41
shakllari, antibiotikli dori shakllari, dorixona ichida tayyorlangan holdagi dori vositalarining
sifati farmakopeya maqolasida, umumiy farmakopeya maqolasida belgilangan sifatni nazorat
qilish usullariga muvofiq yoxud, bunday maqola bo‘lmagan
taqdirda, sifatni nazorat qilish
sohasidagi hujjatga muvofiq aniqlanadi.
Suyuq dori vositalarini og‘irlik-hajm usulida tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari
3Suyuq dori shakli og‘irlik-hajm usulida tayyorlanganda umumiy hajm dori
shaklining tarkibiga kiruvchi suyuq dori vositalari va yordamchi moddalarning, zarur bo‘lgan
taqdirda, ushbu Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan suyuq dori
vositalari hamda yordamchi
moddalarning zichligi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan hajmlari
yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.
Og‘irlik-hajm usulida tayyorlanganda suyuq dori shakllarining umumiy hajmidagi
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘ish me’yorlari ushbu Nizomning 2-ilovasidagi 5-
jadvalida belgilangan.
Kukunsimon dori vositalari eritilganda suyuq dori shakli umumiy hajmining
o‘zgarishi, agar u ushbu Nizomning 2-ilovasidagi 5-jadvalga muvofiq og‘irlik-hajm
usulida
tayyorlash chog‘ida suyuq dori shakllarining umumiy hajmida yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlar
chegarasida bo‘lsa, inobatga olinmaydi.
Agar kukunsimon dori vositalarini eritishda suyuq dori shakli hajmining o‘zgarishi
yo‘l qo‘yiladigan normalardan ko‘p bo‘lsa, kukunlarni eritish chog‘ida suyuq dori shakli
hajmining o‘zgarishi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq dori vositalarini hajm oshish
koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi yoki dori shaklini o‘lchovli
idishda tayyorlash kerak bo‘ladi.
Suyuq dori shakllari suvli dispersion muhit bilan tayyorlangan taqdirda birinchi
navbatda kukunsimon dori vositalari va yordamchi moddalar
eruvchanligi hamda ularning
o‘zaro ta’siri ehtimolini hisobga olgan holda birin-ketin eritiladigan suvning (tozalangan yoki
xushbo‘y suvning) mo‘ljallangan hajmi o‘lchanadi.
Dori vositalarining erishini tezlashtirish uchun dori vositalarini oldindan maydalash,
eritmani qizdirish, aralashtirish, uyg‘unlashtirish va solyubilizatsiya qo‘llaniladi.
Kukunsimon dori vositalari eritilganidan keyin eritmalar erituvchining va dori
vositasining xossalarini inobatga olgan holda tanlangan filtrlovchi materialdan o‘tkazib
filtrlanadi.
Kukunsimon dori vositalari o‘rniga suyuq dori
shaklining tarkibida ushbu
Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan, oldindan tayyorlab qo‘yilgan konsentrlangan (byuretka
uskunasida) eritmalardan foydalanish mumkin bo‘lib, ular kukunsimon dori vositalari
eritilganidan va eritma filtrlanganidan keyin qo‘shiladi.
Molekulasi tarkibida havoga uchib ketishi mumkin bo‘lgan talay miqdordagi
kristallangan suv mavjud bo‘lgan dori vositalarining suvli eritmalarini,
shuningdek
gigroskopik dori vositalarini tayyorlashda ularning konsentrlangan eritmalaridan foydalanish
kerak bo‘ladi.
Dori shaklining tarkibiga kiruvchi suyuq ingrediyentlar suvli eritmaga quyidagi
ketma-ketlikda qo‘shiladi: suvli havoga uchib ketmaydigan va hid chiqarmaydigan
suyuqliklar; suvga aralashib ketuvchi boshqa havoga uchib ketmaydigan suyuqliklar;
suvli
havoga uchib ketuvchi suyuqliklar; tarkibida etil spirti bo‘lgan suyuqliklar uning quyuqligi
oshib borishi tartibida; boshqa suvsiz havoga uchib ketadigan va o‘tkir hidli suyuqliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: