O„zbekiston respublikasi sog„liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Stomatologik polimer dorivor pardalar (SPDP)



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/392
Sana31.12.2021
Hajmi5,29 Mb.
#246893
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   392
Bog'liq
dori vositalarini modifikatsiyalash va yonaltirish tizimlari

Stomatologik polimer dorivor pardalar (SPDP) 
 
PDPlarning keng qo‗llaniladigan  yana bir sohasi bu - stomatologiyadir. Hozirgi 
vaqtda  og‗iz  bo‗shlig‗idagi  turli  patologik  jarayonlarni  davolashga  mo‗ljallagan  qator 
PDP lar yaratilgan va ular og‗iz bo‗shlig‗idagi bakterial, virusli infeksion kasalliklarni 
va  shikastlangan  o‗choqlardagi  yaralarni  hamda  paradontoz  kasalligini  oldini  olish  va 


66 
 
davolash  uchun  tavsiya  qilinadi.  Ko‗pincha,  stomatologik  polimer  pardalar  chetlari 
to‗g‗ri va yuzasi silliq, tuxumsimon shakldagi, elastik, oq rangli, plastik pardalar bo‗lib, 
o‗lchami 9,0 x 4,5 x 0,35 mm, og‗irligi esa 5-16 mg atrofida bo‗ladi. 
                   SPDP stomatologiyada qo‗llashning afzalliklari: 
•  BFM ta‘sirini  uzaytirish, ularning dozasini aniqligini oshirish  
•  og‗riq sindromini bartaraf etish va  epitelizatsiya jarayonini  patologik  zonalarda 
tezlatish;  
•  terapiyaning  kompleksligini ta‘minlash;  
•  qo‗llashda  komfortli, tashishda va saqlashda qo‗lay bo‗lishi;  
•  DM  konsentratsiyasini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlash; 
SPDPga talablar: 
•  og‗iz shilliq qavatlari (OSHQ) yuqori adgezion xossalarini mavjudligi;  
•  OSHQ  anatomik-fiziologik xususiyatlarini o‗zgartirmaslik;  
•   biodestruksiya jarayonida toksik moddalarni ajratmaslik;  
•  DM xossalarini kamida 2 yil davomida turg‗unligini ta‘minlash  
Og‗iz bo‗shlig‗idagi keng uchraydigan  patologiyalar 
•  Parodontopatiya – parodontning turli  yallig‗langan, distrofik va boshq tabiatli 
kasalliklari; 
•   Stomatit –og‗iz shilliq qavatlarining yallig‗lanishi (virusli, bakterial, 
zamburuqli,  allergik, travmatik)  
Ctomatologiyada qo‗llaniladigan dorivor moddalar tasnifi
- maxalliy anestetiklar; 
- analgetiklar; 
- yallig‗lanishga qarshi; 
 - vitaminlar; 
- antibiotiklar va  antibakterial preparatlar. 
SDPP nomenklaturasi 
Atropin,  dikain,  kanamitsin,  tinidazol,  metronidazol,  sulfapiridazin  natriy, 
linkomitsin, propolisning  fenolli gidrofil preparati saqlovchi, anilokain.  
SDPP  asosan,  kichik  razmerli  oval  plastinalar  9,0  x  4,5  x  0,35  mm,  massasi-  5-16 
mg  atrofida.  Ularni  qo‗llash  tartibi  quyidagicha:  plenkalar,  pinset  yordamida  jixozdan 
olinadi va patologik zonaga o‗rantiladi. Bunda, ular  so‗lak bilan namlanib yumshaydi 
va gel shakliga aylanadi.  Odatda   1  pardani  sutkada 1 marta qo‗llash tavsiya etiladi. 
Kerak  bo‗lsa  3  ta  plyonka  o‗rnatilish  mumkin.  Davolanish  davomiyligi  1-7  kun 
atrofida.  
SPDP  afzalligi  –  patologik  zonalarda  DM  yuqori  maxalliy  konsentratsiyasini 
ta‘minlash-  natijada    davolanish  muddati  1,5-2  marta  qisqaradi.  Masalan,  tinidazol,  
dekamin  va  gentamitsin    sulfat  SPDP    qo‗llanilishi  3  marta  OSHQ  dagi    patologik 
elementlarni bitishini tezlatgan ( surtmalarga nisbatan).  
  «Diplen  Denta»    stomatologik  pardalari-  zamonaviy  va    samarali  stomatologik 
vositalar.  Stomatologiya  amaliyotida  og‗iz  bo‗shlig‗ining  turli  kasalliklarida  ―Diplen- 
Denta‖ polimer pardalari  keng qo‗llanilib kelinadi. ―Diplen –Denta‖  polimer pardalari 
stomatologiya  amaliyotida  qo‗llaniladigan  PDP  larning  ilk  vakillari  bo‗lib, 
parodontning turli  yallig‗lanish kasalliklarida, sistektomiya, tishlarning replantatsiyasi, 
og‗iz  bo‗shlig‗ining  jarrohlik  operatsiyalarida,  jaroxat  yuzalarida  applikatsiya  vositasi 
siftida keng qo‗llanilgan. Rossiya Federatsiyasida ro‗yxatdan o‗tgan va qo‗llash hamda 
ishlab  chiqarish  bo‗yicha  12ta  patentga  ega  ―Diplen-  Denta‖    stomatologik  pardalari  
Amerika  Qo‗shma  SHtatlarining  FDA  (Department  of  Health  and  Human  Service  of 


67 
 
Food  and  Drug  Administration  of  USA)  sertifikatiga  ega  bo‗lgan.  ―Diplen‖    polimer 
pardalari    ikki  qavat  gidrofil  va  gidrofob  qatlamlardan  tashkil  topgan.  Ular  adgeziv 
xususiyatga  ega  bo‗lib,  zararlangan  teri  yoki  shilliq  qavatlar  yuzasiga  gidrofil  tarafi 
bilan  yopishtirib  qo‗yiladi.  Gidrofob  qavat  esa  himoyalanayotgan    yuzasini  tashqi 
mexanik  ta‘sirlar  va  mikroorganizmlar  izolyasiyasi  uchun  xizmat  qiladi.  ―Diplen  -
Denta‖  stomatologik  pardalari  turli  modifikatsiyalarda  ishlab  chiqarilib,  og‗iz 
bo‗shlig‗ining  terapevtik  va  jarrohlik  muolajalarida  keng  qo‗llanilish  spektriga  ega. 
Stomatologiya  amaliyotida  qo‗llaniladigan  turli  dori  vositalarini  ta‘siri  uzaytirilgan 
shaklda  qo‗llash imkonini  yaratib, antiseptik, antibiotik kabi dori turlarini organizmga 
tizimli  yuborish  yo‗llarini  bartaraf  etib  ularning  mahalliy  ta‘sirini    ta‘minlay  oladi. 
Ushbu  polimer  pardalarni  stomatologiya  amaliyotida  qo‗llash  turli  ijobiy  ta‘sirlari 
ko‗rsatilgan va quyidagi afzalliklarni ta‘minlaydi: 
- terapevtik  xamda  jarrohlik  amaliyotlarida  keng  qamrovli  qo‗llash 
imkoniyati mavjudligi; 
- turli stomatologik kasalliklarda qo‗llaniladigan dori preparatlarining og‗iz 
bo‗shlig‗ining  patologik  o‗choqlarida  maxalliy  ta‘siri  uzaytirilgan  ta‘sirni  namoyon 
etishi; 
- antiseptik,  antibiotik  moddalarning  maxalliy  ta‘sirini  ta‘minlash 
imkoniyati; 
- tiniq,  shaffof  bo‗lgan  pardalarning  jaroxat  yuzasida  oson  fiksatsiyalanib, 
ularni  turli  infeksiyalar  va  mexanik  ta‘sirlardan  himoyalab,  bir  tekis,  toza  to‗qima 
xosil bo‗lishi hamda bitish jarayonlarini tezlashtiradi
- ortopedik, 
travmatologik 
stomatologiya 
amaliyotlarida 
og‗iz 
bo‗shlig‗ining  anesteziyasini  ta‘minlashi  ya‘ni,    tarkibida  lidokain  gidroxlorid  va 
xlorgeksidin  biglyukonat  saqlovchi  modifikatsiyalarida  maxalliy  og‗riqsizlantiruvchi 
ta‘sirni  namoyon etishi. 
Hozirgi  kunda  klinik  sinovlardan  o‗tgan  va  korxona  sharoitida  ishlab 
chiqarishga  ruxsat  etilgan  ―Diplen-  Denta‖    stomatologik  pardalarning    quyidagi 
modifikatsiyalari mavjud: 
- ― Diplen- Denta X‖  xlorgeksidin bilan; 
- ― Diplen- Denta XD‖ xlorgeksidin va deksametazon bilan
- ― Diplen- Denta M‖ metronidazol bilan; 
- ― Diplen- Denta L‖ linkomitsin bilan; 
- ― Diplen- Denta LX‖ lidokain va xlorgeksidin bilan; 
- ― Diplen- Denta F‖ ftor bilan; 
- Dorivor komponentlarsiz ―Diplen‖ steril polimer pardasi. 
Stomatologik pardalarni tayyorlash asoslari 
Metronidazol  saqlovchi  stomatologik  ADT  ni  tayyorlash  uchun  polimer 
massaning tarkibi: 
Metronidazol        1,0 
Metilsellyuloza     2,0   
Glitserin                 1,0 
Tozalangan suv        95,5  
 
       Texnologiya:  Metronidazol  issiq  suvda  eritiladi.  Tayyor  bo‗lgan  eritmaning  yarmi 
issiq  xolatda  tortib  olingan  MS  ga  quyiladi  va  aralashtirilib  30-45    daq.  qoldiriladi. 
Belgilangan  vaqt  o‗tgach,  metronidazolning  qolgan  eritmasi  qo‗shiladi  va  ustiga 
glitserin  tortib  solinadi.  Xosil  bo‗lgan  massa  asta  sekinlik  bilan  aralashtiriladi  (xavo 


68 
 
puffakchalari xosil bo‗lmasligi uchun). Bir xil  gel  xosil  bo‗lgach, tekis, silliq yuzaga ( 
Petri  chashkalariga)  10  g  dan  quyiladi(  tortib).  Kuritish  uchun  quyosh  nurlari 
tushmaydigan joyda  qoldiriladi ( 20-24

S).  24-30  soatdan so‗ng  PDP  yuzadan ajratib 
olinadi ( pinset yordamida). 

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish