O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
1. O‘lchash asbobi bitta bo‘linmalarini bahosi qanday aniqlanadi ? 
2. O‘lchash asbobi aniqligining sinfi nimani ko‘rsatadi? 
3. Tuzatma deb nimaga aytiladi? 
4. Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatolik deb nimaga aytiladi? 
5.Tekshirilayotgan o‘lchash asbobini yaroqliligi qanday aniqlanadi? 


98 
 
2-LABORATORIYA ISHI 
 
TEXNIK AMPERMETRLARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad:
Ampermetrni namunaviy bilan solishtirish usulida qiyoslashni o‘rganish.
Vazifa: 
Laboratoriya qurilmasi maketi bilan tanishish. 
Asbob va qurilmalar: 
1. Ampermetlarni tekshirish uchun sxema; 
2. 2,5 aniqlik sinfidagi 25 mA doimiy tok uchun mo‘ljallangan milliampermetr (tekshiriladigan 
asbob); 
3. 0,5 aniqlik sinfidagi 25 mA doimiy tok uchun mo‘ljallangan milliampermetr (namunaviy asbob);
4. Tok manbai sifatida 0 – 6,3 V ga mo‘ljallangan manbaalardan foydalaniladi.
5.Iste’molchi sifatida plataga o‘rnatilgan ikkita boshqariluvchi R
1
va R

rezistorlar qo‘llaniladi. (R

– rezistor PPB -25 50 Kom.ga; R

– rezistor PPB -25 100 om.ga) 
 
 
Nazariy qism 
Ampermetr – elektr zanjirdagi doimiy va o‘zgaruvchan tok kuchini aniqlash uchun o‘lchov 
asbobi hisoblanadi. Ampermetrni ko‘rsatkichi umumiy xolda u orqali o‘tuvchi tok kattaligiga 
bog‘liq. Bunda ampermetr qarshiligi yuklanma qarshiligiga qiyoslaganda imkon boricha kam 
bo‘lishi zarur. O‘zining konstruktiv bo‘lgan xususiyatlariga ko‘ra ampermetrlar magnitoelektrik, 
elektromagnitik, termoelektrik elektrodinamik, ferrodinamik va to‘g‘rilagichlilarga bo‘linadi.
Magnitoelektrik ampermetrlar
doimiy tok zanjirida bo‘lgan kichik kattaliklardagi toklarni 
o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ular magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlaridan va o‘lchanadigan 
tokning turli qiymatlariga mos keluvchi bo‘limlar kiritilgan shkaladan tuzilgan. 
Elektromagnit ampermetrlar doimiy va o‘zgaruvchan tok zanjirlaridan oqib o‘tuvchi 
toklarni o‘lchashga mo‘ljallangan. Ko‘pincha sanoat chastotasidagi (50 gs) o‘zgaruvchan tok
zanjiridagi tok kuchlarini o‘lchashda foydalaniladi. SHkalasi o‘lchash asbobining g‘altagi bo‘ylab 
oqib o‘tuvchi tok kuchi birliklarida bo‘lingan o‘lchash mexanizmidan tarkib topgan. G‘altak 
tayyorlash uchun katta kesimdagi o‘tkazgich simlardan foydalansa ham bo‘ladi, shuning uchun 
bunday ampermetrlardan katta qiymatli toklarni (200 A dan ortiq) o‘lchash uchun ham ishlatish 
mumkin.
Termoelektrik ampermetrlar
yuqori chastotadagi o‘zgaruvchan tok zanjirda bajariladigan 
o‘lchashlar uchun qo‘llaniladi. Ular termopara payvandlangan o‘tkazgichni (qizdiruvchi) o‘zida 
mujassam etuvchi kontaktli yoki kontaktsiz bo‘lgan qayta hosil qiluvchisi mavjud 
bo‘lganmagnitoelektrik asbobdan tuzilgan. Tok qizdirgich bo‘ylab o‘tayotgan xolatda uni qizdiradi 
(faol yo‘qotishlar hisobiga) va bu termopara bilan qayd etiladi. Vujudga kelgan termik nurlanish 
magnitoelektrik tok o‘lchagichni ramkasiga ta’sir ko‘rsatadi va bunda u zanjirdagi tok kuchiga 
proporsional burchakga og‘adi.
Elektr dinamik ampermetrlar
yuqori (200 Gs gacha) chastotali bo‘lgan doimiy va 
o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi tok kuchini o‘lchashga xizmat qiladi.
Asboblar yuklanishlarga 
va tashqi magnit maydonlarga juda ta’sirchan. Tok kuchining ishchi o‘lchashlarini tekshirish 
uchun nazorat asboblari sifatida qo‘llaniladi. U, g‘altaklari maksimal o‘lchanadigan tok 
kattaliklariga bog‘liq xolda, ketma-ket yoki parallel biriktirilgan elektrodinamik mexanizmdan va 
darajalangan shkaladan tuzilgan. Kichik kuchlanishdagi tokni o‘lchashda g‘altaklar ketma-ket, 


99 
katta kuchlanishdagi toklarni o‘lchashda esa – parallel ulanadi. Ferrodinamik ampermetrlar 
konstruksiyasi bo‘yicha chidamli va ishonchli, tashqi magnit maydon tak’siriga kam beriluvchan. 
Ular ferrodinamik o‘lchash asboblaridan tuzilgan va asosan o‘zi yozuvchi ampermetrlar sifatida, 
avtomatik nazorat tizimlarida qo‘llaniladi.
Har bir ampermetr o‘lchanadigan kattaliklarni ma’lum bir maksimal qiymatiga 
mo‘ljallangan bo‘ladi. Biroq ko‘pincha shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, qiymatlari o‘lchash 
asboblari chegaralaridan katta bo‘lgan o‘lchashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. SHunga qaramay, 
ushbu asbob bilan o‘lchash chegaralarini xamisha kengaytirish imkoni mavjud. Buning uchun 
ampermetrga parallel ravishda, o‘lchanadigan tokni bir qismi o‘tuvchi sim o‘tkazgich tutashtiriladi. 
Ushbu o‘tkazgichning qarshilik qiymati shunday hisoblanadiki, ampermetr orqali o‘tuvchi tok kuch 
uni maksimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan oshmasligi kerak. Bunday qarshilik shuntlovchi 
qarshilik deb ataladi. Masalan, tok kuchi 1 A gacha mo‘ljallangan ampermetrda 10 marotaba katta
bo‘lgan tok kuchini o‘lchash uchun unga shuntning qarshiligi ampermetr qarshiligidan 9 marta kam 
bo‘lgan shuntlovchi qarshilik ulanishi kerak. Vaxolanki, bunda darajalash bahosi 10 marotaba 
ko‘payadi, aniqlik esa shuncha pasayadi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish