156
- uchinchi etapda ularni maksimal yuklatilishida torozilarni aniqligi tekshiriladi, bunda qadoq
toshchalar platforma markaziga qo‘yiladi.
Agar torozilar qiyoslashdan o‘tsa va talabga to‘liq javob bersa, unda Davlat metrologik
xizmatini vakili guvohnoma rasmiylashtiradi va moslama uchun o‘ziga xos qiyoslash sertifikati
beriladi, taroziga esa maxsus tamg‘a bosiladi. Agar tortib ko‘rishdagi olingan ma’lumotlar
pasportida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa, egasiga moslamani
yaroqsizligi xaqida
xabarnoma beriladi, unda tarozi kalibrovkalanishi yoki ta’mirlanishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Qiyoslashdan yaxshi o‘tgandan keyin guvohnoma (sertifikat) moslama egasiga beriladi, tarozini
o‘zida esa - tamg‘a qoladi.
Analitik torozilarda chegaralangan og‘irlikdan ortiq bo‘lgan jismlarni tortishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Ushbu chegaraviy cheklanishlar torozilarni o‘zida yoki ularni pasportda ko‘rsatiladi,
yoxud ilova qilingan barcha mayda qadoq toshlarni jamlanma og‘irligi
sifatida aniqlanishi
mumkin.
Ishlashda qulay bo‘lishi maqsadlarida ADK-200-M tarozilari dempfer (tebranishni
pasaytiruvchi qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lib, u shayinning tebranishlarini so‘ndirishni
shunchalik oshiradiki, milni harakatlanishi davriylashadi va u muvozanat holatda tebranib turmaydi,
aksincha unga sekin yaqinlashib boradi hamda unga harakatlangan tomondan uni yaqinida
to‘xtaydi.
Ushbu tarozilarda reyter mavjud emas. Tarozilari ularga qurilgan 10 dan 1210 mg gacha
bo‘lgan milligrammdagi mayda qadoq toshlar bilan ta’minlangan, ular tarozilarni o‘ng pallasi
zirkiga maxqamlangan. Toshchalar bilan boshqarish tarozi g‘ilofidan o‘ngda joylashgan
aylanuvchi
limba yordamida, dastaklar orqali amalga oshiriladi. Ichki limbani aylanishida o‘nlab mg larning,
tashqi limbani aylanishida esa yuzlab mg larning irg‘itish yoki tushirib qoldirilishi bo‘lib o‘tadi.
Tarozilar mili o‘zini quyi nixoyalarida ikkala tomoniga 0 dan 10 mg gacha hisoblangan shkala
bilan ta’minlangan. Optik qurilma yordami bilan mikroshkala tarozi ustuni oldidagi ekranga
proeksiyalanadi.
Elektron tarozilarida tortib ko‘rish jarayoni tortiladigan yukni va qiymati torozini blokidagi
xotirada saqlanadigan etalon kalibrovka yukni qiyyoslashdan iborat bo‘ladi. O‘lchash prinsiplariga
qarab elektron tarozilari tenzotorozlar yoki elektromagnit tizimidagi tarozilar bo‘lishi mumkin.
Eng oddiy elektron tarozi bo‘lgan –tenzotarozili tortib ko‘rishlar, torozi pallasiga bog‘langan
egiluvchan jism kuchlanishini o‘lchash vositasida bo‘lib o‘tadi. Elektromagnit tizimidagi tarozilar –
bu dastaklar va prujinalarning murakkab tizimlari orqali tortiladigan yukni muvozanatlantirish
asosan elektromagnit g‘altak va undan o‘tuvchi tokni o‘lchash yordamida
amalga oshiriladigan
tarozilardir. Bunday tarozilar uzoq muddatli foydalanishlarga ega, chunki ularda mexanik qismlari
deyarli harakatlanmaydi - tarozilar har vaqt muvozanat xolatda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: