Korxona va tashkilotlarda xo’jalik faoliyatini boshqarish bevosita mablag’larning holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag’larning aylanish tezligiga bog’liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo’jalik mablag’larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo’yicha bir-biriga tengligini ta‘minlaydi deb aytish mumkin. “Balans” so’zi lotincha bo’lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya‘ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma‘noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |