O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent farmasevtika instituti


MAVZU BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT MUNOSABATLARI



Download 362,59 Kb.
bet29/82
Sana30.04.2022
Hajmi362,59 Kb.
#599260
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
маъруза магни2020 Word

MAVZU

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT MUNOSABATLARI


Reja:

  1. Mehnat shartnomasi tushunchasi

  2. Mehnat shartnomasini bekor qilish

  3. Jamoa shartnomasini tushunchasi

  4. Xodimni ishga qabul qilish

  5. Dastlabki sinov muddati bilan ishga olish

  6. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish

  7. Vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazish

  8. Ish vaqti

  9. Dam olish vaqti

  10. Mehnat ta’tillari

  11. Mehnat intizomi va uni ta’minlash

  12. Mehnat uchun rag‘batlantirish

  13. Intizomiy jazo choralari

  14. Taym-menejmentni tashkil etish va asosiy tamoyillari.

  15. Kommunikatsiya va koordinatsiya tushunchalari

  16. Kar’era tushunchasi va bosqichlari



Tayanch iboralar: ariza,mehnat shartnomasi, mehnat daftarchasi, ish vaqti, mehnat intizomi, so‘rovnoma, kadrlarni hisobga olish varaqasi, buyruq, mehnat shartlari


Jamoa shartnomalari va kelishuvlari
Bozor iqtisodiyoti nafaqat iqtisodiy, balki mehnat munosabatlarining ham mazmun va mohiyatida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqazo etadi. Ma’lumki, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davlat tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarini nazorat qilishni, shu jumladan ishchi kuchidan foydalanish, mehnatga haq to‘lash va boshqa masalalarni yakka o‘zi hal etishiga asoslangan edi. Bu tizimda xodim o‘z mehnat shart-sharoitlari, huquq va majburiyatlarini himoya qilish imkoniyatiga ega emas edi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi mehnat munosabatlarini qonuniy demokratik asosda yo‘lga qo‘yish, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida munosabatlarni shartnoma va kelishuvlar
bilan muvofiklashtirishga yo‘l ochib berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu
huquqiy me’yorlar respublika parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan
e’tiboran amalga kiritilgan (so‘ng bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida1 o‘z ifodasini
topdi. Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlikni bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan manfaatlarni uyg‘unlashtirish ehtimol tutilgan mehnat nizolarini hal etish vositalarisiz, bir tomondan, mulkchilikning barcha shakllarini e’tirof etadigan, ikkinchi tomondan xodimlarni ijtimoiy himoya qiladigan ijtimoiy tizimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shunday sharoitlarda ijtimoiy munosabatlar huquqiy-tashkiliy murakkab tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan jamoa — shartnoma muvofiqlashtirishining ahamiyati yanada ortadi. Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarning davlat tomonidan hamda shaxsiy mehnat shartnomasi asosida muvofiqlashtirish ham ana shu tizim tarkibiga kiradi. Mehnat bozorida jamoa-shartnoma tizimini rivojlantirishdan ish beruvchi ham, xodim ham manfaatdordir. Chunki mazkur tizim juda muhim vazifalarni: mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikki tomon manfaatlarini himoya qiladi, mehnat munosabatlarini tartibga soladi, ularni barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Jamoa-shartnoma tizimini muvofiqlashtirishning mehnat sharoitlarini
ma’muriy buyruqbozlik usulidan eng muhim afzalligi shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat munosabatlari ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan, tomonlar manfaatlarini huquqiy asosda, izchillik bilan kelishtirgan
holda muvofikdashtiradi. Bunda shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamoa -
shartnoma tizimiga o‘tishda mehnat munosabatlarining asosiy masalalari
yuzasidan qarorlar qabul qilishdagi markazlashtirishdan voz kechilmaydi.
Mehnat munosabatlarini muvofikdashtirishning mohiyati markazlashtirishni bekor qilishda emas, balki qaror qabul qilish shaklini
o‘zgartirishdadir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari ijtimoiy sheriklikni taqozo etadi.

Download 362,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish