O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Standart farmakopeya eritmalarini suyultirish



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

Standart farmakopeya eritmalarini suyultirish 
Kimyoviy nom ostida yozib berilgan farmakopeya eritmalarini (masalan, 
formaldegid eritmasini) suyultirishda asos qilib olingan dori vositasining hisob-kitobi 
moddaning eritmadagi haqiqiy tarkibini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. 
Farmakopeya eritmasi shartli (masalan, formalin eritmasi) nomi ostida yozib 
berilganda asos qilib olingan vositaning konsentratsiyasi birlik (100%) deb qabul qilinadi. 
Suyuq dori vositalarini suvsiz eritmalarda tayyorlash 
Yopishqoq va uchuvchan erituvchilardagi eritmalar (spirtli eritmalardan tashqari) 
og‘irlik usuli bo‘yicha tayyorlanadi. Umumiy og‘irlik dori shaklining tarkibiga kiruvchi 
barcha ingrediyentlar jamlangan holda aniqlanadi. 
Eritmalar yopishqoq va uchuvchan eritmalarda tayyorlanganda dori vositalari, 
yordamchi moddalar berib yuborish uchun bevosita quruq flakonga dozalanadi, so‘ngra 
eritma tarozida tortiladi yoki o‘lchanadi. 
Yopishqoq eritmalardan foydalanilganda dori vositalarining fizikaviy-kimyoviy 
xossalari inobatga olingan holda qizdirish qo‘llaniladi. 
Spirtli eritmalar og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Retseptda yoki talabnomada 
ko‘rsatilgan etil spirtining miqdori o‘lchovning hajm birliklariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Retseptda yoki talabnomada etil spirtining konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
90%li etil spirtidan foydalaniladi. 
Suyuq suvsiz dori shakllarini tayyorlashda etil spirti retseptda yoki talabnomada 
ko‘rsatilgan hajmni uning dori vositalari eritilgandagi ko‘payishi qiymatiga kamaytirmagan 
holda hajm bo‘yicha dozalanadi. Umumiy hajm dori shaklining sifatini nazorat qilishda 
hisobga olinadi. 
Retseptda yoki talabnomada eritmaning umumiy hajmi ko‘rsatilgan taqdirda, etil 
spirtining hajmi umumiy hajmdan barcha suyuq ingrediyentlarning hajmlarini ayirish yo‘li 
bilan aniqlanadi, shuningdek agar hajmning o‘zgarishi ushbu Nizomning 2-ilovasidagi 5-
jadvalida ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan og‘ish me’yoridan ko‘p bo‘lsa, 
kukunsimon dori vositalarini eritish chog‘idagi hajmdagi o‘zgarish hisobga olinadi. 
Agar retseptda yoki talabnomada bir necha konsentratsiyalardagi eritma 
konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan holda ko‘rsatilgan bo‘lsa, eng kam konsentratsiyali eritma 
beriladi. 
Sarflangan etil spirtini hisobga olish massa bo‘yicha ushbu Nizomning 7-
ilovasidagi 1-2-jadvallarga muvofiq konsentratsiyaga nisbatan hisoblagan holda amalga 
oshiriladi. 
Standart spirtli eritmalarni tayyorlash uslubi ushbu Nizomning 7-ilovasidagi 3-
jadvalida keltirilgan. 
Turli konsentratsiyali etil spirtini tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan suv va etil 
spirtining miqdori ushbu Nizomning 7-ilovasidagi 4-jadvalda keltirilgan. 
Suyuq dori vositalari jumlasiga suvli va suvsiz eritgichlardan foydalangan holdagi 


43 
eritmalar, miksturalar, ko‘p molekulyar moddalar eritmalari, himoyalangan kolloidlarning 
eritmalari, suspenziyalar, emulsiyalar kiradi. Suyuq dori vositalari ushbu Nizomning 1-
ilovasidagi 4-jadvalda ko‘rsatilgan talablariga muvofiq tayyorlanadi. 
Suyuq dori vositalari og‘irlik-hajm usulida, og‘irlik yoki hajm usulida tayyorlanadi. 
Og‘irlik-hajm usulida kukunsimon dori vositalarining suvli va suv-spirtli eritmalari 
tayyorlanadi. 
Og‘irlik usuli bo‘yicha tayyorlanadigan yopishqoq va uchuvchan erituvchilarda 
kukunsimon va suyuq dori vositalari, shuningdek konsentratsiyasidan qat’i nazar emulsiyalar, 
suspenziyalar tayyorlanadi. 
Og‘irlik usuli bo‘yicha quyidagilar dozalanadi: 
moy va mineral-moylar, glitserin, dimeksid, polietilenglikoli (polietilenoksidlar), 
silikon suyuqliklar, efir, xloroform, benzilbenzoat, validol, vinilin (Shostakovskiy balzami), 
oq qayin qatroni, ixtiol, sut kislotasi, efir moylari, skipidar, metilsalitsilat, nitroglitserin, 
pergidrol. 
Turli konsentratsiyadagi etil spirti eritmalari, suyuq farmakopeya qorishmalarining 
(pergidroldan tashqari) eritmalari hajm bo‘yicha usulda tayyorlanadi. 
Hajm bo‘yicha shuningdek tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv, dori 
vositalarining suvli eritmalari, galenli va yangi galenli dori vositalari (damlamalar, suyuq 
ekstraktlar, adonizid va boshqalar) dozalanadi. 
Retsept yoki talabnomada tayyorlanishi lozim bo‘lgan dori vositalarining tarkibiy 
qismi sifatida “suv” ko‘rsatilgan taqdirda tozalangan suv, “spirt” ko‘rsatilganda — etil spirti, 
“efir” ko‘rsatilganda — dietil (tibbiy) efiri; “glitserin” ko‘rsatilganda — tarkibida 10 — 16% 
suv, zichligi 1,223 — 1,233 g/sm.kub bo‘lgan tibbiy glitserin foydalaniladi. 
Agar retsept yoki talabnomada erituvchining nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tozalangan 
suvdan foydalaniladi. 
Suyuq dori vositalarining umumiy hajmi yoki og‘irligida yo‘l quyilishi mumkin 
bo‘lgan og‘ish me’yorlari ushbu Nizomning 2-ilovasidagi 2 — 4-jadvallarida nazarda tutilgan 
hajm va og‘irlikda yo‘l qo‘yiladigan og‘ish me’yorlaridan oshib ketmasligi lozim. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish