Tayanch tushunchalar: applikatsion dori vositalari, plastifikator, polimerlar,
ta‘siri uzaytirilgan dori turlari, polimer dorivor parda
,
- ko‗z polimer pardalar,
rinologik
polimer
pardalar
Applikatsion
dori
turlari,
polimerlar,
fitokomponentlar, fitopardalar, adgezion va bo‗kuvchanlik xususiyatlari
1.Applikatsion
dori
vositalarini
ta'rifi,
tasnifi,
zamonaviy
farmakoterapiyadagi o‟rni
Hozirgi vaqtda dori vositalarini samaradorligini oshirish tibbiyotning va
farmatsiyaning asosiy muammolaridan hisoblanadi. SHu maqsadga erishish uchun
qo‗llanilib kelingan dorivor substansiyalarning mo‗‗tadil, zamonaviy dori shakllarini
ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Oxirgi 20-30 yillar davomida ta‘siri uzaytirilgan dori shakllari qatorida diqqat
e‘tiborni applikatsion dori turlari o‗ziga jalb qilib bormoqda. Ulardan eng keng
tarqalgan polimer dorivor pardalar (PDP)
Applikatsion dori turi sifatida polimer dorivor pardalar teri yoki shilliq qavatlarga
joylashtirish uchun mo‗ljallangan. PDP - dori mod-daning ma‘lum dozasini saqlagan
polimer eritmasidan shakllangan dori turi. PDP tabiati bo‗yicha dori moddalarning turli
polimerlardagi eritmasi bo‗lib, ko‗rinishi - turli shakldagi (oval, kvadrat, disk va boshq)
va katta-kichiklikdagi yupqa plastinalar. PDPga ko‗z, og‗iz va burun bo‗shlig‗i hamda
yurak-qon tomir, saraton, va boshqa kasalliklarni davolash uchun mo‗ljallangan DM
kiritish va dorivor terapiyani samaradorligini oshirish mumkin. PDP yaratilishi va
rivojlanishiga, farmatsiya sohasiga zamonaviy polimerlarni keng tatbiq etilishi asos
soldi
PDP shaklida DM qo‗llash afzallik tomonlari:
• DM ni ta‘sir davomiyligi, turg‗unligi va dozasini aniqligi ta‘min-lanadi;
• dorini qabul qilish sonini qisqartirilishi va davolovchi kursga sarflanadigan dori
moddasi miqdori kamaytirilishi;
• dorini ta‘siri tananing kerakli qismiga yo‗naltirilganligi;
• PDP texnologiyasini qulayligi (murakkab asbob-uskunalar zarur emas);
• qo‗llashni qulayligi (o‗rgatilgan personal va maxsus qurilma zarur emas) va
bemorning o‗zi ishlata olish mumkinligi;
• qo‗llashni xavsizligi (kerak vaqtda polimer dorivor pardalarni olib tashlash
mumkinligi);
• DM nojo‗ya reaksiyalarini minimal darajada bo‗lishi;
• turli guruhdagi DM kiritish imkoniyati borligi;
• turli holatlarda ishlatish mumkinligi (uzoq vaqtli sayohatlarda, uyquda, xushsiz
holatlarda va boshqalar);
• qo‗llash vaqtida, saqlash jarayonida hamda tashishda qulayligi;
• sterilligi (ko‗z pardalari)
PDP shaklida DM qo‗llash va ularni ishlab chiqish texnologiyasi oxirgi yillarda,
farmatsevtik texnologiyaning maxsus yo‗nalishiga shakllanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |