158
yuklanmagan xolatda ko‘rsatkichlar qamrovlarini aniqlash olib boriladi.
Tarozilarni metrologik
parametrlari namunaviy bo‘lgan III razryadli qadoq toshlari yordamida, bevosita baholash usuli
bilan aniqlanadi.
3.3.1. Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini aniqlash,
yuklangan
tarozilarini boshqa parametrlarini aniqlashdan avval bajariladi. Yuklanmagan tarozilarni doimiy
bo‘lmagan ko‘rsatkichlarini tarozi toshlari bilan yuklangan xolatga teng bo‘lgan yukni yuk qabul
qiluvchi qurilmaga qo‘yish bilan aniqlanadi. Yukni olgandan keyin hisoblash qurilmasini nol
xolatga qaytishi kuzatib boriladi. Yuklanmagan tarozilarni doimiy bo‘lmagan ko‘rsatkichlari +1 dan
oshmasligi kerak.
3.3.2. Tarozi pallasida yuk xolatlariga bog‘liq bo‘lmagan tarozi ko‘rsatkichlarini tekshirish.
Bunday tekshirishni tarozini massalari 1/3 TKO (TKO- tortishni katta oraliqlari) ga mos keluvchi
mayda qadoq toshlar bilan yuklab amalga oshiriladi. Namunaviy qadoq toshlarni
tarozi pallasining
markaziga qo‘yiladi, keyin esa navbatma-navbat chizmada ko‘rsatilgandek, yuk qabul qilgichni
ikkinchi yarmiga joylanadi. Toshlar yuk qabul qiluvchi qurilmasi xududidan chiqib ketmasligi
lozim. Yuk qabul qiluvchi qurilmada toshlarni har bir xolatida tarozini ko‘rsatkichlari olinadi.
Operatsiyani ikki marta o‘tkaziladi. Yuk qabul qiluvchi qurilmada toshlarni istalgan xolatlarida
tarozilarini ko‘rsatkichlari va toshlarni markazga qo‘ygandagi ko‘rsatkichlari orasidagi eng katta
bo‘lgan farqlanishlar, foydalanishga oid xujjatlarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan oshib ketmasligi
lozim.
3.3.3. Yuklangan tarozilarning hatoliklarini va tortishning katta oraliqlarida (TKO)
ko‘rsatkichlar qamrovini aniqlash.
Yuklangan tarozilarni xatoliklarini massasini o‘nlab qiymatlariga teng bo‘lgan,
tortishni
barcha diapozonlarida bir tekisda tarqalgan, KOT (KOT-tortishning kam oraliqlari), 5000 va TKO
o‘z ichiga olgan, yuklangan va yuklanmagan og‘irliklarda aniqlanadi.
Yuklangan tarozilarni
xatoliklariga tarozi ko‘rsatkichi va yuk qabul qiluvchi qurilmaga joylashtirilgan namunaviy qadoq
toshchalar massasini xaqiqiy qimatlari orasidagi tavofut olinadi.
Tarozilarni xatoliklari, ma’lum turdagi tarozilarga foydalanish xujjatlarida ko‘rsatilgan yo‘l
qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan oshmasligi kerak.
TKOda tarozilar ko‘rsatkichlarini qamrovlari TKO tarozilariga teng bo‘lgan massadagi
namunaviy qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilma markaziga qo‘yish bilan aniqlanadi.
Keyin
tarozini ko‘rsatkichlari olinadi va namunaviy qadoq toshlar yuk qabul qiluvchi qurilmadan olib
tashlanadi, so‘ngra yana namunaviy qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilmaga qo‘yiladi va
tarozilar ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu operatsiyani besh marta qaytarish kerak. Ko‘rsatkichlarni
qamrovi uchun, yuklangan tarozilarni ko‘rsatkichlari orasidagi farqlar olinadi. Tarozilarni
ko‘rsatkichlari orasidagi qamrov, yuklanmagan tarozilarni yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasidan
oshmasligi kerak.
3.3.4. Tarozilarni yuklanishlaridagi xatoliklarga tara massasi kompensatsiyasining ta’sirini
aniqlash. Tara massasi kompensatsiyasining ta’sirini aniqlash tortishni 3 ta dan kam bo‘lmagan
nuqta diapozonida o‘tkaziladi. Buning uchun yuk qabul qiluvchi qurilmaga foydalanish xujjatlarida
ko‘rsatilgandek, tara massasi kompensatsiyasini bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatlariga teng bo‘lgan
qadoq toshlar joylashtiriladi. SHundan keyin, massani kompensatsiyalash bajariladi va, namunaviy
qadoq toshlarni yuk qabul qiluvchi qurilmaga joylashtirgan holda, yuklangan tarozilarni xatoliklari
aniqlanadi. Tara massasi kompensatsiyasidan foydalanilgan yuklangan tarozilarni xatoliklari
foydalanishga oid xujjatlarida o‘rnatilgan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
chegarasidan oshmasligi
kerak.
159
1.3.1.
Buyumlar sonini hisoblash xatoliklarini aniqlash (hisoblagichli tarozilar rejimi
uchun). Massani o‘rtacha qiymatlari taroziga kiritilgan buyumlar sonini hisoblash xatoliklarini
aniqlash, buyumlar soni ko‘rsatkichlarini, tortilayotgan buyumlar massasi qiymatlarini bitta
buyumning berilgan qiymatiga bo‘lishdagi qismlarini solishtirish bilan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: