66
davolash uchun tavsiya qilinadi. Ko‗pincha, stomatologik polimer pardalar chetlari
to‗g‗ri va yuzasi silliq, tuxumsimon shakldagi, elastik, oq rangli, plastik pardalar bo‗lib,
o‗lchami 9,0 x 4,5 x 0,35 mm, og‗irligi esa 5-16 mg atrofida bo‗ladi.
SPDP stomatologiyada qo‗llashning afzalliklari:
• BFM ta‘sirini
uzaytirish, ularning dozasini aniqligini oshirish
• og‗riq sindromini bartaraf etish va epitelizatsiya jarayonini
patologik zonalarda
tezlatish;
• terapiyaning kompleksligini ta‘minlash;
• qo‗llashda komfortli, tashishda va saqlashda qo‗lay bo‗lishi;
• DM konsentratsiyasini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlash;
SPDPga talablar:
• og‗iz shilliq qavatlari (OSHQ) yuqori adgezion xossalarini mavjudligi;
• OSHQ anatomik-fiziologik xususiyatlarini o‗zgartirmaslik;
• biodestruksiya jarayonida toksik moddalarni ajratmaslik;
• DM xossalarini kamida 2 yil davomida turg‗unligini ta‘minlash
Og‗iz bo‗shlig‗idagi keng uchraydigan patologiyalar
• Parodontopatiya – parodontning turli yallig‗langan, distrofik va boshq tabiatli
kasalliklari;
• Stomatit –og‗iz shilliq qavatlarining yallig‗lanishi (virusli, bakterial,
zamburuqli, allergik, travmatik)
Ctomatologiyada qo‗llaniladigan dorivor moddalar tasnifi:
- maxalliy anestetiklar;
- analgetiklar;
- yallig‗lanishga qarshi;
- vitaminlar;
- antibiotiklar
va antibakterial preparatlar.
SDPP nomenklaturasi
Atropin, dikain, kanamitsin, tinidazol, metronidazol, sulfapiridazin natriy,
linkomitsin, propolisning fenolli gidrofil preparati saqlovchi, anilokain.
SDPP asosan, kichik razmerli oval plastinalar 9,0 x 4,5 x 0,35 mm, massasi- 5-16
mg atrofida. Ularni qo‗llash tartibi quyidagicha: plenkalar, pinset yordamida jixozdan
olinadi va patologik zonaga o‗rantiladi. Bunda, ular so‗lak bilan namlanib yumshaydi
va gel shakliga aylanadi. Odatda 1 pardani sutkada 1 marta qo‗llash tavsiya etiladi.
Kerak bo‗lsa 3 ta plyonka o‗rnatilish mumkin. Davolanish davomiyligi 1-7 kun
atrofida.
SPDP afzalligi – patologik zonalarda DM yuqori maxalliy konsentratsiyasini
ta‘minlash- natijada davolanish muddati 1,5-2 marta qisqaradi. Masalan, tinidazol,
dekamin va gentamitsin sulfat SPDP qo‗llanilishi 3 marta OSHQ dagi patologik
elementlarni bitishini tezlatgan ( surtmalarga nisbatan).
«Diplen Denta» stomatologik pardalari- zamonaviy va samarali stomatologik
vositalar. Stomatologiya amaliyotida og‗iz bo‗shlig‗ining turli kasalliklarida ―Diplen-
Denta‖ polimer pardalari keng qo‗llanilib kelinadi. ―Diplen –Denta‖ polimer pardalari
stomatologiya amaliyotida qo‗llaniladigan PDP larning ilk vakillari bo‗lib,
parodontning turli yallig‗lanish kasalliklarida, sistektomiya, tishlarning replantatsiyasi,
og‗iz bo‗shlig‗ining jarrohlik operatsiyalarida, jaroxat yuzalarida applikatsiya vositasi
siftida keng qo‗llanilgan. Rossiya Federatsiyasida ro‗yxatdan o‗tgan va qo‗llash hamda
ishlab chiqarish bo‗yicha 12ta patentga ega ―Diplen- Denta‖ stomatologik pardalari
Amerika Qo‗shma SHtatlarining FDA (Department of Health and Human Service of
67
Food and Drug Administration of USA) sertifikatiga ega bo‗lgan. ―Diplen‖ polimer
pardalari ikki qavat gidrofil va gidrofob qatlamlardan tashkil topgan. Ular adgeziv
xususiyatga ega bo‗lib, zararlangan teri yoki shilliq qavatlar yuzasiga gidrofil tarafi
bilan yopishtirib qo‗yiladi. Gidrofob qavat esa himoyalanayotgan yuzasini tashqi
mexanik ta‘sirlar va mikroorganizmlar izolyasiyasi uchun xizmat qiladi. ―Diplen -
Denta‖ stomatologik pardalari turli modifikatsiyalarda ishlab chiqarilib, og‗iz
bo‗shlig‗ining terapevtik va jarrohlik muolajalarida keng qo‗llanilish spektriga ega.
Stomatologiya amaliyotida qo‗llaniladigan turli dori vositalarini ta‘siri uzaytirilgan
shaklda qo‗llash imkonini yaratib, antiseptik, antibiotik kabi dori turlarini organizmga
tizimli yuborish yo‗llarini bartaraf etib ularning mahalliy ta‘sirini ta‘minlay oladi.
Ushbu polimer pardalarni stomatologiya amaliyotida qo‗llash turli ijobiy ta‘sirlari
ko‗rsatilgan va quyidagi afzalliklarni ta‘minlaydi:
- terapevtik xamda jarrohlik amaliyotlarida keng qamrovli qo‗llash
imkoniyati mavjudligi;
- turli stomatologik kasalliklarda qo‗llaniladigan dori preparatlarining og‗iz
bo‗shlig‗ining patologik o‗choqlarida maxalliy ta‘siri uzaytirilgan ta‘sirni namoyon
etishi;
- antiseptik, antibiotik moddalarning maxalliy ta‘sirini ta‘minlash
imkoniyati;
- tiniq, shaffof bo‗lgan pardalarning jaroxat yuzasida oson fiksatsiyalanib,
ularni turli infeksiyalar va mexanik ta‘sirlardan himoyalab, bir tekis, toza to‗qima
xosil bo‗lishi hamda bitish
jarayonlarini tezlashtiradi;
- ortopedik,
travmatologik
stomatologiya
amaliyotlarida
og‗iz
bo‗shlig‗ining anesteziyasini ta‘minlashi ya‘ni, tarkibida lidokain gidroxlorid va
xlorgeksidin biglyukonat saqlovchi modifikatsiyalarida maxalliy og‗riqsizlantiruvchi
ta‘sirni namoyon etishi.
Hozirgi kunda klinik sinovlardan o‗tgan va korxona sharoitida ishlab
chiqarishga ruxsat etilgan ―Diplen- Denta‖ stomatologik pardalarning quyidagi
modifikatsiyalari mavjud:
- ― Diplen- Denta X‖ xlorgeksidin bilan;
- ― Diplen- Denta XD‖ xlorgeksidin
va deksametazon bilan;
- ― Diplen- Denta M‖ metronidazol bilan;
- ― Diplen- Denta L‖ linkomitsin bilan;
- ― Diplen- Denta LX‖ lidokain va xlorgeksidin bilan;
- ― Diplen- Denta F‖ ftor bilan;
- Dorivor komponentlarsiz ―Diplen‖ steril polimer pardasi.
Stomatologik pardalarni tayyorlash asoslari
Metronidazol saqlovchi stomatologik ADT ni tayyorlash uchun polimer
massaning tarkibi:
Metronidazol 1,0
Metilsellyuloza 2,0
Glitserin 1,0
Tozalangan suv 95,5
Texnologiya: Metronidazol issiq suvda eritiladi. Tayyor bo‗lgan eritmaning yarmi
issiq xolatda tortib olingan MS ga quyiladi va aralashtirilib 30-45 daq. qoldiriladi.
Belgilangan vaqt o‗tgach, metronidazolning qolgan eritmasi qo‗shiladi va ustiga
glitserin tortib solinadi. Xosil bo‗lgan massa asta sekinlik bilan aralashtiriladi (xavo
68
puffakchalari xosil bo‗lmasligi uchun). Bir xil gel xosil bo‗lgach, tekis, silliq yuzaga (
Petri chashkalariga) 10 g dan quyiladi( tortib). Kuritish uchun quyosh nurlari
tushmaydigan joyda qoldiriladi ( 20-24
o
S). 24-30 soatdan so‗ng PDP yuzadan ajratib
olinadi ( pinset yordamida).
Do'stlaringiz bilan baham: