi
C.Narkotiklar nazorati qo‘mitasi
D.Farmakopeya qo‘mitasi
16.Mahalliy farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan generik dori vositalarini
qayd etish uchun talab qilinadigan namunaning 4 ta upakovkasi Bosh
boshqarmaning qaysi qo‘mitasiga topshiriladi?
A.Farmakologiya va farmakopeya qo‘mitasiga
B.Narkotiklar nazorati qo‘mitasi
C.Yangi tibbiy texnika nazorati qo‘mitasi
D.Farmakologiya qo‘mitasi
Do'stlaringiz bilan baham: |