-ta‘lim muassasalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy pedagogik xodimlar orasida
tashabbuskorlik va yangilikka bo‘lgan qiziqishni orttirish;
-ta‘lim sohasidagi ijodkorlikni ,yangiliklarni qabul qilish va keng yoyish uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
-izlanuvchanlik faoliyatini rag‘batlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishga solish;
-nisbatan istiqbolli yangiliklarni, samarali loyihalarni amalda xarakatdagi ta‘lim tizimiga joriy etish, to‘plangan yangilik va tajribalarni doimiy xaraktadagi umumta‘lim tizimi rjimiga singdirish.
Milliy dasturning strategik maqsadlariga erishi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari ,yangi o‘quv reja va dasturlari, o‘quv-metodik majmualar, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llashning o‘rni, ahamiyati kattadir.
Pedagogik texnologiya ta‘lim sohasidagi mexanizmlari quyidagilardir:
2
1
3
Pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta‘lim tizimining asosiy pedagogik usullari an‘anaviy ta‘lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi.
Birinchidan, ta‘lim tizimining texnologik asosda jadal rivojlanib borganligi uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o‘qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab etad.
Ikkinchidan, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayonida asosiy figura o‘quvchi hisoblanganligi uchun, o‘qituvchi asosan o‘quvchining berilgan murakkab o‘quv axborotlaridan osonlik bilan foydalana olishiga yordam berish, talabalarning mustaqil ta‘lim olish faoliyatiga imkoniyat yaratish vazifalarini amalga oshiradi.
Uchinchidan, zamonaviy ta‘lim tizimida o‘qituvchi va talabalar orasidagi o‘zaro individual munosabat, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari ta‘siri faollashadi.
Ta‘lim - insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta‘lim tizimida inson faoliyati Bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda ta‘lim nazariyasini yaratish, ya‘ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.
Ta‘limni “texnologik” yo‘nalishda ko‘rishning umumiy mezoni uning aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holada har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi. “Pedagogik texnologiya”ning vositaviy yo‘naltirilganligi unng turli uslublar asosida turli ta‘lim tizimlarini ko‘rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi. Bunda ta‘limning tashkiliy jihatlari, olinadi, go‘yoki tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish usuli sifatida qaraladi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |