O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Rasm 1. Magnitotronlar 
 
             Magnit  maydonining  ijobiy  biotrop  xususiyatlari  aniqlangandan  so‗ng  uni 
yordamida qator xastaliklarni davolashni samaradorligi oshdi. 
     Xozirgi  paytda  magnitli  tashuvchilar  yordamida  dorilarni  tanada  transportlash 
imkoniyati tug‗iladi.  
       Magnitli  moddalar  magnitli  dori  turlari  tarkibiga    to‗ldiruvchi  yoki  tashuvchi 
sifatida kiritilish mumkin. Agar magnitli modda magnitli dori turiga ― toza‖ xolda, ya‘ni 


102 
 
polimerlar,  oqsillar  bilan  bog‗lanmagan  xolda  kiritilsa  unda  u    magnitli  tashuvchi  ( 
nositel)  vazifasini  bajaradi.  Masalan  shu  yo‗l  bilan  adriablastinning  magnitli 
suspenziyasi olingan ( magnetit va karbonil temir magnitli materiallar asosida). YUqori 
dispers temir yordamida tanada tiroksinni transportlash taklif etilgan. 
        Ko‗pincha  magnitli  materiallar  turli  polimerlar  yoki  oqsillar  bilan  bog‗langan 
xolda qo‗llaniladi. Polimerlar sifatida gidroksipropilsellyuloza, dekstran, dekstrin, PAA, 
poliglutaraldegid,  poliakril  kislotaning  natriyli  tuzi,  oqsilar  sifatida  esa-albumin 
qo‗llaniladi.  Masalan  albumin  yordamida  monomitsin  S  saqlovchi  ferromagnitli 
mikrosferalar olingan.    
Xozirgi paytda farmatsiya amalietida xar xil  magnitli  dori   turlari  taklif qilingan: 
suyuq, yumshoq, qattiq. Ularni kuyidagicha tasniflash mumkin:  
1. Magnitli suyuqliklar: eritmalar, magnitoreologik   osilmalar    va emulsiyalar; 
2.  Magnitli  yumshoq  dori  turlari:  magnitli    surtmalar,  shamchalar,  kapsulalar, 
plastirlar; 
3. Magnitli mikrokapsulalar
4. Magnitli liposomalar. 
   
Magnitli  tuldiruvchilar  yordamida  qator  samaradorli  magnitli  dorilar 
yaratilmoqda: 
-  magnitli  surtmalar  (metiluratsil  va  dioksidin  saqlovchi)  magnetit  yordamida  vazelin-
lanolin , kollagen, metilsellyuloza asoslarida
-  magnitli  rektal  dori  turlari  metiluratsil,  parmidin,  novokain  saqlovchi)  ferrit  bariy 
yordamida vitepsol, kakao moyi, PE asoslarida; 
magnitli  suyuqliklar  (rentgenokontrast  magnitli  suyuqlik  magnetit  yordamida 
olingan). Masalan,  maxsus rentgenologik  ferromagnit   suyuqligini     yaratishda uning 
tarkibiga  15%    magnetit,    9,9%    olein  kislotasi,    37,5%    yodolipol  (yodlangan 
kungaboqar moyi) va 37,5%  zaytun moyi kiritilgan.  
Magnitli suyuqlikning texnologiyasi 
  1.  Ferrofazani  kolloid  zarrachalarini  hosil  qilish:FeCL
3
  va  FeSO

aloxida  suvda 
(150 ml suvda) eritish; 
2. Eritmalarni  bir biri bilan aralashtirish va NH
4
OH qo‗shish; 
3. Hosil bo‗lgan Fe
3
O
4
 cho‗kmasini, 1 soat o‗tgach,  suv bilan yuvish va  SFM-olein 
kislotasi qo‗shib,  aralashtirish; 
4.  Hosil    bo‗lgan    aralashmaga    yodolipol    qo‗shib,  suv  xammomida  30  daqiqa 
davomida qizitish;  
5.  Suvli    fazadan  tozalash  va    100 
0
S  gacha  isitib,  zaytun  moyi    qo‗shish  va 
aralashtirish; 
6. Ultra tovush yordamida ishlov berish  
   
Magnitli  dori  turlarini  axamiyati  onkologiya  soxasida  qo‗llaniladigan 
preparatlarni  samaradorligini  oshirishda    yanada  oshadi.  Bunga  sabab-  sitostatik 
preparatlarni  asosiy  qismini  shish  zonasida  lokallashtirish  imkoniyati  bo‗ladi.  P.A. 
Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tekshirish institutida sitostatik preparatlarni 
yo‗naltirilgan  ravishda  shish  atrofiga  etkazish  uchun    magnitli  dorilarni  yaratish  usuli 
taklif  etilgan.  Bunda  dori  modda  yuzasi  juda  xam  yupqa  temirli  parda  bilan  qoplanadi 
(vakuum plazmokimyoviy moslamasida). Olingan magnitli preparatlar qon orqali shish 
yoniga  bog‗langan  magnitli  povyazka  yordamida  lokallashtiriladi.  SHishga  qarshi 
qo‗llaniladigan  doksorubitsin  antibiotikini  samaradorligin    oshirib  uni  toksik 
reaksiyalarni 10 marta kamaytirish uchun uning magnitli shakli yaratildi. Buning uchun 
maxsus  «Sefesorb-2»  nomli  magnitli  sorbentga  antibiotik  sorbsiya  qilingan.  Sorbent  


103 
 
44% temir, 55% uglerod, 1% boshqa qo‗shimchalardan iborat va zarrachalarning katta-
kichikligi 0,6-1 mkm bo‗lib ular gidrozol shaklida yaratilgan.  
 
Rossiyalik  olim  N.  A.  Brusensov  tomonidan  magnit  orqali  boshqariladigan 
preparat-  –  dekstranferrit  yaratilgan  bo‗lib,  u  qator  onkologik  kasalliklarni  davolashda 
keng  qo‗llaniladi. 
      Magnitli    dori  turlarini  yaratish  quyidagi  masalalarni  echilishiga  imkoniyat 
beradi:  
1. rentgenologik tekshirishlarni o‗tkazish;                         
2. mikrotsirkulyasiya va qon aylanish tezligini aniqlash;  
3. a‘zolarga dorivor moddalarni yo‗naltirilgan ravishda etkazish; 
4.  shikastlangan  a‘zo  yoki  to‗qimalar  yonida  dorivor  "depo"larni  hosil  qilish  va 
dori moddalarni uzaytirilgan ta‘sirini ta‘minlash; 
-  peroral magnitli dori turlari yordamida oshqozon-ichak kasalliklarni davolash
-umurtqa pog‗onasi osteoxondrozlarini davolashda qo‗llaniladi. 
 
Magnitli  dorilar  tarkibiga  kiritilgan  magnitli  to‗ldiruvchini  tabiatiga  ko‗ra 
kuyidagicha tasniflanadi: 
1.  A  turdagi  preparatlar.  Ularni  yaratishda  yuqori  dispersli  karbonil  temir 
zarrachalari  dispers  fazani  tashkil  etadi.  Dispersion  muxit  sifatida  esa  –suvli 
eritmalar, 
fiziologik 
eritma, 
25% 
albumin 
eritmasi, 
defibrinlangan 
jonivorlarning qoni qo‗llaniladi. 
2.  B  turdagi  preparatlar.  Ularni  yaratishda  yuqoridispersli  ferritlar  qo‗llaniladi  ( 
magnetit, bariy geksaferriti). 
Magnitli dori turlar kuyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha  rivojlanmoqda:  
1. 
Magnit  maydonining  odam    organizmiga  biologik  ta‘sir  mexanizmlarini 
chuqur  o‗rganish; 
2. 
Mo‗ta‘dil magnitli dori turlarini yaratish; 
3. 
Magnitli to‗ldiruvchilarni kengaytirish;  
4. 
Magnit  maydonining  dori  moddalarning  farmakologik  faoliyatiga  ta‘sirini 
o‗rganish. 

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish