O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Sintetik yordamchi moddalar 
P o l i v i n i l p i r r o l i d o n (PVP)-bu  vinilpirrolidonni polimerizatsiyalangan 
mahsuloti.  Bu  rangsiz  va  jilosiz  gigroskopik  kukun  bo‗lib,  M.m.1000000  ga 
teng.Asosan  M.m.  12600-35000  gacha  bo‗lgani  keng  qo‗llaniladi.  PVP  suvda,  spirtda, 
glitserinda, xloroformda, dixloretanda, siklogeksanda eriydi, dori moddalar (vitaminlar, 
antibiotiklar) bilan komplekslar hosil qiladi.  
 
P o l i v i n o l (p o l i v i n i l s p i r t i - PVS) alifatik qatorli sintetik polimerlar 
guruhiga  kiradi  va  u  o‗z  tarkibida  gidroksil  guruhlarni  saqlaydi.PVS  molekulyar 
massasining o‗lchami bo‗yicha 4 ta guruhga bo‗linadi: Bular aligomerlar (4000-10000), 
pastmolekulyarlilar  (10000-45000),  o‗rtachamolekulyarlilar  (45000-150000)  va 
yuqorimolekulyarlilar (150000-500000). 
P  o  l  i  a  k  r  i  l  a  m  i  d  (PAA)-oq  rangli,  hidsiz,suvda,  glitserinda  eriydigan 
polimer.Suvli  eritmasi  tipik  soxtaplastik  suyuqlikka  ega.  Eruvchan  polimer  ko‗z 
tomchilarini  ta‘sirini  uzaytirish  uchun  va  ko‗z  pardalari  texnologiyasida  keng 
qo‗llaniladi.  PAA  ning  suvli  eritmasi  ko‗pgina  eletrolitlar,  sirt-aktiv  moddalar  va 
konservantlar  bilan  birga  qo‗llaniladi.  Metiltestosteron  saqlovchi  PDP  olishda 
qo‗llanilgan. 
Yordamchi moddalar faqatgina dori moddasini terapevtik samaradorligiga ta‘sir 
qilibgina  qolmay,  balki  PDP  ni  saqlash  va  tayyorlash  jarayonlaridagi  fizik-kimyoviy 
xususiyatlariga ham ta‘sir qiladi. Turli xil turg‗unlashtiruvchi moddalar qo‗shish bilan 
PDP  tarkibidagi  dori  moddaning  uzoq  vaqt  davomida  yuqori  darajada  samaradorligini  
va  iqtisodiy  tomondan  yaroqlilik  muddatini  oshirishi  mumkin.  Yuqorida  keltirilgan, 
efedrin  gidroxlorid  va  dikain  saqlovchi  polimer  parda  turg‗unligini  oshirishda  natriy 


62 
 
tiosulfat  qo‗llanilgan,  shunda  OPMS  asosli  polimer  dori  pardalarni  12  oy  saqlash 
davomida sifat ko‗rsatkichlari o‗zgarmasligi aniqlangan.    
 
AD turlarining texnologik aspektlari 
                         PDP larni texnologik usullari: 
•  PDP  tayyorlash usullari  3-ta asosiy guruxga bo‗linish mumkin: 
•  Kimyoviy; 
•  Diffuzion; 
•  Eritish usullari 
Kimyoviy usullar mohiyati 
Usul  mohiyati:  DM  ni    polimerga  (kimyoviy  modifikatsiyalangan  poli-merga) 
immobillash  (biriktirish)  polimer  yuzasiga  yoki  uning  butun  xajmiga.  Kimyoviy    usul 
to‗yinmagan metakril yoki vinil guruxlarni saqlovchi dorilar xosilalari uchun qo‗llaniladi. 
Usul nisbatan qimmatligi  va murakkabligi bilan ajralib turadi.  
Diffuzion usul mohiyati 
Polimerni  DM  eritmasida  uzoq  vaqt  davomida  bo‗ktirish  uchun  qoldirishga 
asoslangan. Bunda DM ni polimerga singish jarayoni kuzatiladi.Usul davomiyligi  bilan 
(bir necha kungacha) ajralib turadi.     
Eritish usuli mohiyati 
    DM eritmasini polimerlar kompozitsiyasiga  qo‗shish, hosil bo‗lgan polimer massani 
qoliplarga quyish va quritishga asoslangan.  
 
Usul nisbatan murakkab emas va DM polimer pardalarda bir tekisda tarqalishini 
ta‘minlaydi, sh.u. keng qo‗llaniladi  
                         PDP larni texnologiyasi 
PDP olish jarayonini xilma-xil bo‗lishi ularni ishlatilishi, tarkibidagi dori moddalar 
xossalari,  qo‗llash  tartibi  hamda  polimerlarni  tabiatiga  bog‗liq,  ammo  PDP  lar 
texnologiyasida quyidagi asosiy texnologik jarayonlarni ajratish mumkin  
PDP texnologiyasi (asosiy bosqichlar): 
•  Polimerni  eritmasini tayyorlash; 
•  Dori moddaning eritmasini tayyorlash va polimer eritmasiga qo‗shish; 
•  Aralashmani  gomogenlashtirish;  
•   Hosil bo‗lgan polimer massani  tekis yuzaga quyish;  
•  Mo‗tadil namlikgacha quritish; 
•  Pardalarni  shakllantirish;  
•  Jihozlash;  
•   Sterillash ( ko‗z PDP ni)  
Yuqorida  sanab  o‗tilgan  texnologik  bosqichlar  parda  olishning  umumiy 
bosqichlariga kiradi. Har qaysi texnologik bosqich o‗ziga xos xususiyatga ega.  
1. Parda hosil qiluvchi moddaning  (polimerni)  eritmasini tayyorlash. 
PDP  texnologiyasini  birinchi  ham  asosiy  bosqichi  parda  hosil  qiluvchi  eritmani 
tayyorlashdir. Bu jarayon polimerning xususiyatiga va eruvchanligiga bog‗liqdir. Bunda 
turli  xil  erituvchilar  qo‗llaniladi,  DM  va  polimerning  tabiatiga  qarab  suv  (tozalangan, 
in‘eksion, demineralizatsiya qilingan) organik erituvchilar (efir, xloroform) va turli xil 
konsentratsiyadagi spirt tanlab olinadi. Ko‗pincha polimer bir necha vaqtga suvda yoki 
boshqa  erituvchida  bo‗kishga  qoldiriladi.  Agar  aralashmani  qizdirish  kerak  bo‗lsa,  u 
qizdiriladi  va  aralashtirgich  yordamida  aralashtiriladi.  Bu  bosqichda  polimerning 
mo‗‗tadil  erishi    kuzatiladi  va  bunda  polimerni  xususiyati  nazarga  olinadi.  Polimerni 
eritmasini  tayyorlashda  uni  konsentratsiyasi  ilmiy  asoslagan  bo‗lishi  kerak,  bunday 


63 
 
konsentratsiya  tajriba  vaqtida  tanlab  olinadi.  Masalan,  yod  saqlovchi  PDP  olish 
jarayonida PVP konsentratsiyasi 5% ga teng bo‗lgan.  Eritish jarayoni ayrim xolatlarda 
harorat ta‘sirida o‗tkazilish mumkin.  
  PDP  larni  olishda  haddan  tashqari  qurub  qolishni  oldini  olish  va  ularni 
plastikligi  oshishi  uchun  plastifikatorlar  qo‗llash  tavsiya  qilinadi.  Plastifikator  sifatida 
glitserin,  oziq-ovqat  sanoatida  ishlatiladigan  limon  kislota,  PEG-400  ni  1%  dan  20% 
gacha  bo‗lgan  konsentratsiyasi  qo‗llaniladi.      PDP  larni  turg‗unligini  oshirish  uchun 
turli xil stabilizatorlar trilon B, aerosil, natriy tiosulfat qo‗llaniladi.    
2.PDP  texnologiyasining  keyingi  bosqichi-parda  massasiga  dori  modda  kiritilishi. 
Bunda  kiritilayotgan  dori  moddalarini  fizik-kimyoviy  xususiyatlarini  nazarga  olish 
kerak.  
3.  Gomogenizatsiya-bu  jarayonni  amalga  oshirish  uchun  turli  xil  aralashtirgichlar 
qo‗llaniladi.   Aralashtirish davomida havo pufakchalari-ni hosil bo‗lishini  oldini olish 
zurur. Bu bosqichda polimerning  mo‗‗tadil erishi   va gomogen polimer  massani hosil 
bo‗lishi kuzatiladi. 
4. PDP ga shakl berish.PDP ga shakl berish quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 
a) olingan parda massasi yupqa qavat qilib silliq yuzaga (maxsus qoliplarga) quyish; 
b) massani quritish. Quritish jaryonini ko‗pincha 18-40°S gacha  bo‗lgan haroratda olib 
boriladi,  toki  mo‗‗tadil  qoldiq  namlik  qolguncha.  Bunda  asosan  PDP  da  3-5  %  gacha  
namlik qolishi kerak; 
v)  PDP  larni  shakllantirish.  Quritish  jarayoni  tugagach,  parda  maxsus  keskichlar 
(shtamplar) yordamida turli xil  o‗lchamlarda kesiladi. 
    5.  PDP  lar  texnologiyasida  tugallovchi  bosqich  PDP  larni  jihozlashdir.  Pardalarni 
jihozlash dori moddaning fizik-kimyoviy xususiyatiga bog‗liq holda amalga oshiriladi. 
Dermatologik va otorinologik pardalar polietilenli paketlarda. Og‗iz shilliq qavatlariga 
joylashtirish uchun mo‗ljallangan PDP polietilen tiqinli shisha trubkalarda jihozlanishi 
mumkin. Masalan, bunday jihozlanish izosorbiddinitrat saqlovchi PDP (stenokardiyani 
davolashda)    uchun  qo‗llanilgan.    Ko‗z  dori  pardalarini  sterilligini  ta‘minlash  uchun 
konturli  yacheykalarda  jihozlanishi  maqsadga  muvofiq.  Qo‗llaniladigan  jihozlanuvchi 
materiallar saqlash muddati davomida pardani fizik-kimyoviy va sifat ko‗rsatkichlarini 
hamda turg‗unligini ta‘minlashi kerak.  

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish