Aktivlar ma‘lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o’z ichiga naqd pul va ma‘lum qiymatga ega bo’lgan, jumladan, biznesdagi ko’chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi. Likvidlikni o’zida namoyon qiladigan naqd pul mablag’lari joriy aktivlar deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatli investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslar joriy aktiv bo’lib hisoblanadi. Qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak, oldindan to’langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko’rinishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |